Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#332688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
nogironlikka ega bolgan bolaning meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga integratsiyasi (1)



 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ 



ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС   ТАЪЛИМ  ВАЗИРЛИГИ 

НИЗОМИЙ   НОМИДАГИ  

ТОШКЕНТ  ДАВЛАТ  ПЕДАГОГИКА  УНИВЕРСИТЕТИ 

ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ 

 

 



 

Бакалавр даражасини олиш учун 

 

 



БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ 

 

 



Мавзу:   

 

      

 

 



Nogironlikka ega bо„lgan bolaning meyorida rivojlanayotgan 

tengdoshlari jamoasiga integratsiyasi 

 

 

Бажарди:

 

4-босқич талабаси 



Saydumarova Dildoraxon 

 

 

 

 

 

Илмий раҳбар: 

 

 

п.ф.н., доц.  



Нуркелдиева Д.А. 


 

Mundarija 



Kirish 

I bob. Nogironlikkga ega bolalarni meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga 

integratsiyasi bag„ishlangan adabiyotlar taxlili 

1.1.


 

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarining asosiy turlari 

1.2.

 

Rivojlanishida nuqsonlari  bо„lgan bolalarning muammolari: tibbiy va ijtimoiy 



modellar 

1.3.


 

Rivojlanishida nuqsonlari bо„lgan bolalarning ijtimoiylashuvi muammolari 

II bob. Nogironlikkga ega bolalarning  integratsiyasini  amalga oshirish yо„llari 

 

2.1. IntegratsiY. Integratsiyaning shakli va turlari  



2.2. Inklyuziv ta‟lim tushunchasi 

2.3. Horijda integratsiyalashgan ta‟lim-tarbiya  

2.4. Maktabgacha yoshdagi bolalar integratsiyasi 

2.5. Integratsiyaning samarali mezonlari 

2 bob bо„yicha xulosa 

III  bob.    Nogironlikka  ega  bolalarni  integratsiyasining  ijtimoiy-psixologik  

sharoitlarini eksperimental tadqiq etish  

3.1. Eksperimental tadqiqot metodikasi, tashkil etilishi va amalga oshirilishi 

3.2. Eksperimental tadqiqot natijalari 

3.3.  Nogironlikga  ega  bolalarni  ijtimoiy  integratsiyasi  ijtimoiy-psixologik  

sharoitlarini samaradorligini oshirish bо„yicha tavsiyalar 

Xulosa 


Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



 

 



 

Kirish 

Mamlakatimizda  Prezidentimiz  rahnamoligida  istiqlolning  dastlabki  yillaridan 

boshlab  aholi  salomatligini  mustahkamlash,  barkamol  avlodni  tarbiyalash  masalasi 

davlat  siyosati  darajasiga  kо„tarib  kelinmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  tashabbusi 

bilan  e‟lon  qilingan  "Oila  yili",  "Ayollar  yili",  "Sog„lom  avlod  yili",  "Ona  va  bola 

yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila 

yili" munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari о„zaro uzviylik kasb etdi. 

Bu  olijanob  maqsad  yо„lida  qilingan  ulkan  ishlar  bolalarimizning  sog„lom 

tug„ilishi  va  ulg„ayishi,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish,  ijtimoiy  himoyani 

kuchaytirish, 

ta‟lim  tizimini  takomillashtirish,  qolaversa,  bolalar  sportini 

rivojlantirishga  qaratilgan  keng  kо„lamli  islohotlardir.  Yangi  2014  yilning  "Sog„lom 

bola  yili"  deb  atalishi  esa  sog„lom  ona  –  sog„lom  bola  umummilliy  dasturlarimiz 

doirasida amalga oshirilishi lozim bо„ladigan yana bir qadam deyish mumkin. 

Prezident  Islom  Karimov  О„zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  qabul 

qilinganining  21  yilligiga  bag„ishlangan  tantanali  marosimida  sо„zlagan  ma‟ruzasida 

bu haqda tо„xtalar ekan, jumladan shunday dedi: 

–  Azal-azaldan  har  qaysi  ota-ona  о„z  bolasining  sog„lom  va  barkamol,  aql-

zakovatli,  baxtli  bо„lishini  istaydi.  Shunday  farzandni  voyaga  yetkazish,  uning 

hayotda  munosib  о„rin  egallashiga  erishish  –  ota-onaning  eng  ulug„,  eng  muqaddas 

orzusi,  desak,  ayni  haqiqatni  aytgan  bо„lamiz.  Biz  sog„lom  avlod  deganda,  nafaqat 

jismoniy, balki ma‟naviy jihatdan ham sog„lom bolani о„zimizga tasavvur etamiz. 

Darhaqiqat, 

о„zbek  xalqi  bolajon  xalq.  Barcha  orzu-havaslarimiz, 

hayotimizning  mazmuni  –  farzandlarimiz  bilan  bog„liq.  Bolalarimizning  baxtu 

saodatini, kamolini kо„rish, har bir ota-onaning oliy maqsadidir. 

Sog„lom  bola  esa  ma‟ruzada  ta‟kidlanganidek,  sog„lom  va  ahil  oilada  kamol 

topadi.  Oilalarni  mustahkamlash,  sog„lom  avlodni  voyaga  yetkazish  uchun  esa 

mamlakatimizda  salmoqli  ishlar  amalga  oshirilayotganini  hech  kim  inkor  etolmaydi. 




 

Birinchi  galda  onalarning  sog„lig„ini  muhofaza  qilishga,  xususan,  ayollarimizni 



qadrlashga  keng  e‟tibor  berilmoqda,  cheksiz  g„amxо„rliklar  kо„rsatilmoqda. 

Ayollarimizni  turli  kasalliklardan  himoya  qilish,  og„ir  ishlardan  xalos  etish  nafaqat 

jamiyatning, balki er kishining ham burchi ekanligi qat‟iy qilib qо„yilgani dunyoning 

birorta  mamlakatida  uchramasa  kerak.  Shu  bilan  birga,  davlatimiz  rahbari  ta‟lim-

tarbiyaga e‟tibor qaratib, bu boradagi quyidagi vazifalarni kо„rsatib bergan edi: “Xalq 

ta‟limi, yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab 

qiladi.  Bolalarni  maktabgacha  tarbiya  muassasalari  bilan  ta‟minlashda  keskin 

burilishga erishish zarur”

1



Hozirda  rivojlanishida  nuqsoni  bо„lgan  bolalarni  ta‟lim-tarbiya,  ijtimoiy 



moslashuvi va integratsiyasi muammosi eng dolzarb va murakkab nazariy va amaliy 

muammolardan  biridir.  Bir  tomondan  nogironlikka  ega  odamlarga  ularni  jismoniy, 

psixik va intellektual imkoniyatlaridan qat‟iy nazar ijtimoiy e‟tiborni oshishi, ikkinchi 

tomondan  demokratik,  fuqarolik  jamiyatiga  xos  bо„lgan  shaxs  qadr-qimmatini  va 

huquqlarini  ximoyalash  zaruriyatini  oshishi  –  mazkur  guruh  odamlarini  psixologik-

pedagogik  ishi  dolzarbligini  belgilaydi.    Nogironlik  muammosini  tarixida  jismoniy 

bartaraf  etish,  salbiy  munosabat,  “kamchilikli,  majruh  a‟zolarni”  jamiyatdan 

chetlatishdan  imkoniyati  cheklangan  shaxslarni  integratsiyalash  hamda  tо„siqlarsiz 

hayot faoliyati muxitini yaratish zarurati tomon rivojlanishi kuzatilmoqda. Boshqacha 

qilib aytganda, hozirgi kunda nogironlik – bir inson yoki odamlar guruhi emas, butun 

jamiyat muammosidir.   

2000 yilga kelib О„zbekiston Respublikasida yashovchi 16 yoshgacha bо„lgan 

nogiron  bolalar  soni  taxminin  150  mingga  yetdi.  Sog„liqni  saqlash  vazirligi 

ma‟lumotlariga  kо„ra  О„zbekistonda  dunyoga  kelayotgan  bolalarning  har  4-sida 

                                                           

1

 Prezident Islom Karimovning О„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 



yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi ma‟ruzasi

 

 



 

rivojlanish  kamchiliklari  aniqlanadi.  Mazkur  muammoni  yanada  tо„liq  tushunish 



uchun  Dunyo  Sog„liqni  Saqlash  Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan  nizomga  kо„ra 

nogironlik tushunchasiga ta‟rif beramiz. Nogironlik tushunchasi uch sifatni о„z ichiga 

oladi: 

1)

 



Impairments  –  psixik,  fiziologik  yoki  anatomik  xususiyat  va  funksiyalarni 

yetishmasligi, ya‟ni cheklanganligi yoki  meyordan chetga chiqishi.  

2)

 

Impairments  –  biron-bir  faoliyatni  meyoriy  deb  sanaladigan  usul  yoki 



chegaralarda amalga oshirish qobiliyatini cheklanishi yoki yoqolishi. 

3)

 



Handicap  –  jamiyat  tomonidan  taklif  etiluvchi  hizmat  yoki  imkoniyatlarda 

namoyon  bо„luvchi  ijtimoiy  ustanovkalar  bilan  tо„qnashish  natijasida 

yuzaga  keluvchi  omadsiz  yoki  sekinlashgan  ijtimoiylashuv,  ijtimoiy 

dezadaptatsiY.  

L.S.Vigotskiyning  yozishicha:  “Shaxs  taqdirini  hal  etishda    nuqsonning  о„zi 

emas,  u  orqali  yuzaga  keluvchi  ijtimoiy  oqibatlar,  uning  ijtimoiy-psixologik 

realizatsiyasi  eng  asosiy  rolni  о„ynaydi.  Shu  kabi  kompensatsiya  jarayoni  ham 

kamchilikni  tо„g„ridan-tо„g„ri  tо„ldirishga  emas,  u  sababli  kelib  chiqgan 

muammolarni bartaraf etishga yо„naltiriladi ”

 2

.    



Shunday  qilib,  bir  xil  psixik  yoki  jismoniy  kamchilikga  ega  ikki  bola 

jamiyatda  bir-biridan  tubdan  farq  qiluvchi  rollarga  ega  bо„lishlari  mumkin:  biri 

jamiyatning  faol  a‟zosi,  jamiyat  rivojiga  xissa  qо„shib  va  tо„laqonli  hayot  kechirsa, 

ikkinchisi  boshqalardan  tо„liq  qaram,  о„zini  inkor  qilingan  deya  xis  qilib  hayot 

kechirishi mumkin. 

Jamiyat  ongida  va  ommaviy  aloqa  vositalari  inikosida  nogiron  bolalar 

muammosi  kо„p  xollarda  bolani  turli  jismoniy  va  aqliy  kasalliklar  bilan  mummosi, 

                                                           

2

 Л.С.Выготский. Основные проблемы современной дефектологии. Труды 2-го МГУ.- М., 1929. – С. 77-106. Цит. 



по «Психология детей с нарушениями и отклонениями психического развития. Хрестоматия». Сост. и общая 

ред. В.М.Астапова, Ю.В.Микадзе. – СПб.: Питер, 2002. С.21.    




 

dunyoga kelishi oila uchun katta jaroxat bо„lgan achinarli va baxtsiz mavjudot sifatida 



aks etadi.  

Nogironlik falsafasi va kopsepsiyasi 60-yillarning boshidayoq kuchli tanqidga 

uchragan.    Buning  sabablari  qatorida  diskriminatsiya  va  inson  huquqlarini  amalga 

oshirilmasligi, turli belgilar osishga qarshilik va eng asosiysi nogironlikning ekologik 

tomonlarini anglash va tan olish hamda interaktiv konsepsiyani tasdiqlanishini kiritish 

mumkin.  Interaktiv  konsepsiyaning  mazmuni  rivojlanishida  nuqsoni  bо„lgan  bola 

boshidan kechiruvchi qiyinchiliklar kо„pgina omillarni о„zaro ta‟siri natijasida yuzaga 

kelib,  mazkur  omillar  qatoriga  bevosita  bola  organizmining  о„ziga  xos  xususiyatlari 

va  shu  bilan  birga  atrof  olam  bilan  bog„liqlari,  masalan,  ta‟lim  olish  uchun  qulay 

bо„lmagan sharoitlar, ta‟lim berishning past darajasi va notо„g„ri baxolash meyorlari 

ham mansub bо„lishidan iborat. 

Mazkur nuqtai nazardan jismoniy va intellektual nuqsonlarga ega kamchilikni 

jamiyatdan ajratib chiqarish va ijtimoiy jihatdan alohida belgi bilan tafovutlashga yо„l 

qо„yilmaydi. Eski “Sog„lom kо„pchilik – nuqsonli kamchilik” paradigmaning о„rnini 

yangi  “Teng  huquqli  insonlarning  birgalikdagi  jamiyati”    –      paradigmasi 

egallamoqda.  

Nogiron bolani ijtimoiy amoslashuvi, uning tо„liq integratsiyasi – psixolog va 

pedagoglar  korreksion-rivojlantiruvchi  ishining  yakuniy  maqsadidir.  Shuni  alohida 

ta‟kidlab  о„tish  joiz-ki,  imkoniyatlari  cheklangan  bolani  ijtimoiy  integratsiyasini 

maqsadga muvofiq amalga oshishi uning ta‟lim olish darajasi, hayotiy  malakalari va 

psixologik  tayyorligi  bilangina  emas,  integratsiyaning  tashqi  sharoitlari,  ya‟ni 

jamiyatni  bunday  bolani  qabul  qilish  darajasi,  unga  sog„lom  bolalar  bilan  teng 

imkoniyatlarni yaratib bera olish kabilar bilan ham bog„liq.  

Shu  sababli  alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  integratsiyasining  tashqi  shart-

sharoitlarini tadqiq etish, defektologlarni jamiyatda olib boradigan tashviqot-targ„ibot 



 

ishlari orqali mazkur shart-sharoitlarni optimallashtirish  bizning tadqiqot ishimizning 



dolzarbligini tashkil etadi. 

Tadqiqot  ishimizning 




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish