Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet2/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Mas’ul muharrir: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Nazarova
Tahrir hay’ati: pedagogika fanlari doktori, professor B. Rahimov
biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Jonibekov
tarix fanlari nomzodi U. Qlichev
(PhD) falsafa doktori A. Uralov
(PhD) falsafa doktori G.Berdaliyeva
katta o’qituvchi Sh.Boychayeva

Taqrizchilar:
A.Uralov - SVXTXQTMOHM “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, (PhD) falsafa doktori
G.Berdaliyeva - SVXTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, (PhD) falsafa doktori
Sh.Boychayeva - SVXTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o’qituvchisi

Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy-metodik kengashining 2020-yil 1-aprelda o‘tkazilgan navbatdan tashqari 6-sonli yig‘ilishining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.




ISBN 978-9943-45-75 To‘plamdan o‘rin olgan maqolalarning saviyasi, sifati va ilmiy dalillarning haqqoniyligi hamda mazmuni uchun mualliflar mas’uldir.

© SVXTXQTMOHM, 2020


SO‘Z BOSHI

Bizning maqsadimiz – O’zbekistonni jadal islohotlar, ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar orqali erishish mumkin bo’lgan rivojlangan davlatga aylantirish”.


Shavkat Mirziyoyev
Xalqaro baholash dasturlari – PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosatiga ham sezilarli darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunonchi, yoshlarimizni ko’proq o’qib-o’rganishga, erkin va ijodiy fikrlashga o’rgatadi. Bugungi kun ta’labi bilan aytadigan bo’lsak, yoshlarga bo’lgan e’tibor dunyo miqyosidagi talablar bilan tenglashtiriladi. 2020-yil 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “Biz bu yil ayollar va yoshlarni qo’llab-quvvatlash masalasini yangi bosqichga olib chiqamiz” degan tantanavor fikri ham biz ayollar va yoshlarga o’zgacha ruh, o’zgacha shijoat berdi.
XXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo’lishligi bilan bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo’yilgan rejalarning natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiy yetib borish uchun har tomonlama modernizasiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi”ning to‘rtinchi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bandidan kelib chiqqan holda uzluksiz malaka oshirish tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrda «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unda uzluksiz malaka oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
“2020-yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ”Davlat dasturini amalga oshirishga oid ishlar tizimi va ularni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda ko’rsatilgan ishlarni amalga oshirish kunning dolzarb masalasi bo’lmog’i muqarrar. Istiqlol sharofati bilan amalga oshirilayotgan ishlar tizimi birmuncha jadallashib borayotgan davrda jahon tajribaini o’rganish va ularning ilm-fan borasidagi yutuqlarini qiyosiy tahlil qilgan holda islohatlarni amalga oshirish, ta’lim sohasidagi ishlarni jadallahtirishga bo’layotgan e’tibor hech kimni befarq qoldirmaydi.
Davr talabidan kelib chiqqan holda bugun o‘quvchilarning yoshi va aqliy va ruhiy xususiyatlari, kompetentligiga mos umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumyevropa Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Yurtboshimiz fikrlariga asosan, har bir o‘quv bosqichi, ta’limda o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar standart darajasida rasmiylashtirilib, hayotga tatbiq etildi.
Bugungi kun yoshlarimizning iste’dodini ro‘yobga chiqarish va kamol toptirish, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular qalbiga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish maqsadida Davlat dasturlarilari ishlab chiqildi va shu bilan bir qatorda, malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh etildi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondoshuv borasidagi ishlarni amalga oshirishda barcha fanlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda o‘ziga xos kompetensiyaviy vazifani bajaradi. Bu esa, o‘z navbatida o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga yordam beradi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish