S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


 Yevropa va AQSh patent idorasi va huquqchiligi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

1.10. Yevropa va AQSh patent idorasi va huquqchiligi
1.10.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish.
118


1.10.2. Shartnomalar va bitimlar.
1.10.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish
XX asrning ikkinchi yarmida arbiy Yevropa mamla
Ғ
katlari o’rtasida iqtisodiy 
integrastiyaning kuchayishi yagona Yevropa patent tizimining tuzilishini ob’ektiv 
tarzda taqozo
 
etdi. Yagona Yevropa patent tizimini tuzish g’oyasi 1973 yil 5 
oktyabrida Myunxenda Yevropa patent konvenstiyasi deb nom olgan Yevropa 
patentini berish to’g’risidagi Konvenstiya tuzilganda amalga oshdi. Bu 
Konvenstiya RST bilan bir vaqtda 1978 yil 1 iyundan kuchga kirdi.
2001 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra Yevropa konvenstiyasining 
ishtirokchilari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Grestiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Lixtenshteyn, 
Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya, Finlyandiya, 
Franstiya, Shveystariya, Shvestiya.
Bundan tashqari, Yevropa konvenstiyasiga Albaniya, Latviya, Litva, 
Makedoniya, Ruminiya va Sloveniyaning qo’shilishi kutilmoqda.
Yevropa patent konvenstiyasi ixtiro uchun Yevropa patentini berishning 
yagona tartiblarini belgilaydi. RSTdagi kabi, Yevropa patenti uchun talabnomada 
Konvenstiya ishtirokchi davlatlarining hammasi emas, balki ba’zilari ham 
ko’rsatilishi mumkin. Berilgan Yevropa patenti unda ko’rsatilgan barcha davlatlar 
hududida milliy patent kuchiga ega.
Yevropa patent tizimining Konvenstiyaga muvofiq amal qilishi uchun 
Yevropa patent idorasi (EPI yoki ingliz abbreviaturasida ERO) tuzilgan bo’lib, u 
talabnomalarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi hamda Konvenstiya ishtirokchi 
davlatlarining nomidan Yevropa patentlarini beradi. Eslatib o’tamiz, EPI 
shuningdek RST tizimi bo’yicha Xalqaro qidiruv va Xalqaro dastlabki 
ekspertizaning organlaridan biri hisoblanadi.
Tuzilishiga ko’ra EPI to’rt bo’linmadan iborat.

EPIning Myunxen (Germaniya)dagi Bosh ofisi yoki shtab kvartirasi. 
Bu erda Yevropa patentlari uchun talabnomalarning mohiyatiga ko’ra ekspertizasi 
o’tkaziladi, patentlar ro’yxatga olinadi va beriladi, appelyastiya tartiblari ko’rib 
chiqiladi;

EPIning Gaaga (Niderlandiya)dagi Sub-ofisi yoki filiali. Bu 
bo’linmaning funkstiyalari Yevropa talabnomalarini rasmiy espertiza qilish va 
patent qidiruvini o’tkazishdan iborat. Shuningdek, Gaagada EPI uchun xodimlar 
tayyorlanadi va o’qitiladi;

Berlindagi Sub-ofis Yevropa talabnomalarini qabul qilish va ular 
bo’yicha rasmiy ekspertizalarni o’tkazish masalalari bilan shug’ullanadi;

Vena (Avstriya)dagi Sub-ofis patent axboroti masalalariga 
ixtisoslashgan. Xususan, Venada EPIning turli nashrlari optik disklarda nashr 
qilinadi, patent xujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasi tarqatiladi va ularga 
xizmat ko’rsatiladi va hokazo.
Yevropa patentini berish to’
g’
risidagi Konvenstiyaning asosiy nizomlarini 
ko’rib chiqaylik.
119


Konvenstiyaga muvofiq Yevropa patenti uchun talabnoma fuqaroligi va 
turar joyidan qat’i nazar ixtiyoriy (jismoniy yoki huquqiy) shaxs tomonidan 
berilishi mumkin.
Patent uchun talabnoma Parij Konvenstiyasiga muvofiq konvenstiya 
imtiyozini so’ragan holda berilishi mumkin. Yevropa patent konvenstiyasining 
barcha ishtirokchilari RSTning ham ishtirokchilari hisoblanishi bois, talabnoma 
beruvchilar Yevropa patentini RST tartibi orqali so’rashi, ya’ni xalqaro talabnoma 
berishda Yevropa patentini olishni ko’rsatishi mumkin.
Yevropa patentini olish tartibi uch fazani o’z ichiga oladi:
1. EPI filiallaridan biriga EPI rasmiy tillari (ingliz, franstuz yoki nemis 
tili)dan birida to’g’ri to’ldirilgan talabnomani berish. Ixtiro formulasini bayon 
etishning mavjud barcha usullaridan Yevropa Konvenstiyasi cheklovchi va 
farqlovchi qismlardan iborat bo’lgan Germaniya sxemasi deb ataladigan usulni 
tanlaganligini ta’kidlab o’tamiz. Tegishli bojlarning to’langanligi talabnomaga 
ilova qilinishi kerak.
Berilgan talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza o’tkaziladi va talabnoma 
zarur talablarni qondirsa, u bo’yicha Yevropa patent qidiruvi o’tkaziladi. Birinchi 
faza Yevropa patent talabnomasi (tavsifi, formulasi va chizmalari)ning uning 
referati va Yevropa qidiruvi to’g’risidagi hisobot bilan birgalikda nashr etilishi 
bilan yakunlanadi. Odatda, talabnomani nashr qilish talabnoma berilgan vaqtdan 
18 oy, agar imtiyoz so’ralgan bo’lsa imtiyoz davridan o’tgandan keyin amalga 
oshiriladi.
2. Talabnoma nashr qilingan sanadan keyin 6 oy davomida talabnoma 
beruvchi mohiyatiga ko’ra ekspertiza uchun bojlarni to’lashi va uning 
o’tkazilishiga talabnoma berishi kerak.
EPIga yuqorida ko’rsatilgan iltimosnomaning kelib tushganidan so’ng 
talabnoma, bo’yicha ixtironing patentga layoqatlilik mezonlariga mosligini 
ekspertizadan o’tkazish boshlanadi. Konvenstiyaga muvofiq yangililik, ixtiro 
darajasi va sanoatda qo’llashning mumkinligi bunday mezonlar hisoblanadi. 
Yevropa patentiga tavsifni nashr qilgandan so’ng EPI talabnoma beruvchiga 
ixtiro tavsifini o’z ichiga oluvchi Yevropa patent yorlig’ini beradi.
3. Uchinchi faza berilgan patentlarga uchinchi shaxslarning arz (protest)ini 
ko’rib chiqish tartiblaridan iborat bo’lib, ular patent berilganligi to’g’risidagi 
ma’lumotlar nashr qilingandan keyin 9 oy davomida berilishi mumkin. 
Bunday ko’rib chiqishning natijasi arizaning qaytarilishi, patent berish 
to’g’risidagi qarorni bekor qilish yoki talabnoma beruvchi arizasini ko’rib chiqish 
jarayonida tegishli o’zgartirishlarni kiritsa, patent berish to’g’risidagi qarorni 
o’zgartirish bo’lishi mumkin. Ariza bo’yicha qabul qilingan qaror to’g’risida 
ma’lumot e’lon qilinadi va ixtironing yangi tavsifi nashr qilinadi. Shundan so’ng 
EPI patent egasiga yangi patent yorlig’ini beradi.
Yevropa patent tizimi taraqqiyotining ijobiy tajribasi boshqa davlatlar uchun 
teng xuquqli hamkorlik va integrastiyaning foydali misoli hisoblanishini ta’kidlab 
o’tish joizdir.
AQSh patent xuquqining xususiyatlari.
AQShdagi patent xuquqi chuqur tarixiy an’analarga ega. Amalda 
120


mustaqillikning birinchi qadamlaridan (1783 yildan) AQShda samarali patent 
tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining rag’batlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 
1787 yilda qabul qilingan Konstitustiyasining o’zida "Muallif va ixtirochilarga 
tegishli adabiy asarlar va ixtirolarga mutlaq xuquqlarni cheklangan vaqt davriga 
berish bilan ilm-fan va foydali san’at taraqqiyotiga ko’maklashishga ... Kongress 
xaqlidir" deb yozilgan edi. Shunga muvofiq, AQSh Kongressiga patent qonunini 
chiqarish va qayta ko’rib chiqish vakolati berilgan.
Patent egasining mutlaq xuquqini va tekshiruv tizimini mustahkamlagan 
AQShning birinchi patent qonuni 1790 yilda qabul qilingan. Shundan so’ng 1793 
yilda bu qonun patentlarni berish tartiblarini soddalashtirib qayta ko’rib chiqilgan. 
Natijada 1836 yilda Amerika patent-huquq tizimining asosiy belgi va 
xususiyatlarini belgilatan yangi patent qonuni qabul qilindi. Shundan beri patent 
qonuni bir necha bor takomillashtirildi, lekin uning xarakterli jihatlari AQSh 
zamonaviy patent xuquqida saqlanib qoldi.
AQShning bosh patent tashkiloti Patent va tovar belgilari bo’yicha AQSh 
Idorasi hisoblanib, tuzilishi jihatidan AQSh Tijorat departamenti (savdo vazirligiga 
o’xshash) tarkibiga kiradi. Bu Idora jahonning boshqa mamlakatlaridagi patent 
idoralariga o’xshash funkstiyalarni bajaradi, xususan, talabnomalar ekspertizasini 
o’tkazadi, patentlar beradi, patent ma’lumotini nashr qiladi va hokazo. Apelyastiya 
masalalarini hal qilish uchun 1982 yil 1 oktyabrdan patent huquqi nizolari bilan 
bog’liq barcha appelyastiyalarni ko’rib chiqish bo’yicha yagona sud 
hisoblanadigan Federal apelyastiya sudi (Sourt of Arrea1s fog Federal Sircuit) 
faoliyat ko’rsatadi.
Shubhasiz, AQSh patent xuquqining muhim xususiyati unda sud prestedenti 
kabi xuquq manbaining mavjudligi hisoblanadi. Bunday prestedent kuchga kirgan 
sud qarorining asoslangan qismidan iborat bo’lib, bu shunga o’xshash ishlarni 
o’sha yoki pastki instanstiyadagi sudlarda ko’rib chiqishda me’yor bo’ladi. Bunday 
tizim boshqa ko’pchilik mamlakatlar, masalan, Yevropa, sobiq SSSR mamlakatlari 
(jumladan O’zbekiston) xuquq tizimlaridan tubdan farq qiladi. Prestedent 
xuquqining mantiqiy xayotda yuzaga keladigan barcha xuquqiy vaziyatlar 
(nizolar)ni qonunan oldindan bilish mumkin emasligini tan olishdan iborat. Faqat 
sud jarayonlarida, haqiqiy vaziyatlar asosida muammoni hal qilishning eng to’g’ri 
yo’llarini belgilash mumkinki, ular prestedent, ya’ni boshqa o’xshash vaziyatlar 
uchun me’yoriy hujjat bo’ladi.
AQSh patent xuquqining boshqa muhim jihati patentlarni talab qilishiing 
ixtiro tizimi hisoblanadi. AQSh patent qonuniga muvofiq faqat birinchi va haqiqiy 
ixtirochi patent olishga talabnoma berishi mumkin. Boshqa shaxslar, masalan, 
ixtirochining ish beruvchisi, talabnoma berish xuquqiga ega emas. Patent olishga 
talabnoma berish uchun xar bir talabnoma beruvchi o’zini patent sњrab 
olinayotgan ob’ektning xaqiqiy va birinchi ixtirochisi deb xisoblashi to’g’risida 
maxsus deklarastiyani to’ldirish kerak Bunday deklarastiya notarius yoki boshqa 
vakolatli shaxs ishtirokida ro’yxatga olinadigan maxsus qasamyod bilan 
almashtirilishi mumkin. AQShda deklarastiya yoki qasamyodda yolg’on 
ma’lumotlar berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Odatda, yolg’onning 
aniqlanishi patent berishda avtomatik tarzda rad javobiga, qasddan yolg’on 
121


ma’lumot berish holatlari esa pul jarimalari to’lanishiga yoki 5 yil muxlatgacha 
qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda AQShda patentning uch turi beriladi: ixtiro uchun patent 
(utility patent) sanoat namunasi uchun patent (design patent) va seleksiya yutug’i 
uchun patent (plant ratent). 
AQSh patent xuquqining ajralib turadigan jihati shundan iboratki, ixtiro 
uchun patentning amal qilish muddati imtiyoz sanasidan emas,

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish