Reja: Yosh xususiyatlari



Download 26,56 Kb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi26,56 Kb.
#724392
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu

Xususiy usuliy vazifalar. Saflanish mashqlari va joydan joyga kо‘chishlar turli-tuman bо‘lishi kerak. О‘qituvchi ulamnng qomatga ta’sirini hisobga olishi zarur. Buyruqlarni tez-tez qо‘llamaslik kerak, undan kо‘ra past ovozda va bosiqlik bilan berilgan topshiriqlar foydali bо‘ladi. Ba’zan yugurib va sakrab bajariladigan mashqlarning davomiyligini qisqartirish maqsadida ularni mohirlik bilan yurishning turli xillari bilan almashtirish lozim.
Haddan tashqari katta kо‘lamda, noqulay holatlarda (oyoqlarni keng yozib turish va h.k.) bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni kо‘p bajarmaslik lozim. Orqa bilan yotib mashq bajarishga asta-sekin (о‘tirish, yarimyotgan holatdan) о‘tish kerak.
Gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarganda bо‘g‘inlar harakatchanligini oshirish uchun yelka bо‘g‘inida aylantirish mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi. Gimnastika devorida aralash va oddiy osilish holatlarida mashq bajarish maqsadga muvofiqdir.
Dinamik xarakterdagi og‘irliklar (tо‘plar, gantellar og‘irligi 0.5-2 kg) bilan mashq bajarish samaralidir. Uzoqlikka (sherigiga) tо‘p uloqtirishni kam qо‘llash lozim. Ayrim hollarda oldinga engashish, aylanish mashqlarini og‘irliklarsiz va nafas olish maromini tiklashga qaratib bajarish tavsiya qilinadi. Amaliy sport tur (yugurish, sakrash)lari mashqlarini bajarish vaqti va tezligi chegaralanadi. Tirmashib chiqishlarning oddiy turlari, masalan, aralash osilishda tirmashib chiqishlar tavsiya qilinadi. Ayollar mashg‘ulotida bunday mashqlar qо‘llanilmaydi.
Yuk tashishda (tо‘ldirma tо‘plami, sherikni) buyumlarning og‘irligini cheklash, sheriklami ularning bо‘yi va og‘irligiga mos ravishda tanlash lozim. Muvozanat mashqlari, masalan, xodada, jihozlarning balandligini 0,5 m.gacha pasaytirib bajariladi.
Eng oddiy sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, balandlikdan sakrashlar) tavsiya qilinadi, katta balandlikdan irg‘ib tushishlami cheklab, asosiy e’tiborni tо‘g‘ri va yerga ohista tushishga, tо‘shaklarni joylashishiga va о‘z vaqtida amaliy yordam hamda muhofaza qilishga qaratish lozim.
Ayollar bilan mashg‘ulot о‘tganda ularning qiziqishini oshirish va ruhini kо‘tarish uchun mashqlarni musiqa jо‘rligida bajarish foydali. Murakkab harakatlarni, balandlikka, uzoqqa sakrashlarni, keskin siltanishlarni, tez aylanishlarni, engashishlarni va h.k.larni bajarmaslik kerak.
Turli xil darslardan tashqari keksa yoshdagi kishilar uchun gigiyenik gimnastika (ertalab, kunduzi, kechqurun), ishiaydiganlar uchun esa, ishlab chiqarish gimnastikasi tavsiya qilinadi. Mashg‘u­lotlar о‘rta yoshdagi kishilar uchun 60-90 daqiqa; katta yoshdagilar uchun 45-60 daqiqa; keksa yoshdagilar uchun 30-45 daqiqa davom etadi. Navbatdagi mashg‘ulotni shug‘ullanuvchilardan о‘zini qanday his qilayotganlarini sо‘rashdan va yurak-tomir urishini hisoblashdan boshlash lozim (bu har bir mashg‘ulot oxirida tekshiriladi).
Nazorat savollari:

  1. О‘rta yoshdagilar bilan gimnastika mashg‘ulotlari о‘tkazish metodik xususiyatlarini yoritib bering.

  2. Katta yoshdagilar bilan gimnastika mashg‘ulotlari о‘tkazish metodik xususiyatlarini yoritib bering.

  3. Keksa yoshdagilar bilan gimnastika mashg‘ulotlari о‘tkazish metodik xususiyatlarini yoritib bering.


Download 26,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish