Reja: Mikroelementlarning inson organizmidagi ahamiyati


Temir odam tanasidagi barcha hayotiy jarayonlarning meyorida borishi uchun alohida



Download 2,24 Mb.
bet2/3
Sana02.07.2022
Hajmi2,24 Mb.
#730518
1   2   3
Bog'liq
Презентация Биохимя

Temir odam tanasidagi barcha hayotiy jarayonlarning meyorida borishi uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Tanamizdagi temirning 57 % qondagi, aniqrog‘i, qizil qon tanachalaridagi
gemoglobin tarkibida, 7 % muskullarda mioglobin kо‘rinishida, 16 % tо‘qimalarda uchraydigan
metallofermentlar tarkibida, qolgan 20 % esa jigar, taloq, buyraklar va iliqda zahira holda turadi
[6; 8; 11]. Gemoglobin qizil qon tanachalarining (eritrotsitlarning) asosini tashkil qiladi. Bitta
eritrotsitda 250 millionta gemoglobin molekulasi bо‘lib, uning har qaysisida I tadan temir atomi
bо‘ladi. Ma’lumki, eritrotsitlar tirik hujayralar hisoblanib, iliklarda yangidan hosil bо‘ladi va 30-
90 kundan keyin asosan taloqda о‘z vazifasini о‘tab halok bо‘ladi va bir vaqtning о‘zida
tarkibidagi temirni ham yо‘qotadi. Shu bois yangi eritrotsitlarning shakllanishi va hosil bо‘lishi
uchun oziq- ovqat mahsulotlari bilan temir doimiy suratda qabul qilib turilishi shart [47;49] .
Temir peroksidaza, sitoxromoksidaza, suksinatdegidrogenaza, katalaza kabi bir nechta
oksidlovchi fermentlar tarkibiga kirib, oksidlanish jarayonlarida faol qatnashadi. U hujayra
sitoplazmasi va yadrosining bevosita tarkibiga kiradi [11; 37].
Insonning normal hayot faoliyati temir elementining о‘zidan tashqari, temir tutuvchi
organik birikmalar xam juda zarur. Ulardan eng muhimi nafas olish pigmenti – gemoglobindir.
Organizmda temir gemoglobindan tashqari muskullarda kislorod g‘amlovchi oqsil – mioglobinda
ham bо‘ladi. Shuningdek, temir tutuvchi fermentlar ham ma’lum. Va, nihoyat, oqsil kompleksi –
ferritin ma’lumdir. Undan organizm uchun zarur bulgan barcha temir tutuvchi moddalar hosil
bо‘ladi.

Temirning sutkalik qabul qilinish meyori erkaklarda о‘rtacha 10 mg.ni ayollarda esa 18 mg.ni tashkil qilib iste’mol qilinadigan taomlarda temir kam bо‘lsa, odamda darhol bu
elementga nisbatan taqchillik paydo bо‘ladi. Bunday taqchillik teri rangining oqligi, ish qilganda
tez charchash, nafasga tо‘ymaslik kabi holatlar bilan xarakterlanadi. Bu belgilarning paydo
bо‘lishi qonda kislorod va karbonat angidridni tashuvchi gemoglabin moddasining kamayib
ketishidir, gemoglobin esa temir elementisiz hosil bо‘lmaydi. Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash
Tashkilotining e’lon qilgan ma’lumotlariga qaraganda, kamqonlilik (anemiya) yer yuzasidagi
aholining 20 % - da uchraydi. Shu kasallikning 80 % temir yetishmasligi tufayli bо‘lar ekan
Turli xil oziq-ovqat mahsulotlar bilan organizmga qabul qilinadigan temirning 10 %
о‘zlashtiriladi, ya’ni qonga sо‘riladi. Shu narsani qayd qilish kerakki, о‘simlik mahsulotlaridagi
temirga nisbatan hayvon gо‘shti va jigardan u ancha yaxshi о‘zlashtiriladi (о‘simliklardagi
temirning 1 % organizm tomonidan о‘zlashtirilsa, gо‘shtdan 10-25 % о‘zlashtiriladi). Ba’zi bir
oziq moddalar temirning о‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi, bularga sut, tuxum va achchiq
choy kiradi. Choy kо‘p ichilsa, temirning о‘rtacha о‘zlashtirilishi 10-12 % dan 2% ga tushib
qoladi. Shuning uchun ham kam qon odamlarning achchiq choy ichmasligi tavsiya qilinadi
Temir moddasi mо‘l oziq - ovqatlarga mol gо‘shti, jigari, tuxum sarig‘i, kepagi
ajratilmasdan tayyorlangan non, bug‘doy kepagi, karam, qaroli, zardoli, mayiz, yong‘oq,
kungaboqar, oshqovoq urug‘i, bug‘doy maysasi, loviya, nо‘xat va boshqalar kiradi. Bug‘doy uni
kepagidan ajratilsa, unda temir miqdori sezilarli darajada kamayib ketadi, masalan, kepakli uning
1 kg.da 30 mg temir bо‘lsa u kepagidan ajratilganidan keyin bu kо‘rsatgich 8,2 mg.ga tushib

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish