Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet9/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Uchinchidan, fuqarolar va millatlararo tinchlikni saqlash.
To‘rtinchidan, tadbirkorlikka, korxonalar va xo‘jaliklarga erkinlik berish, chet el sarmoyalarini va zamonaviy texnologiyani yurtimizga olib kirish.
Beshinchidan, ma’naviyatimizni tiklash, oshkoralikni ta’minlash.
Oltinchidan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash ishlariga e’tibor qilish.
Ettinchidan, jahonga, butun dunyoga olib chiqadigan yo‘llarimizni kengaytirish.
Sakkizinchidan, ko‘p partiyaviylik zamoniga o‘rganish, ongimizni shunga moslashtirish, O‘zini-o‘zi boshqarish usulini keng joriy qilish.
To’qqizinchidan, vayron bo‘lgan boshqaruv tizimini o‘rnida o‘zimizning binomizni tezroq tiklash. Qonunni xurmat qilish va unga bo‘ysunish.
O’ninchidan, xalq bilan, uning dardi bilan birga bo‘lish, xalq noiblari, millit vakillariga suyanish.24
Islom Abdug„anievich KarimovO’zbekiston Respublikasining umumxalq
saylagan birinchi Prezidenti.
Islom Abdug‘anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ildi. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini bitirib, muxandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega bo‘ldi.
I.Karimovning mehnat faoliyati Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlaydi. Bu erda u usta yordamchisi, usta-texnolog bo‘lib ishladi. Hayotining salmoqli davri og‘ir samolyotlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxona bo‘lgan Toshkent aviasozlik ishlab chiqarish birlashmasi bilan bog‘liqdir. Bu erda I.Karimov muhandislik va etakchi muhandis konstrutor lavozimlarida ishladi.
I.Karimov 1966 yildan boshlab hukumat idoralarida ishlaydi. Dastlab, O’zbekiston Davlat rejalashtirish qo‘mitasida u bo’lim bosh mutaxassisligidan tortib, to Davlat rejalashtirish qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosarligigacha bo’lgan bosqichlarni bosib o’tdi.
I.Karimov 1983 yilda O’zbekiston moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Soveti Raisi o‘rinbosari va ayni paytda Davlat rejalashtirish qo’mitasi raisi etib tayinlandi.
O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Kommiteti birinchi kotibi etib saylangan I.Karimov, 1989 yilning iyunida amalda respublikani boshqardi. Kompartiyani tubdan isloh qilish, uni 1991 yil noyabrida tamomila yangi mafkura va siyosatga ega bo‘lgan Xalq Demokratik partiyasiga aylantirish, mamlakatda ko‘ppartiyaviylik uchun sharoit yaratish ham uning xizmatidir. I.Karimov hozirgi paytda partiya a’zosi emas.
I.Karimov 1990 yil 24 martda O‘zbekiston Oliy Kengashi sessiyasida Respublika Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. I.Karimov mutaqillikning birinchi kunidan boshlab mamlakatda demokratik xuquqiy davlat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning jahon xamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlash bo‘yicha qat’iy va izchil siyosat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Qahramoni, ko‘plab ilmiy asarlar muallifi, akademik, qator xorijiy
universitetlarning faxriy doktori.

  1. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi va ularning mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati.

O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat mustaqilligining ramzlari belgilab olindi. O‘zbekiston RespublikasiningDavlat bayrog‘i o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog‘i, uning ramzi mamlakatimiz xududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang hayotimiz mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuxrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang-tinchlik va poklik timsolidir.
Yashil rang-tabiatning timsoli, gurkirab yashnayotgan hayot va hosildorlikning ramzidir.
Qizil yo‘llar-bu xar bir tirik jon qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning, tinyalikning ramzidir.
O‘zbekistonning Davlat gerbi, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 3 iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim- qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o‘zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan. Bizning buyuk bobomiz Alisher Navoiy Xumo qushini jamiki tirik mavjudodlar ichida eng sahovatlisi sifatida ta’riflab bergan.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining va barqarorligining ramzi bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan bo‘lib, uning ichida musulmonlarning qutlug‘ ramzi bo‘lgan yarimoy va besh qirrali yulduz joylashtirilgan.
Gerbdagi quyosh tasviri - bizning davlatimiz va halqimizning hayot yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyatdir.
Boshoqlar - risq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari-serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o’xshagan lenta bilan o’rab qo’yilgani - Respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. O’zbekiston Konstitutsiyasi Jahon tajribasi ko’rsatadiki, mustaqil demokratik huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish,bozor munosabatlarini shakllantirishkabi dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa
allomalarimizning davlatni idora qililsh sohasidagi g„oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1992 yil 26 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan taklifar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini qo’shdi.
Oliy kengashning 1992 yil dekabrda bo’lgan XI cessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. «Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I.A.Karimov sessiyada so’zlagan nutqida, yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan
foydalanildi».
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun-8 dekabr umumxalq bayrami - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin.
8 dekabr dam olish kuni hisoblansin.

Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish