Ринолалия нутқ бузилиши ва уни коррекциялаш



Download 2,42 Mb.
bet1/11
Sana26.05.2022
Hajmi2,42 Mb.
#610270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rinolaliyada operatsiyasigacha o\'tkaziladigan pedagogik ishlarning ahamiyati


O'zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Defektologiya fakulteti
Logopediya ta'lim yo'nalishi


______________________________________ fanidan



МАVZU: RINOLALIYADA OPERATSIYASIGACHA O'TKAZILADIGAN PEDAGOGIK ISHLARNING AHAMIYATI
kurs ishi mavzusi


KURS ISHI



«Himoyaga tavsiya etildi»
Kafedra mudiri:___________
Ilmiy darajasi va unvoni
_______ ___________________
imzo FIO
____________
Sana (kun,oy, yil)
Каfedraning_______ ________
kun, oy
yildagi №______ sonli bayonnomasi.

______________ ________yilda


«_____________________________»
Himoya qildi yoki himoya qila olmadi yozuvda



«___________________ » yo'nalishi «_____» guruh talabasi
__________
imzo


Xolbozorova Madina Akbar qizi

FIO (to`liq)


tomonidan bajarilgan kurs ishi

Ilmiy rahbar: ____________


Ilmiy darajasi va unvoni
_______ ___________________
imzo FIO


Chirchiq – 2022


MAVZU: RINOLALIYADA OPERATSIYASIGACHA O'TKAZILADIGAN PEDAGOGIK ISHLARNING AHAMIYATI
MUNDARIJA:
Kirish
I.BOB.Rinolaliyaning kelib chiqishi sabablari.
1.1.Yopiq va ochiq rinolaliya xaqida.
1.2.Korreksion ishlarning mazmuni va vazifasi.
II.BOB.Rinolaliyada operatsiyasigacha o'tkaziladigan korreksion ishlar
2.1. Rinolaliyada o'tkaziladigan pedagogik ishlarning ahamiyati
2.2. Loy va plastasmassa materiali bilan ishlashda rinolaliya nutq nuqsoniga ega bolgan bolalarda barmoqlar harakatchanligi rivojlanishning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Rinolaliya nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzuzidagi buzilishlardir.
Rinolaliya xosil bo‘lishiga ko‘ra dislaliyadan farq qiladi, ya’ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimoq bilan talaffuzuz qilish xollari kuzatiladi. rinolaliyada tovushlar artikulyatsiyasi, fonatsiya, tovush xosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun- halqum va burun bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralishi ruy beradi.
Nutq jarayonida yumshoq tanglay o‘zluksiz ravishda turli balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu xolat tovushlar talaffuzga bog‘liq. Tanglay halqumning birlashish kuchi tovushlar talaffuzga bog‘liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay halqum undash tovushlar talaffuzga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay halqumning eng kuchsiz birlashishi v undosh tovush talaffuzda; eng kuchli birlashish s tovush talaffuz o‘zida k o‘zatiladi. Tanglay halqum birlashish funksiyasining buzilish harakteriga ko‘ra rinolaliya turli shakllarga ajratiladi.
Yopiq rinolaliya.
Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M,N burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo‘ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun halqum yo‘li ochiq bo‘ladi va xavo oqimi to‘g‘ri burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agarda burun tovushlar talaffuz - ida burun rezonansi bo‘lmasa, unda burun tovushlari v,d tovushlariga o‘xshab talaffuz qilinadi. rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish burun bo‘shlig‘idagi organik o‘zgarishlar yoki tanglay halqum birlashishining funksional buzilishidir. M.Zeyeman yopiq rinolaliyaning 2 turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya-bunda burun bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik funksiyasi bulmaydi va orka yopiq rinolaliya- bunda halqum bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik kamayadi. Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi – burun shillik pardasida surunkali gipertoniyaning burun bo‘shlig‘ida poliplarning bo‘lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun bo‘shlig‘ida o‘smalarning bo‘lishidir.
Orqa yopiq rinolaliyada bolalarda odenoidlarinng ko‘payib ketishi burun halqum poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko‘p uchrab turadi, lekin uni doimo to‘g‘ri aniqlash qiyin. Chunki u burun bo‘shlig‘ining yaxshi o‘tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan xollarda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Organik yopiq rinolaliyaning sababi burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlikning buzilishidir. Bunda burundan nafas olish yo‘lga qo‘yilsa, ya’ni burun bo‘shlig‘idagi o‘tkazuvchanlik yaxshilansa, hamma kamchilik yo‘qoladi.
Yopiq rinolaliyada olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi burun halqum xolatiga uning funksiyasiga va bolaning yoshiga bog‘liq. Logopedik mashg‘ulotning boshlangich davrida nafas mashqlarini olib borish tavsiya etiladi. Bundan maqsad og‘iz va burundan nafas olish va nafas chiqarishni differensiatsiya qilishdir. Bu mashqlar avval puflashdan boshlanib, keyin burundan qisqa va chuqur nafas chiqarish bilan almashtiriladi. Shu bilan birgalikda yumshoq tanglay va halqumning orqa devor muskullari harakatini aktivlashtiradi. Keyingi davrda og‘iz va burundan nafas chiqarishni muvofiqlashtirish ustida ish olib boriladi. Bu mashqlar m, n, burun tovushlarining talaffuzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va mustaxkamlashga imkon yaratadi.
Ochiq rinolaliya
Ochiq rinolaliyada og‘iz bo‘shlig‘ida xosil bo‘luvchi tovushlar dimoqda talaffuz etiladi. ochiq rinolaliyada bu unli tovushlarning jarangdorligda sezilarli darajada farq bo‘ladi.
Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun turli funksional tekshirish usullari mavjud. Bunda logoped bolaga galma-gal a va i unli tovushlarini qaytarishni buyuradi va bolaning burun yo‘lini bir berkitib, bir ochib turadi. Yana aniqlash usullaridan biri, bu fonedoskop bilan tekshirishdir. Bunda tekshiruvchi fonedoskopning bir uchini o‘zining qulog‘iga, ikkinchi uchini bolaning burniga tutib turadi. Bola unli tovushlarni, ayniqsa u va a unlilarini talaffuz qilganida kuchli tovush eshitiladi. Ochiq rinolaliya organik va funksional bo‘lishi mumkin. Organik ochiq rinolaliya tug‘ma va xayot davomida orttirilgan bo‘ladi. ochiq rinolaliyaning tug‘ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir.
Xayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida jaroxatlanishlar bo‘lishi va yumshoq tanglayni xayot davomida falajlanishi kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo‘lish sabablari turli xil bo‘ladi. Masalan, bolaning ovozining xosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo‘lishi. Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo‘lish xollari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng ko‘proq kuzatilsa, difteriyadan keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi.
Ovoz mashqlaridan so‘ng burunlashish tembri yo‘qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llaniladigan usullar orqali bartaraf etish mumkin. Tug‘ma tanglay yoriqlari bo‘lgan bolalarda fonetik jixatidan to‘g‘ri nutqni shakllantirish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir necha vazifalarni xal etishga qaratilgandir.

  1. Og‘izdan nafas chiqarishni normallashtirish, ya’ni burun tovushlaridan tashqari hamma nutq tovushlari talaffuzida og‘izda xavo oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish.

  2. Hamma nutq tovushlarinig to‘g‘ri artikulyatsiyasini xosil qilish.

  3. Burunlashish ovozini bartaraf etish.

  4. Tovushlarni bir-biridan ajratish malakasini tarbiyalash, bundan maqsad tovushlar taxlilidagi kamchiliklarning oldini olish.

  5. Nutqning sur’at, ritm, prosodik tomonini normallashtirish.

  6. Xosil qilingan nutqiy malakalarni erkin so‘zlashuvda g‘ayri-ixtiyoriy ravishda qo‘llash.

Bu maxsus vazifalarning xal etilishi talaffuzining to‘g‘ri malakalarini o‘zlashtirishda muxim ahamiyatga egadir. Nutqning tovush tomonini to‘g‘rilashda to‘g‘ri tovush talaffuz malakalarini o‘zlashtirish bir necha davrni o‘z ichiga oladi.
Birnchi davr- nutqgacha bo‘lgan mashqlar davri quyidagi ish turlaridan iborat: Nafas mashqlari. Artikulyatsion gimnastika. Aloxida tovushlar artikulyatsiyasi. Bo‘g‘in mashqlari.
Ikkinchi davr-tovushlarni farq qilish davri.
Uchinchi davr-integratsiya davri, ya’ni bog‘langan nutqda tovushlarni pozitsion o‘zlashtirishlarni o‘rgatish.
Turtinchi davr- avtomatizatsiya davri.
Olib boriladigan logopedik tuzatish ishlari ikki davrga bo‘lib olib boriladi:
1 davr- operatsiyagacha bo‘lgan davrda olib boriladigan logopedik ishlar.
2 davr-operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar.
Operatsiyagacha bo‘lgan davrda quydagi vazifalar xat etiladi:
1 - yuz muskullarini ortiqcha harakatdan ozod etish.
2 - unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga tayyorlash.
3 -bola talaffuz qilishi mumkin bo‘lgan undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar bir muncha murakkablashadi:
1-yumshoq tanglayning harakatchanligini rivojlantirish.
2-tovushlar talafuzida artikuliatsiya a’zolarining noto‘g‘ri xolatini bartaraf etish.
3- nutqdagi hamma tovushlarni talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan maxsus ish turlari quyidagilardan iborat:
a) Yumshoq tanglayni massaj qilish.
b) Bo‘g‘izning orqa tomoni va yumshoq tanglay gimnastikasi.
v) Artikulyatsion gimnastika.
g) Bu mashqlarning asosiy mashqlari quydagilardan iborat:
-og‘iz orqali chiqariladigan xavo oqimining davomiyligini va kuchini oshirish.
-artikulyatsion muskullar faoliyatini yaxshilash.
Yumshoq tanglay massajining asosiy maqsadi operatsiyadan so‘ng xosil bo‘lgan to‘qimadagi chandiqni yumshatishdir. Massajni gegena talablariga rioya qilgan xolda ovqatlanishdan oldin o‘tkazish lozim.
Yumshoq tanglay gimnastikasi bir qator mashqlarni o‘z ichiga oladi:
1.Suvni yutish yoki yutish harakatiga taqlid qilish.
2.Og‘izni ochgan xolda esnash.
3.Kam miqdordagi issiq suv bilan tomoqni chayish.
4.Yo‘talishga taqlid qilish. Bu mashq juda foydali bo‘lib yo‘talish xalqumning orqa devor muskullarini aktiv qisqarishga olib keladi.
5.Unli tovushlarni baland ovoz bilan aniq aktiv talaffuz etish.



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish