Yengil yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz hamda cho`g`lanuvchi moddalarni o`chirishda ishlatiladi.
Ko`chma o`t o`chirish asboblari ishlatilishida bir oz noqulay. Ularni ishga tushirish uchun ko`pik generatorini, ko`pik chiqaruvchi klapanni yechib olish, ko`pik hosil qilish uchun shlangni chuvatib yechib olish, ballondagi qo`rg`oshin tamg`ani uzib tashlash va dastlabki mil bo`yicha oxirigacha qayirish ishlarini bajarish kerak.
Bulardan farqli ravishda, muqim o`t o`chirish vositalari yong`inni o`chirishga doimo tayyor holda boladi. Bu ularning katta afzalliklaridan biridir. Hozirgi paytda karbonat kislotali OCУ – 5, OCУ – 5П, havo – ko`pikli OBПУ – 250, xladonli OC – 8M, OC – 8MД, OФ – 40, kukunli OII – 250 muqim o`t o`chirish uskunalari ishlab chiqarilmoqda. Muqim o`t o`chirish uskunalari qo`lda va avtomatik ravishda yong`in haqida xabar beruvchi asboblar yordamida ham ishga tushirib yuborilishi mumkin. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi 12.7 – rasmda ko`rsatilgan.
Yong`indan himoya qilinishi zarur bo`lgan xona (1) shiftiga avtomatik ravishda o`t o`chirish uskunasining quvurlari (2), ularga o`rnatilgan o`t o`chiruvchi kallaklari (3) va yong`in haqida xabar beruvchi vosita (4) bilan xabar beruvchi tarmoq (5) ulangan.
12.7 – rasm. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi.
Xonaning biron yerida yong`in chiqsa, o`sha yerdagi xabar beruvchi vositaga ta`sir qilib va elеktr tarmog`i bo`ylab buyruq beruvchi apparat (7) ga xabar keladi. Bu xabar ijro etuvchi mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna (8) ga uzatiladi. O`z navbatida bu uskuna o`t tizimi (9) ni ishlatib yuboradi (sxemada azot to`ldirilgan ballonlar ko`rsatilgan). Undagi o`t o`chiruvchi modda quvurlardan (6, 2) o`tib, o`t o`chirish kallaklari (3) ga yetib boradi. Yong`in haqida xabar beruvchi vosita (4) ishlagach, buyruq beruvchi apparat (7) yong`in haqida xabar beruvchi uskuna (11) ni ishlatib yuboradi. Muqim o`t o`chirish tizimini ishlatib yuborishni, yuqoridagidek avtomatik ravishda hamda qo`lda yurgizib yuborish boshqarmasi (10) orqali amalga oshirish mumkin.
To`qimachilik korxonalarida aksariyat yuqorida zikr qilingan o`t o`chirish tizimi suv ta`minoti tarmoqlari bilan ulangan bo`ladi. Avtomatik o`t o`chirish tizimi xomashyo va tayyor mahsulot omborlari, yigiruv fabrikalarining saralash, chiqindilarni qayta ishlash, changli havoni tozalash xonalari, to`quv va pardozlash fabrikalarining mahsulot sifatini nazorat qilish sexlari va yonuvchi moddalar ko`p miqdorda to`planadigan sex yoki xonalariga o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |