Reja: Kuzatish pedagogik tadqiqot metodi



Download 70,5 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi70,5 Kb.
#710333
Bog'liq
Kuzatuv metodi yordamida emotsiyalarni


Kuzatuv metodi yordamida emotsiyalarni baholash.
Yolģonni aniqlashda kuzatish metodidan foydalanish
Reja:


1.Kuzatish – pedagogik tadqiqot metodi.
2.Ilmiy kuzatish.
3.Pedagogik kuzatishning ob'ekti.
4.Kuzatishni o'tkazishda rioya qilinadigan qoidalar.

Kuzatish - pedagogikadagi boshqa metodlar orasida eng ko'p uchraydigan metod. Bolalar holatini o'rganishda kuzatish metodining mohiyati, faktlari to'liq va aniq hisobga olishda hayotiy tajriba bilim, va malakalarni tasvirlashga yordam beradi.Kuzatish bu taffakur bilan mustahkam bog'langan idrokdir” - deb, ko'rsatiladi. Pedagogik enseklopediyada ( pedagogicheskaya enseklopediya, T.Sh. 10 bet, 1966)


Ilmiy kuzatishlarning muhim tomoni - kuzatish zarur bo'lgan umumiy predmetning asosiy tomoni kurmok, hisobga olmok, faktlarni guruxlamok, hodisalarning yo'nalishini aniqlamokdir. Birinchi ko'zatilgan hodisalarning bir - biriga o'xshashlik tomonlarini ayrimlik belgilarini ajratmok, hodisalarni klassifikasiya qilish va yigilgan fakt va natijalarni umumlashtirishdan iboratdir. Kuzatishni idrok va tafakkurdan ajratib bulmasligi, ya'ni kurilgan ko'zatilgan narsalarni aniq, to'liq va mantikiy, ob'ektiv holatda tasvirlashdan iborat. Kurilgan va ko'zatilgan narsalardan eng muhimlarini, kimmatli zarur narsalarni kuzatish maqsadga muvofiq. Voqea, Hodisa va faktlarning aniq borishi sodir bo'lish jarayonini pedagogik kuzatish metodi yordamida ogzaki va yozma nutq bilan tasvirlash imkoniga egadir. Kuzatish tadqiqot metodidan to'g'ri foydalanish uchun o'zok va to'g'ri tayyorgarlik zarurdir.
Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish metodidan foydalanishning yo'llari L. V. Zankov, V.I. Juravlev,I.I. Monoszon, M. Skatkinlarning kitobi va monografiyalarida ifodalangan. Olimlarning qarashlarida kuzatish metodi ayrim hollarda bir - biri bilan solishtirib o'rganish demakdir. Yoki kuzatish metodiuniversal tadqiqot metodidir. Kuzatish metodi voqeani turlichatasvirlashi mumkin yoki qisqartirilgan holatda ham o'tishi mumkin. Kuzatish natijasida fktlarni shundayligicha tasvirlash mumkin va jamoada shaxs shakllanishining tarbiyaviy holatini ham o'zicha tasvirlash mumkin. Demak, kuzatish tadqiqot metodi - bola holatining shaxs va jamoaning shakllanishini o'rganish va tarbiyalashni solishtirishda eng muhim va kulay tadqiqot metodlaridan biridir. Qisqa qilib aytganda, kuzatish metodi yordamida fakt va voqealarni aniq tasvirlash mumkin va ayrim apparatlar hodisa va faktlarning ichki psixik jarayonini sodir bo'lishi sabablarini hisoblab berish mumkin.
Fanda kuzatish metodining bir necha turlari mavjud. Ilmiy xodim voqea va hodisalarni qanday holatda o'rganishga karab ularni keraklilarini tanlaydi. Adabiyotlarda pedagogik jarayonda kuzatishning ob'ekti haqida material yoritilgan. Refleksologiyaning vakillari kuzatish ob'ekti deb stimul va reaksiyani oladilar. (Masalan, o'qituvchining so'zi stimul, o'quvchining javobi esa reaksiya)
Hozirgi sharoitda pedagogik kuzatishning № 1 ob'ekti deb, bola faoliyatini karamokda. Bu faoliyat faqat bola atrofini urab to'rgan voqealik bulib bola uni karab turmasdan balki o'rganadi. Masalan, o'rtoqlari va boshqa odamlar, jumladan katta kishilardan faoliyat harakteri unga munosabati, faoliyat jarayoni munosabati-pedagogik kuzatishning asosiy ob'ekti hisoblanadi. Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan birinchisi bola o'z hayotida munosabatda bo'ladigan narsa va predmetlardir.
Olam juda boy narsalardan iborat bulib faqat uni kuzatsa bilish zarurdir. Narsalar, predmetlar bola uchun olamni bilish vositasidir. Narsalar atrof bilan muomala qilishdan xabar beradi.
Hozirgi vaktda bolalar ijodkorligining mahsuloti-ga ko'prok e'tibor berilmokda. Bola chizgan rasm va u yasagan modeldan oz bo'lsada uning hayotiy qarashi, u ko'radigan predmetlarning obrazi ko'rinib turadi. Masalan: aytish mumkin o'g'il bolalar yaxshi ko'radigan va hamisha chuntaklarida ko'tarib yuradigan narsa va predmetlarga yaxshi ko'rgan kalami, ruchkasi, plamaster, pichok va markalar kolleksiya, yoki uningnarsalarga bo'lgan munosabatini ko'rsatuvchi harakterli xislatlari o'quv kurollariga bo'lgan munosabatini, kitoblari, kundaligi, daftari va x.k. Bo'larning hammasi kuzatish ob'ekti bulib, bolaning harkterini ochuvchi belgilardir.Bir yumoristik ertakda xikoya qilinishicha, bola holodelnik chiqishi kerak bo'lgan lotoriya beliti topib oladi. U beletni bir tipratikonga almashtiradi. Bolalar ko'pincha kattalarni narsalariga predmetlariga xavas qiladilar. Ular o'zlarining ruchkalari, kalamlari, kitoblarini almashtirib turadilar. ular predmetdan foydalanib kolmasdan, balki predmetga karab o'z harakterlarini ham o'zgartirib turadilar. Ularning tarbiyalanganlik darajasi ham bilinib boradi.
Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan biri bolaning nutqidir. Ma'lumki kishi o'z nutqida hayotiy tajribasi, aqliy faoliyati va hududiy - milliy ko'rsatkichlarini bildiradi.
Bola nutqini kuzatganda: bola o'z nutqini kanchalik to'liq va aniq ifoda etishi har - xil psixok holatda bola nutqining o'zgarib turishi, o'z so'zini ongli ishlatishga etibor beriladi.
So'zning mimika bilan ko'z, yuz tuzxilishi harakati bilan ifoda etishi, so'zning tezligi so'zlar orasidagi pauza, to'xtalish va boshqalarga etibor beriladi.
So'z boyligining ko'pligi, kamligi, so'zni tamomlash, so'z yordamida sodda va kiyin gaplarni tuza olish malakasi.
Yigilgan bu materiallarni hammasi bola tempera-mentdagi bolaning nutqi hamisha chaqqon, jo'shqin, undovli gaplar ko'pligi bilan suhbatdoshini o'ziga tortadi. Xolerik tipdagi kishining ham nutqi hayajonli, jo'shqin, ammo u aytadigan gaplarining bir nechasini tushirib qoldiradi.U o'z so'zida qaytarishlar qiladi va h.k.z.
Flegmatik temperamentdagi kishi ham hayajonli gapirish mumkin. Ammo u shoshilmaydi, uning nutqi boshqalarni hayajonga solishi, qoyil qoldirishi, o'zini ko'rsatish, muhokama qilishdan iborat yana bir temperament-dagi kishi borki u melanholika. Uning nutqida ham pauza bo'lib turadi, ko'proq birovlar nutqida sitalar keltirib turadi, o'z fikri bilan biron narsani aytishga qo'rqadi.
Umuman boalning nutqida tahlil qilish va kuzatish bilan bola rivojlanishining boshqa tomonlarini ham bilib olish mumkin.
Bola faoliyatini chukur tahlil qilish, uning faqat nutqining bilish bilan kifoyalanmasdan, bola yozgan xat va ma'lum darajada bolaning ayrim odatlari, harakter, temperamentidan darak beradi.Masalan: tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar xat ustida yozilgan adresga xat egasi o'z familyasi va ismini konvertning chap tomoniga yakinrok yozsa uning ish ustida puxtaligi, uylab ish qilishi kurinib turadi. Agarda shu familya va ism konvertning ung tomonida bo'lsa, haraktersiz va mugombirligi bilinib turadi, yoki xatining tuzilishidan uning qanday temperamentda ekanligini ham bilish mumkin. Masalan ayrim kishilar o'zining yozgan chiroyli yozishga urinadi ammo, uni to'g'ri va xatosiz yozishni uylamaydi. Ayrim kishi esa bir yozgan narsasining mazmunini yana uylab ko'radi, xatolarini to'zatadi, sungra xatni jo'natadi. Ayrim kishilarning xati tez - tez o'zgarib turadi. Demak bunday odamlar o'z - o'zlariga ishonchsiz bo'ladilar.Ayrim kishining esa xati doimiy bir xil tartibda, kurinishli yoziladi. Demak bunday odamlar o'z kuchiga va kobilyatiga ishonadi. Lekin kishi harakterini ko'zatganda uning birgina xatiga karab baxo berish ham yaramaydi. Kishiga baxo berish uchun uning hamma tomonlarini to'liq bilish lozim.
Kuzatishning muhim ob'ektlaridan yana biri aniq holatda bolaga ta'sir etish. Masalan, bola navbatchilikni bajarmaganda, sport uyini noto'g'ri bajarilganda, o'qituvchi bilan bola o'rtasida ziddiyat paydo bo'lganda ko'rsatilgan tarbiyaviy ta'sir berilgan tanbex natijasida bolaning tarbiyalanganligini aniq ko'rsatuvchi holat bo'lishi mumkin.
Bunday holatda bolaning kamchiligi bilan ko'rsatilgan tarbiya natijalari hisobga olinib boriladi.
Bola hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tahlil qilinadi ( so'z, ta'sir, mimika, manera va x.k.z.) bola harakteridagi ayrim qaytarilgan sifatlar ham hisobga olinadi.
Kuzatish metodini kullaganda faqat nimani kuzatish kerakligi bilan chegaralanib kolmasdan, balki buni qanday qilish kerak degan masalani ham unutmaslik kerak. Bu erda ilmiy kuzatish dalillarini hisobga olishdan farq qiladi.
Kuzatish bolaga ta'sir ko'rsatish bilan birga qo'shib olib boriladi, har - xil tarbiyaviy ta'sirdan bolalarning olgan reaksiya hisobga olinadi.
Kuzatish analitik harakterga ega bulib, bola xulqining u yoki bu sababi bilan bog'lanishi, bolaga ta'sir etish va uning kamchiligini tahlil qilish xulqining yo'nalishini o'rganishdan iborat.
Kuzatish tizim bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatishning rejasi, to'ziladi, unga ta'sir etishning tarbiyagaasoslangan yo'nalishi ( masalan, tarbiyachi usmirning kamchiligini majlisda muxokama qilingandan keyin, u haqida jamoa va o'rtoqlari bergan maslahatlarni, usmir kanchalik to'g'ri va xakkoniy tushundi, uni o'ziga qabul qiladi va x.k.z. hisobga olib boradi.)
Bolaning tarbiyalanganligini bilish uchun o'zok va muntazam aniq maqsad bilan kuzatish zarur.
Kuzatish tasodifan, yuzaki bulmasdan, balki tadqiqotchi bolaning hamma tomonlarini o'rganish va hisobga olish zarur. Ayrim hollarda tadqiqotchilar faqat o'zlarini qiziqtirgan tomonlarini o'rganadilar holos.
Kuzatish jarayonida bolaning psixik holatini ham hisobga olish zarur.
Ko'zatilgan voqea va faktlarni hisobga olishda, kishining xayolidan ko'tarilgan muhim narsalarni harakter va mazmunini bo'zib ko'rsatmaslik zarur.
Kuzatishda ayrim bola yoki butun jamoa ko'zatilish mumkin. Ayniksa ayrim bolalar bilan individual suxbatlar o'tkazish orkali to'liq natijaga erishish mumkin.
Shunday holatda kuzatishning dasturi quyidagicha rejalashtirish mumkin.





Kuzatish yordamida xulqni o'rganish sharoiti.

Ro'yxat buyicha bolaning tartib nomeri

Utkazilgan suxbat- natijasida bolaning fikri

1.

Poxodning rejasi bilan tanishtirilganda ularning qiziqishi oshdi va paxod bo'ladigan kunni chidamsiz-lik bilan kutadi.

7, 11, 13, 18, 23, 24,



O'z atrofii bilan tanishishni, odamlarni bilishni istaydi.

2.

Qiziqib turdi. Paxodni rejasi bilan rilganda qiziqishi sundi.
3, 5, 9, 16, 19, 22, 25.

3, 5, 9, 16, 19, 22, 25.

Vaktni xushchakchak utkazmokchi,dam olmokchi, harid kilmokchi va boshqalar.

3.

Rejani aniq kungil bilan qabul
qilish.



1, 4, 8, 10, 14, 17, 26.

Salomatligi yomon bo'lgani uchun uchastkaga ishlashga ota-onalari kuymadi.Paxod nima bilan tagadi deb kurkishdi.

4.

O'zrli sabablar bilan paxodga bormadilar



2, 6, 12, 15.

Ota - onaga yordam berish uchun, uchastkaga ishlash uchun .

5.

Sababsiz paxodga borishdan bosh tortdilar.

20, 21, 27, 28.

Tushuntirish berishmadi.

Bu kuzatish turistik paxod tashkil qilish buyicha utkaziladi.
Shundan sung paxodga kim kancha tayyorgarlik kurishi kuzatishldi. va hisobga olinadi. Kim faol tayyorlandi, kim passiv, kim faol ishtirok etdi, kim passiv, kim tuskinlik qildi.
Bu kuzatish bolalar xulqini ko'rsatuvchi birgina ko'rsatkichlar hisobga olinadi. ( yaxshi, konikarli, yomon yoki) berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajarishga intiladi, berilgan topshirikni bajarishda o'qituvchining yordamida muxtoj va x.k.z. Shu jumladan kizlar va o'g'il bolalarning topshirikni bajarishdagi harakati ham hisobga olinadi.
Ayniksa kuzatish natijalari sonlar bilan belgilash juda kulaydir. Dunda shaxsning tarbiyalanganlik darajasi son bilan belgilanadi. Olaylik o'qituvchi mehnatsevarlik darajasi son bilan belgilanadi. Bunday holatda mehnatsevarlik darajasi belgilaydi: Mehnatda vijdonan qatnashadi, mehnatda qatnashuvini ayta oladi, mehnatga qatnashishga intiladi va halol ishlaydi, mehnatda o'zok muddat bilan ishtirok etishga layokatli va x.k.z. Bu erda bir necha mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil bo'ladi. Bu ko'rsatkichlar bolaning yoshiga karab besh va undan ortik bo'lishi mumkin. Eng yuqori ko'rsatkich “besh” undan sal pastrok ko'rsatkich “turt” yoki chetdan mehnatni talab qilib ishlatsa “uch” ayrim holda qatnashadi, ayrim holda mehnatga qatnashmaydi “ikki” umuman dangasa ishlamaydi- “bir” baholanishi mumkin.
Sungra shu baxo normalari asosida o'quvchilar faoliyati ustidan kuzatish olib boriladi va ayrim daftarga uning natijalari hisobga olib boriladi. Bu kuzatishni quyidagicha tablisaga joylashtiramiz.
O'quvchilarning hammasi ustidan kuzatish olib borilgandan sung tuplangan materiallarga asosan, quyidagi mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil buldi.
- o'quvchilar mehnatsevarligining yaxlit darajasi
- kiz va o'g'il bolalarning har - xil mehnatga munosabati
- u yoki bu faoliyatda faol darajasi.
- har - xil sharoitda, mehnatga bog'liqlik munosabati, mehnatni tashkil qilish va uning maqsadini tushunishi va boshqalar. Shu ko'rsatkichlardan sung har bir ko'rsatkichuchun alohida tablisa tuzilishi mumkin.
6 - “A” sinfning kishlok xujaligi mehnatiga munosabati.
Kuzatish natijasida tadqiqot uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar olinadi, bu ma'lumotlar keyinchalik o'rganil-gan jarayon va hodisaning samarali natijasini chiqarishga imkon beradi.
Kuzatishni o'tkazishda ayrim zarur bo'lgan qoida tartibga rioya qilish zarur bo'ladi.
1. Kuzatishning umumiy rejasiga muvofiq bir kishi ko'zatgandan ko'ra, boshqa kishilar yordamida kuzatish, keyin olingan faktldarni bir- biriga taqqoslash. Kuzatishni bunday tashkil qilish sub'ektividan saklaydi. ( Ko'zatuvchining dunyoqarashiga ilmiy yo'nalishiga, hayotiy tajribasiga bog'liqdir. Bundan tashqari uning holati, bolalarda bo'lgan, o'qituvchilarga bo'lgan munosabati ham katta rol o'ynaydi.)
2.Kuzatishni yashirin holatda olib borilishi lozim. Agar bola uni ko'zatayotganliklarini bilib kolsa, o'z harakatlarini vaktincha o'zgartirishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda kuzatishni maxsus kinos'yomka yoki telerepartaj sezilmaydigan mikrofon yordamida magnitafonga yozib oladilar. Bunday holatda bolalar xonaga joylashtiriladi, xonaning bir tomoni kurinarli oyna bilan jixozlangan bulib, tadqiqotchi bolalarni oynadan kurib turadi. Bunday holatda tdkikotchi bolalarga kurinmaslikka harakat qiladi.
Ayrim tadqiqotchilar bolalar faoliyatini ko'zatganda, o'qituvchi yoki ko'zatuvchi bulib kolmasdan, ular faoliyatiga aktiv ta'sir etuvchi munozara qatnashchisi sifatida ishtirok etadilar.Bunday holatda bolalar uning ko'zatuvchi ekanligini sezmaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan faoliyatga bolalar faol qatnashadi.
3. Kuzatilgan faktlarni aniq hisobga olish lozim, voqeaning davom etishi jarayoni, shaxsga ta'siri aniq hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida kullanilgan ovoz yozuvchi apparatlar va kinos'yomkalar voqeaning sodir bo'lishini aniqlashga yordam berishi mumkin, ammo jonli kuzatishning urnini bosa olmaydi.
4. Gurux ustidan taksimlangan kuzatishni sinab kurish. Buni uchun ko'zutuvchilarnng har biri bolalar faoliyatining ma'lum qismi bilan shug'ullanadilar. Shundan sung ko'zatilar natijalarini solishtirib kurish, individual kuzatishlarning aniqligi va to'g'riligini tekshirib kurish.
5. Kuzatish yaxshi natija berish uchun, voqea va hodisa-ning kuzatish, bolalar faoliyatining o'rganish uchun suxbat o'tkazish, anketalar qo'llash yaxshi natija beradi.Bunday vaktda tadqiqotchi o'zining butun sezgi organlarini ishga solib ish kurishi kerak bo'ladi. Ya'ni o'rtoqlarining holatini tushunishi, kattalar va bolalarning individual xususiyatlarini bilish, ularning temperamentlarini ajrata olishi zarur.
6. Kuzatish yakunida o'z - o'zini kuzatishni solishtirish. Bu maqsadda o'z-o'zini kuzatish kundaligini yuritish, o'z - o'ziga tavsif berish, bo'lgan voqealar yuzasidan o'quvchilarning esdaliklarini uyushtirish, bo'larning hammasi ish joyidan repartaj olgandek qiziq va uyushgan holda tashkil qilinishi zarur.
Adabiyotlar:



  1. Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xoliqberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi » - 2008 yil.

2. Bo’ri Ziyomuhedov. “Ilm hikmati.” Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y
3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.
4.R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
w.w.w. /pedagog/ uz..
3w.w.w. /ziyo.net/
Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish