Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Kirish  

  

Biz  qanday  qilib  biznesni  tashkil  etish,  yuritish  va  rivojlantirish  (yoki 

rivojlantira  olmaslik)  haqida  bir  necha  yangi  ma’lumotlarni  aytib  berishga 

tayyormiz.   

Bu  kitob  akademik  nazariyalarga  emas,  bizning  shaxsiy  tajribamizga 

asoslangan. Biz biznes bilan o‘n yildan buyon shug‘ullanamiz. Bu vaqt ichida  ikki 

marta  krizisga  uchradik,  bir  marta  butun  ishimiz  chippakka  chiqdi,  biznes-

modelimizni o‘zgartirdik, bir necha marotaba esa ishimizda yo‘lning oxiriga borib 

qolishimiz  haqida  bashoratlarni  eshitdik,  lekin  shu  bilan  birga  bu  vaqt  ichida  har 

doim daromadli kompaniya bo‘lib qolaverdik.   

 Biz  boshqa  kichik  korxonalarga  va  kishilar  guruhiga  o‘z  rejalarini  osongina 

amalga  oshirishga  yordam  beruvchi  dasturiy  ta’minotni  qayta  io‘lovchi  kichik 

xalqaro  kompaniyamiz.  Bizning  mahsulotimizdan  butun  dunyoda  uch  milliondan 

ortiq kishilar foydalanishadi. Biz 1999 yil o‘z ishimizni veb dizayn sohasida masahat 

beruvchi  kompaniya  sifatida  uch  kishilik  shtat  bilan  boshladik.  2004  yilga  kelib 

shuni  tushundikki,  bizning  sanoatimizda  foydalanish  uchun  qabul  qilingan, 




loyihalarni  boshqarish  sohasidagi  dasturiy  ta’minotdan  biz  qoniqmayapmiz.  Shu 

sababli  biz  o‘zimizning  analogik  mahsulotimiz  –  Basecampni  yaratdik.  Biz  bu 

onlayn  vositani  mijozlarimizga  va  hamkasblarimizga  ko‘rsatganimizda  ularning 

hammasi  bir  ovozdan:  “biz  o‘z  biznesimizda  bu  mahsulotdan  foydalanishni 

xohlaymiz”  deyishdi.  Besh  yil  o‘tib  Basecamp  bizga  yiliga  million  dollar  foyda 

keltira boshladi.   

Biz bugungi kunda biznesning boshqa onlay instrumentlarini ham sotayapmiz. 

Highrise, oddiy CRM-tizimi

1

 bo‘lib, u kichik bizneslarda lidlar (muayyan mijozlar), 



kelishuvlar  bilan  ishlash  va  10  milliondan  ortiq  kontaktlarni  o‘ziga  qamrab  olish 

uchun foydalaniladi. Yarim  milliondan ortiq kishilar Backpack (intranetda ishlash 

va ma’lumot almashish tizimi uchun vosita) dan foydalanishadi. Bizning Campfire 

mahsulotimiz,  ya’ni,  biznes  uchun  haqiqiy  vaqt  tizimida  muloqot  qilish  vositasi 

yordamida  100  milliondan  ortiq  xabaralar  jo‘natishdi.  Shuningdek,  biz  Ruby  on 

Rails ochiq kodli dasturiy freymvork yaratdik, u esa Web 2.0 dunyosidagi mavjud 

ko‘pgina loyihalarning asosida yotadi.   

Ba’zilar,  bizni  internet-kompaniya  deb  hisoblashadi,  lekin  bu  bizni  faqat 

achchiqlantiradi.  Odatda  internet  kompaniyalar  shunisi  bilan  mashhurki  ular 

birdaniga juda ko‘p yangi odamlarni yollashadi, mablag‘ni nazoratsiz sarflashadi va 

ko‘r-ko‘rona yo‘q bo‘lib ketishadi. Bu esa biz haqimizda emas.   

Biz  kichik  (kitobni  nashrga  bergan  vaqtda  shtatda  14  kishi),  tejamkor  va 

daromadli kompaniyamiz.  

Ko‘pchilik aytishadiki, hech kim ishga bizga o‘xshab yondashmaydi. Ular bizni 

shunchaki,  omadi  yurishganlar  deb  atashadi.  Ular  boshqalarga  bizning 

maslahatimizga amal qilish kerak emas deb maslahat berishadi. Ba’zilari bizni xatto 

mas’uliyatsiz, beparvo va - e’tibor bering – professional emas deb atashadi.   

Tanqidchilar,  qanday  qilib,  kompaniya,  yuksalish,  kengash,  budjetlar, 

direktorlar kengashi majlisi, reklama kompaniyalari, sotuvchilar shtati va “haqiqiy 

hayot”  qonunlarini  chetlab  o‘tib  ham  gullab  yashnashi  mumkinligini  tushuna 

olishmaydi.  Bu  ularning  muammosi,  bizniki  emas.  Ular  mahsulotimizni,  Fortune 

500 ro‘yxatidagi kompaniyalarga sotish kerak deb aytishayapti. Lekin bu maslahat 

noto‘g‘ri. Biz esa, Fortune 5 000 000 ro‘yhatidagi kompaniyalarga sotamiz.   

Ular tasavvur qilib ko‘rishmaydiki, sizning kompaniyangiz xodimlar sakkizta 

shahar  bo‘ylab  taqsimlangan,  ikkita  kontinentda  joylashishgan  va  deyarli  hech 

qachon uchrashishmaydi. Ular aytishadiki, siz moliyaviy prognoz qilmasdan va besh 

yillik 

biznes 


reja 

tuzmasdan 

muvaffaqqiyatga 

erisha 


olmaysiz. 

Ular 


yanglishishmoqda.  

Ularning fikricha, siz Time, Business Week, Inc., Fast Company, The  

                                           

1

 Customer  relationship  management  –  билан  муносабатни  бошқариш  тизими.  Бу  ерда  ва  кейинчалик 



муҳаррирнинг изоҳи келтирилган.   


New  York  Times,  The  Financial  Times,  The  Chicago  Tribune,  The  Atlantic, 

Entrepreneur  va  Wired  kabi  yetakchi  gazeta  va  jurnallar  sahifasiga  tushish  uchun 

PR-agentligini yollashingiz kerak. Ular yanglishishmoqda.   

Ular  aytishadiki,  yirik,  mustahkam  kompaniyalar  bilan  katta  marketing  va 

reklama  budjetiga  ega  bo‘lmay  turib  bellashish  mumkin  emas.  Ular  aytiashdiki, 

raqobatchilar yaratayotgan o‘xshash mahsulotlardan kam mahsulot ishlab chiqarib 

muvaffaqqiyat  qozonish  mumkin  emas.  Ular  aytishadiki,  ishlarni  yo‘l-yo‘lakay 

to‘g‘irlab ketib bo‘lmaydi. Lekin biz aynan shunday qildik.   

Ular ko‘p narsalarni aytishmoqda. Biz esa ular nohaq ekanligini tasdiqlaymiz. 

Biz  buni  isbotladik.  Va  mana  shu  noto‘g‘ri  tushunchalarni  chetga  surib  qo‘yib, 

qanday qilib biznesni yuritishni ko‘rsatib berish uchun ushbu kitobni yozdik.   

Qani ishga kirishamiz.   




Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish