Reja: neft haqida tushuncha neftni fizik kimyoviy xossalari gaz haqida tushuncha



Download 114,59 Kb.
bet1/8
Sana03.09.2021
Hajmi114,59 Kb.
#163156
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REJA


REJA:

  1. NEFT HAQIDA TUSHUNCHA

  2. NEFTNI FIZIK KIMYOVIY XOSSALARI

  3. GAZ HAQIDA TUSHUNCHA

  4. GAZ HAQIDA TUSHUNCHA


Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.

N. oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.

N. Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir N. hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.

N. tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. N. tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.

Baʼzi olimlar N.ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu hakda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) N. yer kaʼrida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.

20-asr boshlarida esa N. hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan N. uzviy alo-qada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, N. koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib N. hosil boʻlishi lab. sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da jarayon yanada tezlashib, N. hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.

N.li qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. N.li qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha N.li katlam mavjud boʻlishi mumkin.

N. juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi N. va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda N. ishlatganliklari qayd etilgan. N. kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda N.dan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil N.dan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum.

N. chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada N. quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada N. ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor N.ni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada N.li qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib N. olingan. 1868 yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan N. yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa N. yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan N. chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuq. 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.

Oʻzbekistonda N. chiqarish 1876 yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha N. chiqarilgan.

19-asrning 60-yillaridan N. burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta N. mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. N.ni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.

N. chiqarish uchun N. atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi N. quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich N. zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, ta-shqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan N.ning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada N.ning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin N. kompressor yordamida chikariladi.

N.ni kompressor bilan chiqarishda quduqqa N. gazi yoki havo haydaladi; ular N.ga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada N. va gaz aralashmasining sathi kuduq yuzasigacha koʻtari-lib, N.ning favvora boʻlib otilishi davom etadi. N. quduklardan N. nasosi yordamida ham chiqariladi.

Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi N. chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. N. konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida N. chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda N. qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin. Neft — yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod boʻlgan qizil-jigarrang, baʼzan qora rangli, oʻziga xos hidli Yer qobigʻida mavjud boʻlgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, baʼzan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,74 bilan 0,97 g/sm³ orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi.  Neft-gaz kollektorlari


Neft koni geologiyasi oldidagi echilishi lozim bg’lgan aniq vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishiga g’rganish, qatlamlar orasida kollektorlarni belgilash va uning fizik xossalarini chamalash hamda aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda statistik geologik konda tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan sistemani belgilash tuzilishi echib berishdir. Bunda tog’ jinslarini va uyumlarini o’rganish ularning tuzilishdagi mezo, makro, metastrukturalar darajasida olib borilmog’i lozim. Tog’ jinslarini kollektor va kollektor emasligini farqlamoq darkor. G’z bag’rida neft, gaz va suvlarni saqlash hamda sharoitlar yaratilganda ularni berish qobiliyatiga ega bg’lgan tog’ jinslari kollektor deb ataladi. Demak, kollektor, gaz, neft va suv bilan shimilgan holatda bg’lishi tabiiy, ular qatlamda g’zlarining solishtirma og’irliklariga qarab joylashadilar.

Hozirgi texnika va texnologiya sharoitlari hamda qazib chiqarish sistemasida mahsulot olinishi mumkin bg’lgan kollektorlar - mahsuldor kollektor deb ataladi. Ba’zi tog’ jinslari bag’rida mahsulot mavjud, lekin u ozroq miqdorda yoki geologo-fizik xususiyatlari tufayli ularni hozirgi texnika darajasida chiqarib bg’lmaydi. Bunday tog’ jinslarini mahsuldor bg’lmagan kollektor deb ataladi. Umuman, suyuqlik harakati mavjud bg’lmagan tog’ jinslari kollektor hisoblanmaydi. Tog’ jinslarining bir-biridan farqi va ularning er bag’rida joylashgan holatini, ularning chegaralarini aniqlash ushbu fanning vazifalaridandir.

Qatlamning chegaralari har xil tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. CHunonchi, qatlamning ma’lum joyda litologik tarkibi keskin g’zgarib, u kollektor holatidan kollektor bg’lmagan holatga g’tadi yoki qatlam ma’lum bir joyda tabiiy uzilma bilan kesilgan va uning chegarasi qirqilgan bg’ladi. SHu kabi belgilarga qarab neft-gaz tg’planishi mumkin bg’lgan geologik jismlarni sodda va murakkab turlarga ajratish mumkin. Er bag’ridagi neft va gazli qatlamlarni ajratish


Quduq kesimini litologik tarkibi va xossalariga qarab mahsuldor qism va ular orasidagi g’tkazmas qatlamlarga ajratiladi. Bu vazifa atroflicha g’rganiladi va bunda asosiy g’rin geofizik usullarnikidir. Geofizik tadqiqot natijalari kern va shlamni g’rganish natijalari hamda qatlam qismlarini sinab kg’rish vaqtida olingan ma’lumotlar va nihoyat gidrodinamik tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. Olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi geologik kesimning g’rganilganligiga va qilingan tadqiqotlarning aniqligiga bog’liq bg’ladi.

SHuni e’tibordan xoli qilish kerak emaski, terrigen tog’ jinslari bilan karbonat jinslar orasida ma’lum darajada g’ziga xoslik bor va tadqiqot vaqtida bularni hisobga olish lozim. CHunonchi, terrigen tog’ jinslari g’ovaklik xususiyati bilan ajraladi va quduqni burg’ulash vaqtida qatlamga eritmaning suvi shimiladi hamda qatlam yuzasida loyli qobiq hosil bg’ladi. Karbonat tog’ jinslarida g’ovaklik va yoriqlik xususiyatlari rivojlanmagan hollarda ham shunday bg’lini mumkin, bularni bir-biridan ajrata bilish taqozo qilinadi.

Geofizik usullarning sharoitga qarab tanlanishida va umuman, geofizik tadqiqotlarning majmuasiga qarab kesmaning haqiqiy kg’rinishini tasavvur qilish imkoni ochiladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, terrigen tog’ jinslarida gillarning mavjudlik darajasi kg’pchilik kg’rsatkichlarga g’z ta’sirini g’tkazsa, karbonat tog’ jinslarida ularning g’ovaklik darajasi har xil g’zgarishlarga sabab bg’ladi, shuning uchun birinchila-rida qarshilik, g’z-g’zidan qutblanish va tabiiy gamma nurlanishning ahamiyati katta bg’lsa, keyingilarida neytron va akustik hamda qarshilik usullarining ahamiyati e’tiborga loyiq. Natija litologik kolonka shaklida namoyon qilinadi. Unda kollektorlarning ajratilishi va ularning fizik kg’rsatkichlari, zahiralarning aniqlashda, qazib chiqarish sistemasini tg’g’ri tanlashda va ba’zi qatlamchalarni tg’g’ri ishlatishda asqotadi.



Download 114,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish