Reja O’zbekiston tarixi predmeti


Mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy axamiyati



Download 430,38 Kb.
bet7/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

4. Mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy axamiyati.


Reja
1.O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
2.O’zbekiston davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi.
3.Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining yaratilishi.
4.Respublikada ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi.


O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati.
1991 yil avgustda sobiq Sovet Ittifoqida chuqur siyosiy krizis vujudga keldi. Sovet rahbariyatida Markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab turishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. fitnachilar 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va matbuotda e’lon qilingan Bayonotda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning salomatligi yomonlashganligi sababli SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘qligini, Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I. Yanaevga o‘tkazilganligini e ’lon qildilar. PrezidentM.S.Gorbachev o‘zini ximoya qila olmadi u mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib 72 soat qamalqilib qo‘yilgan edi. Fitnachilar mamlakatniidora qilish uchun quyidagi tartibda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi(FHDQ) tuzdilar:
Mazkur qo’mita SSSR rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va xukumatlarning boshliqlariga xamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlar e’lon qildi. Bunday bexuda urinish natijasida 19-21 avgut kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfyatdagi Moskva aholisi tomonidan brstirildi. Biroq mamlakatdagi mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy avziyat yanada taranglashib qoldi. Respublikalar SSSR tarkibidan chiqa boshladi. SSSR parchalana boshladi, Markaziy xokimiyat falaj bo’lib qoldi, Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi halokatga uchradi.
1991 yil 20 avnust kuni Toshkentda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatda muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda Respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulodda holat joriy etishga hojat yo’qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, xar qanday ig„vogarona harakatlarning odini olish, xamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik O’zbekiston prezidenti I.A.Karimov qaltis vaziyatda respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi. Murojaatda: «Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil madumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz», deb ta’kidladi. Prezident xalqqa biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, «biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q», deb murojaaat qildi, xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.11
1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston xududida xokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulotda holat davlat qo‘mitasining O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi xamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb xisoblandi.12.
I.Karimov Favqulotda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va printsipsiz mavqeda turgan KPSS Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi va Kotibiyatining yuz minglab kommunistlar sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov, bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.13.
1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika xududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay holos qilindi.14
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
1991 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezdent I.Karimovning SSSRda 19- 21 avgust kunlari sodir bo‘lgan fojeali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan xar qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha iuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.15
Shunday qilib, 80-yillarning oxirlaridayoq tanazzulga yuz tutgan Sovet imperiyasi 1991 yil avgustida chuqur siyosiy inqirozga uchradi. SSSR tasarrufidagi respublikalar, shu jumladan
O’zbekiston uchun, asrlar davomida mustaqillikni orzu qilib, kurashib kelgan o’zbek xalqi uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy qaramlikdan qutilish, davlat mustaqil-ligini, o’z taqdirini o’z qo’liga olish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keldi.
1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti LKarimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilishni, uni mastaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi :

  • «o‘tmishdan saboq chiqarib va SSSR Ittifoqining siyosiy xamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlami e’tiborga olib,

  • xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib,

  • O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatm anglab,

  • shaxsning xuquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib,

  • millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar, respublika hududida yashovchi xar bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,

  • Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat-O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».16

O‘zbekiston Resprublikasi to‘la davlat xokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan xech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan bevosita teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar xamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi.
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon
qilish to‘g‘risida» qaror qabul qi-lindi.O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti tasdiqlandi.
Qarorda: «1 sentyabr O‘zbekiston Respublika-sining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin», - deb qat’iy belgilab qo‘yildi.17 18
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.11 Bu Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqillini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Qonunning 1-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib qo‘yildi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi.
Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat xokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va
boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi dahlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z hohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi.
Mazkur qonunda Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar Respublikaning ma’naviy boyliklari, O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi o’z xududida oltin, boshqa qimmatboho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zahirasini yaratadi, deyladi bu qonunda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risi»gi Qonunga
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan xollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
O‘zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr-milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyati vujudga keldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib
turmush shart-sharoitlarini yaratish erkinligini berdi. Mamlakatimiz oldida xalqaro
hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallash imkoniyati ochildi.
2.O’zbekiston davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan imvqullanishi. Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil noyab-rida bo‘lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish xaqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991 yil 18 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.Qarorda quyidagilar belgilandi : 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?».19 Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek,«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. 1991 yil 29 dekabr kuni umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda
qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.20
«O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi e’lon qilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan ma’qullanganligini e’tirof etdi».21
O‘zbekiston Davlat mustaqilligining, istiqlol va erkinligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir.
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qafiyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi
Tinch,
Demokratik,

Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish