Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan bozorlarimiz jahon bozoriga qo’shilib


-jadval  Distillangan glitserinni sifat ko‘rsatkichlari



Download 478,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.02.2022
Hajmi478,74 Kb.
#474631
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUVONCHBEK KURS LOYIHASI 10 TONNA (pdf.io)

2-jadval 
Distillangan glitserinni sifat ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlar 
Glitserin 
Dinamitli 
Oliy nav 
I-nav 
II-nav 
Glitserin miqdori, 
%, kam emas 
98 
94 
94 
88 
Kul miqdori, %, ortiq emas 
0,14 
0,01 
0,02 
0,25 


Uchmaydigan organik qoldiq 
miqdori, %, ortiq emas 
0,1 
0,02 
0,04 
0,25 
Sovunlanish koeffitsienti 1 g 
glitseringa 
mg KOH, ortiq emas 
0,7 
0,65 
Aniqlanmaydi 
Distillangan glitserin asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
19-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak. 
Distillangan gliserinni orgonoleptik ko’rsatkichlari kuyidagi talablarga javob 
berishi kerak. GOST 6824-96 
3.jadval. 
№ 
Kursatkichlar 
nomlanishi 
Markalar xarakteristikasi 
D-98 
PK-94 
T-94 
T-
88 

Tinikligi 
tinik 
2 Xidi 
Begona 
xidlarsiz 
gliseringa xos 
xid 
Begona 
xidlarsiz 
gliseringa 
xos xidmas. 


3. Texnologik sxemani tanlash va asoslash. 
Yog‘larni reaktivsiz parchalashdan olingan glitserinli suv tarkibida, glitserin 
va suvdan tashqari, xilma xil turdagi organik va mineral aralashmalar ham bo‘ladi. 
Bu aralashmalar miqdori gidrolizlanayotgan moy sifati va assartimentiga bog‘liq. 
Aralashmalarning ko‘p qismi lipidlar, ayniqsa yog‘ kislotalari bo‘lib, ular glitserinli 
suvning 0,3-1,5% ini tashkil etadi. Bundan tashqari 0,05-0,1% amino birikmalar
jumladan, 0,02-0,04% amino kislotalar, 0,04-0,08% karbonal birikmalar, 
0,004-0,008% uglevodlar, mineral tuzlar va boshqalar mavjud. 
Bu moddalarning ko‘pligi sirt aktivligiga ega bo‘lib, suv-yog‘ emulsiyasi 
turg‘unligini oshiradi. Bu esa glitserinli suvni qayta ishlashni qiyinlashtiradi. 
Glitserinli eritmani konsentrlashdan avval, u aralashmalardan tozalanadi. 
Bundan maqsad: 
- birinchidan, standart talablarga javob beradigan toza glitserin olish 
- ikkinchidan, bug‘latish jarayonini texnologik shartlarini to‘liq ta’minlash (isitish 
trubalarida qo‘yqa hosil bo‘lishini kamaytirish vakuum apparatlarda glitserinni 
ko‘piklanishini oldini olish va boshqalar) 
- uchinchidan, apparatni korroziyadan himoya qilishdir. 
Yog‘larni reaktivsiz gidrolizidan olingan glitserinli suv murakkab geterogen 
sistema bo‘lib, tarkibida har xil tabiatli aralashmalar, chin va kolloid eritmalar 
holida, hamda emulsiya ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli bunday suvdan 
aralashmalarni ajratish bir qator asosiy texnologik jarayonlarni talab etadi: kolloid 
sistema barqarorligini buzish; lipidlarni glitserinli suv bilan hosil qilgan emulsiyani 
parchalash; lipidlarni, suvda eriydigan ionogen va noionogen birikmalarini 
yo‘qotish. Bu barcha jarayonlarni amalga oshirish uchun glitserinli suvni 
tozalashni bir necha usuli mavjud. 
Tindirish glitserinli suv va yog‘ kislotalari zichliklarining farqiga 
asoslangan: dastlab glitserinli suv ustiga yog‘ kislotalar ajraladi, keyin u yoki bu 
usul bilan ajratib olinadi. 
Glitserinli suvni qaynatish natijasida suv-yog‘ 
emulsiyasi buziladi, yog‘ kislotalari va neytral yog‘ ajraladi, so‘ngra tindirish 


orqali ular ajratib olinadi. 
Glitserinli suvni sovutish undagi aralashmalarni eruvchanligini pasaytiradi. 
Natijada kristallizatsiya va qiyin eruvchan yog‘ kislotalar agregatlanishi sodir 
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan moddalar tindirish yoki filtrlash orqali ajratib olinishi 
mumkin. Bu usul asosida quyidagi kimyoviy reaksiya yotadi: 
2RCOOH + Ca(OH)2 
(RCOO)2Ca + 2H2O 
Hosil bo‘lgan sovun o‘z yuzasiga rang beruvchi moddalar (karotinoidlar, 
xlorofillar va boshqalar) va boshqa hamroh moddalarni adsorbsiyalab oladi. 
Neytrallash uchun kalsiy gidroksidning suvli suspenziyasidan (ohakli 
sutdan) foydalaniladi. Neytrallash jarayoni neytralizatorlarda bug‘, havo yoki 
mexanik aralashtirgich yordamida, 800C haroratda olib boriladi. Ishkor nazariy 
miqdorga nisbatan ortiqchasi bilan qo‘shiladi. Ishqorning ortiqcha miqdori titrlash 
usuli bilan topiladi: 25ml glitserinli suvga 0,01n li 3-5ml xlorid kislota eritmasi 
sarf bo‘lsa, bu ortiqcha ishqor miqdori kalsiy oksid hisobida 0,003-0,005% ga 
to‘g‘ri kelishini bildiradi. 
Neytrallash jarayoni tugagach, mahsulot tindiriladi va kalsiyli sovun 
ajratiladi. Glitserinli suv esa aralashtiriladi va romli filtrlarda filtrlanadi. 
Quyqadagi kalsiyli sovunni natriyli sovunga aylantirish uchun quyqaga 
Na2CO3 bilan ishlov beriladi. Jarayon quyidagi reaksiya asosida sodir bo‘ladi: 
(RCOO)2Ca + Na2CO3 
2RCOONa + Ca CO3 
Usul, keng yoyilganiga qaramay, bir qator kamchiliklarga ega. Ma’lumki 
kalsiyli sovunning glitserinli suvda erishi yog‘ kislotalarinikidan yuqori. Bu esa 
usulning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi. Glitserinli 
suvda kalsiyli 
sovunning bo‘lishi 
distillyasiya paytida ko‘piklanishga olib keladi. Bundan 
tashqari 
ishqorli suv 
glitserinli 
suvning ishqoriyligini oshiradi. Natijada, 
glitserinli eritmaga ishlov bergandan keyin, unda kul va organik moddalar miqdori 
oshib ketadi. Glitserinli suvda kalsiyli 
sovunning 
bo‘lishi 
distillyasiya
paytida ko‘piklanishga olib keladi. Bundan tashqari ishqorli suv 
glitserinli suvning ishqoriyligini oshiradi. Natijada, glitserinli eritmaga ishlov 
bergandan keyin, unda kul va organik moddalar miqdori oshib ketadi. 



Download 478,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish