Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Nashr etuvchilardan  

  

Roppa-rosa  besh  yil  oldin  biz  mumkin  qadar  foydali  bo‘lgan,  faqatgina 

ishbilarmonlikka  oid  kitoblarni  nashr  etishni  boshladik,  boshqa  hech  qanday 

mavzudagilarini emas.   

Va darhol nimaga aralashib qolganimizni tushundik. Lekin berilgan va’dadan 

qaytmadik. Shuning uchun boshida bir oyda faqat bitta kitob chiqarardik.   

Hozirgi kunda bizda nashr etilayotgan kitoblar salmog‘i anchagina katta, ya’ni 

bir qator psixologiyaga oid nashrlar, tarixiy mavzudagi sovg‘abop nashrlar ham chop 

etayapmiz, lekin ish yuritish tizimimiz avvalgidek. Biz qo‘l yozmalarni sinchiklab 

saralab  chiqamiz  va  doimo,  yaxshi,  lekin  yuqori  darajada  foydali  bo‘lmaganlarini 

yaroqsizga chiqaramiz. Har safar nimadir keragidek bo‘lmaydi.  

Ba’zilarida maxsus auditoriya uchun mavzusi o‘ta qisqa, ba’zilarida matn o‘ta 

chalkash, o‘ta ilmiy, ya’ni, og‘ir ish kunidan so‘ng ularni tushunish ancha qiyin.   

Yoki  muallif  biror  ishning  uddasidan  chiqmagan:  biznes  yuritish  bo‘yicha 

boshqalarga juda ko‘p maslahatlar beradi-yu, lekin o‘zining biznesini havas qilarli 

darajada deb bo‘lmaydi.  

Bu kitob borasida bizda hech qanday e’tiroz bo‘lmadi.  

U nashr etuvchilar uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yaxshi bir tuhfa bo‘ldi.  

U nashr etilishi bilan AQShda eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi.   

U hayotiy yozilgan va bir o‘tirishda o‘qib chiqiladigan kitobdir. Har bir bobda 

mualliflar  o‘quvchining  ongiga  yetkazib  berish  uchun  qancha  so‘z  kerak  bo‘lsa 

shunchasidan foydalanishgan.   

U amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan. Hech bir maslahat osmondan olinmagan.   

U  bir  vaqtning  o‘zida,  ishga  kirishishga  turtki  beradi,  dovdiratib  qo‘yadi, 

gangitib qo‘yadi va to‘g‘ri yo‘lga undaydi.   

 Va nihoyat u qiziqarli -  qarang unda qanday rasmlar bor.   

Sizning  biznesingiz  qanchadan  buyon  davom  etayotganligi  va  uning  qanday 

hajmda  ekanligi,  hech  qanday  ahamiyatga  ega  emas.  Kitob  endigina  “o‘z  ishimni 

boshlasammikan”  deb  o‘ylayotganlar  (albatta,  bir  qator  “foydali”  maslahatlarni 



olishingiz  mumkin)  va  yangi  tadbirkorlar  uchun  ham,  hamda  tajribaga  ega 

biznesmenlar  uchun  ham  mos  keladi.  Hattoki  agar  siz  yirik  zavodning  egasi 

bo‘lsangiz ham, ehtimol bu kitobda o‘z ishingizda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan 

tamoyillarni topishingiz mumkin.   

Bu kitobni nashr etishimizga asos bo‘lgan yana bir jihat shuki, huddi biznikiga 

o‘xshash  rivojlangan  kompaniyaning  asoschilari  bilan  umumiy  jihatimiz  ko‘p, 

masalan bizda ham ulardagi kabi 14 kishi ishlaydi. 37 signals dasturiy mahsulotidan 

hozirgi kunda 3 million kishi mamnuniyat bilan foydalanishmoqda. Biz esa yiliga 

taxminan 350 ming kitob sotamiz. Bu esa tor doiradagi maxsuslashtirilgan nashriyot 

uchun  kam  hajm  emas.  Shubhasiz,  siz  o‘ylab  ko‘rgan  biznes  biror  natijaga 

erishmagani, yoki kompaniya ishlarni ijobiy tomonga yaxshilab bo‘lmagani haqida 

ko‘p  eshitgansiz.  Aynan  shuningdek  bizga  ham  o‘z  vaqtida  bu  haqda  juda  ko‘p 

gapirishgandi.   

Injinerlarning fikricha tukli ari ucha olmaydi, ularning aerodinamik sifati bunga 

imkon bermaydi degan mashhur cho‘pchakni eslaysizmi? Har bir mayda tukli arilar 

bu murakkab ilmiy hisobkitobning noto‘g‘ri ekanligini osongina isbotlashayapti.  

Bu kitob bo‘lajak tukli arilar - kompaniyalar va ularning baxtli egalari uchun.  

Bizning butun guruhimiz bu loyiha ustida ish olib borishdan katta manuniyat 

oldik.   

Ishonamizki, siz ham bu kitobni mamnuniyat bilan o‘qib chiqasiz.   



Igor Mann  

Mixail Ivanov  

Mixail Ferber  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish