Reja: Kirish Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


O’zbekiston Respublikasi davlat qarzlarining hozirgi holati tahlili



Download 0,64 Mb.
bet3/11
Sana30.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#598740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
107 O\'zbekiston milliy universiteti “makroiqtisodiyot “ kafedrasi

2.O’zbekiston Respublikasi davlat qarzlarining hozirgi holati tahlili.
Davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.
2020 yilga kelib, O‘zbekistonning Xitoy oldidagi qarzi 3,006 milliard AQSh dollariga yetadi. Bu raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet loyihasi”da keltirilgan.
Davlatning Xitoy oldidagi tashqi qarzlari 2015 yilning yanvar oyidan 2019 yilning yanvarigacha asta-sekin 1,055 milliarddan 1,964 milliard AQSh dollariga qadar o‘sib borgan. Ya’ni, yiliga taxminan 200-300 million AQSh dollari atrofida qarzdorlik qo‘shilgan. 2020 yilning boshiga kelib, bir yil uchun 1,042 milliard AQSh dollari yoki umumiy qarzning 53 foizi qarzdorlik sifatida qo‘shiladi.
Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng katta investorlardan biri hisoblanadi. 2018 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 6,4 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Shu yilning avgust oyida Xitoy va O‘zbekiston ustav fondi 1 milliard dollar bo‘lgan investitsiyaviy fond tuzishdi.
O‘zbekiston qarzdor bo‘lgan ikkinchi yirik davlat bu – Yaponiya. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu davlatdan 1,049 milliard AQSh dollari qarz bo‘lgan. 2020 yil boshida bu raqamlar 1,831 milliard AQSh dollariga o‘sadi.
O‘zbekiston qarzdor bo‘lgan davlatlar keyingi o‘rinlarda, mos ravishda quyidagicha joylashgan:1
Fransiya - 27 million AQSh dollaridan 573,1 million AQSh dollariga (21 barobar) o‘sgan;
Janubiy Koreya - 114,1 million AQSh dollaridan 568,2 million AQSh dollariga (deyarli 5 barobar) o‘sgan;
Rossiya - 69,8 million AQSh dollaridan 120,5 million AQSh dollariga (deyarli 2 barobar) o‘sgan;
AQSh - 28,9 million AQSh dollaridan 26,7 million AQSh dollariga kamaygan. 2020 yilning boshida O‘zbekiston davlat qarzining umumiy summasi 21,3 milliard AQSh dollari bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bundan, 15,3 milliard AQSh dollari tashqi qarz hisoblanadi va u quyidagicha taqsimlangan:



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish