Reja: Yosh xususiyatlari



Download 26,56 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi26,56 Kb.
#724392
  1   2   3
Bog'liq
5-mavzu


5-MA’RUZ: О‘RTA, KATTA VA KEKSA YOSHDAGILAR BILAN GIMNASTIKA MASHG‘ULOTLARI О‘TKAZISH
Reja:

  1. Yosh xususiyatlari

  2. Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va о‘tkazish usuli




  1. Yosh xususiyatlari

Uzoq umr kо‘rish uchun bir qator omillar: xalqning turmush sharoitining tо‘xtovsiz о‘sib borishi, tibbiy xizmatning yaxshilanishi va shuningdek, soglomlashtirish-gigiyenik masalalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, gimnastika vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Gimnastikaning qо‘llanilish samaradorligi va maqsadga muvofiqligi uning usuliy xususiyatlaridan kelibchiqadi. Organizmga har tomonlama, tanlab tasir kо‘rsatadigan mashqlarning turli tumanligi, shugullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligidan qatiy nazar, mashqlarni tanlash va yuklamani aniqroq boshqarish imkonini beradi.
Gimnastika mashgulotlarining mazmuni va usulini tanlash uchun, shugullanuvchilarning yosh xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Organizmning barcha organ va tizimlar ikeksayadi va ijtimoiy muhit, moddiy-maishiy, shaxsiy xususiyatlarga hamda boshqa omillarga bogliqdir. Organizmning keksayishi tabiiy jarayondir, u odam asabining, fiziologik funksiyalarining qayta tiklanishi va shuningdek, odam organizmi morfologiyasi va asab harakatlantiruvchi markazlarining о‘zgarishi bilan bogliqdir.
Harakat funksiyalarinnig psixologik funksiyalarga nisbatan kо‘proq zaiflanishi tibbiy izlanishlarda isbotlangan. Biroq, uzoq va ruhiy jarohat bilan bogliq bо‘lgan aqliy jarayonlar о‘rta, ayniqsa, keksa hamda kata yoshda yurak-qon tomiri tizimlari (gipertoniya, infarkt-miokard, ateroskleroz va boshq.) kasalliklariga olib keluvchi asosiy sabablardan biri bо‘lishi mumkin.
Fiziologik va patologik keksalik bir-biridan farq qiladi. Fiziologik keksalikda organizmning funksiyalari asta-sekin (tо‘lqinsimon) pasayib boradi, ammo ularning sifati kо‘p о‘zgarmaydi. Patologik keksalik-turli kasalliklarga kо‘ra tо‘qimalaming shakli, tuzilishigina о‘zgarmasdan, balki kimyoviy tuzilishi ham о‘zgaradi. Modda almashuvining buzilishi natijasida tо‘qimalar yemiriladi, bu esa, bir butun organizmning tashqi muhitga bо‘lgan qarshilik kо‘rsatish faoliyatining pasayishiga olib keladi. Oliy asab tarmoqlarining faoliyati ham о‘zgaradi. Bosh miya qobig‘ining qо‘zg‘aluvchanligi pasayadi, asab tizimida sodir boladigan jarayonlarning harakatchanligi va kuchi kamayadi, shartli reflekslarning hosil bо‘lishi va mustahkamlanishi yomonlashadi.
60-70 yoshda yurakning hajmi kattalashadi. Qon tomiri devorlarining о‘zgarishi natijasida qon oqish tezligi sekinlashadi, bu esa, о‘z navbatida, tо‘qimalaming oziqlanishini yomonlashtiradi (E.M.Gelshteynning fikricha, 50-60 yoshdagi 70-80 foiz kishilarda va 80 yoshga borib esa, hammada ateroskleroz paydo bо‘ladi).
Shu bilan birga, doimiy jismoniy mashq va sport (yugurish) bilan shug‘ullanuvchi katta yoshdagi kishilarda esa, ateroskleroz jarayonlari sekinlashadi.
Yosh ulg‘ayishi bilan mushaklarning egiluvchanligi susayadi, hajmi kamayadi, 60-70 yoshda mushaklarning og‘irligi tana og‘irligining 20-25 foizini tashkil qiladi. Mushak tо‘qimasining tarkibi о‘zgarishi sababli uning qisqarish qobiliyati yomonlashadi, kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik jismoniy sifatlarining kо‘rsatkichlari pasayadi.
Distrofiya xarakteridagi hodisalar sababli tayanch-harakat apparatining mobilligi о‘zgaradi, mushaklarning egiluvchanligi, bо‘g‘inlarning harakatchanligi kamayadi, suyaklarning mо‘rtligi oshadi. Bu qomatning bukchayishiga olib keladi, bu esa, о‘z navbatida, nafas olish, qon aylanish organlarining faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Nafas olish mushaklarining kichrayishi va zaiflanishi sababli о‘pkaning tiriklik sig‘imi kamayadi. Natijada katta yoshdagi kishilarda nafas olish ancha tezlashadi, chuqur bо‘lmaydi, aritmik bо‘ladi. Gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilishda va о‘tishda ushbu о‘zgarishlarni hisobga olish lozim.



  1. Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va о‘tkazish usuli

О‘rta, katta va keksa yoshdagi kishilar sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligiga qarab, gimnastika mashg‘ulotlari (va boshqa sport turlari) bilan shug‘ullanish uchun ularni uch tibbiy guruhga bо‘lish kerak:

  1. guruh - sog‘lom, jismoniy tayyorlangan, yoshi fiziologik о‘zgarishlari jihatdan normal о‘tayotgan kishilar;

  2. guruh - sog‘lig‘ida ba’zi bir funksional xarakterdagi kamchiligi bо‘lgan, mashq yuklamasiga moslasha oladigan, shuning­dek, qarilik jarayoniga xos kasalliklarning boshlang‘ich davridagi kishilar;

  3. guruh - sog‘lig‘ida odatdagi mehnat faoliyatiga zid kelmaydigan kamchiligi bо‘lgan,jismoniy mashq yuklamasiga moslashuv darajasi kamaygan kishilar kiradi.

Sog‘ligida kamchilik kо‘proq bо‘lgan keksa yoshdagi kishilar davolanish gimnastikasi bilan shug‘ullanishlari lozim. Gimnastika mashg‘ulotlarini о‘tish uchun barcha shug‘ullanuvchilar yoshi hisobga olingan holda guruhlarga ajratiladi. Mashg‘ulotlar shaxsiy va guruh bilan, erkaklar va ayollar uchun alohida о‘tkazilishi mumkin. Ayrim hollarda aralash guruhlar tashkil qilinishi mumkin, bunda jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘ining ahvoli bir xil bо‘lgan shug‘ullanuvchilarni kiritish lozim.
О‘rta, katta va keksa yoshdagi kishilar bilan ish olib borish yuqori malakani talab qiladi, о‘z kasbini sevishni, sport va sport fiziologiyasi fanining yangi yutuqlari asosida doimo pedagogik mahoratini oshirib borishni talab qiladi.
Sog‘lomlashtirish guruhlari mashg‘ulotlarida har tomonlama darslar (gimnastika va suzish, sport о‘yinlari, yengil atletika va h.k.lar), jismoniy mashqlarning tanlab olingan turi bо‘yicha mashg‘ulotlar, masalan, yugurish mashg‘ulotlari о‘tiladi.
Umumiy uslubiy kо‘rsatmalar:

  1. Guruh mashg‘ulotlari haftasiga 2-3 marta о‘tilishi kerak.

Mashg‘ulotlar toza havoda hamda bino ichida navbatma-navbat о‘tilishi maqsadga muvofiqdir.

  1. Jismoniy mashqlar yuklamasining me’yori, ayniqsa, sog‘lig‘ida nuqsoni bо‘lgan shaxslar uchun shifokor, pedagoglar nazorati asosida belgilanadi. Keksa va katta yoshdagilaiga yuklamani asta-sekin kо‘paytirish va pasaytirish lozim, kо‘proq nafas gimnastikasi va bо‘shashish mashqlarini qо‘llash ma’qul bо‘ladi.

  2. 60 yoshdan keyin keng kо‘lamdagi mashqlarni kamaytirish, uzoq vaqt davom etadigan, tezkor va kuch talab qiladigan mashq­larni qо‘llamaslik zarur. Kо‘pincha kuch ishlatiladigan statik holatlarni, bosh bilan pastga qarab osilish va zо‘riqish bilan bog‘liq mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.

  3. Keksalar mashg‘ulotida harakatlarni о‘rgatishda kо‘rsatish usuli katta ahamiyatga ega, kо‘rsatish usulida bajarish maromi va sur’ati sekinlashtiriladi.

  4. Mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarning qiziqishini va о‘z harakatlaridan qoniqish tuyg‘usini orttirishi kerak. Biroq ortiqcha ruhiy kо‘tarinkilik ba’zan о‘ta zо‘riqishga olib kelishi mumkin. Yangi materialni о‘zlashtirish bitan birga, oldin yaxshi о‘zlashtirilgan material (25 % gacha) qо‘llanilishi zarur.

  5. Kamchiliklarini uqtirish mashg‘ulot о‘tkazuvchi tomonidan muloyimlik va bosiqlik bilan aytilishi kerak. Umuman, mashg‘ulot davomida shug‘ullanuvchilar bir-birlarini hurmat qilishiga erishish ayni muddao.


Download 26,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish