Tayanch so’zlar:
Tovar, sifat, talab, taklif, korxona, ishlab chiqarish axborot, infrastruktura,
assortiment, texnika, texnologiya, iste’molchi, samaradorliq unifikasiya,
avtomatizasiya.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari nima sababdan boshqariladi?
2.
Sifat ko’rsatkichlarini boshqarishda normativ texnik hujjatlarni ahamiyati?
3.
Sifat ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi asosiy ko’rsatkichlari?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. -
56 b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish
- davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning
171
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.:
O’zbekiston, 2009. - 24 b.
4. Radkevich Ya.M., Shirtladze A.G., Laktionov B.I. Metrologiya,
standartizastiya i sertifikatsiya. M,2006 .
5. Karimov I. A. “Xizmatlarni sertifikatlashtirish muammolari”
O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi T, 1998.
6. "Standarti 1SO 9000, sistema menejmenta kachestva".
172
2.3. Sertifikatsiyalashda mahsulotlarni sifatini boshqarish bo’yicha Yevropa
tashkiloti va uning vazifalari
2.3.1. Mahsulotlarni sertifikatlash bo’yicha Yevropa tashkilotining maqsadi va
vazifalari.
2.3.2. Yevropa tashkilotlarida tovarlarni sifatini tahlil qilish.
2.3.1. Mahsulotlarni sertifikatlash bo’yicha Yevropa tashkilotining maqsadi va
vazifalari
Tovarlarni sifatini nazorat qilish Yevropa tashkiloti (EDKK) o’zining
birinchi konferensiyada (1957 y.) o’z nizomini tasdiqladi. EDKK ning har yili
konferensiya o’tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha
tajriba almashinish sifatning nazariy va amaliy masalalarini hal qilish bu sohadagi
so’ngi yutuqlarni targ’ibot qilish sifatning aktual muammolari bo’yicha fikr
almashish yangi muammolarni izlab topish va ko’pgina boshqa sifatga taaluqli
masalalarni ko’rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi doirasida
umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan EDKKning rahbariy hujjatlari
qaytadan ko’rib chiqildi.
Sifat bo’yicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo’luvchi
hujjatlari EDKKning nizomi ish tartibi qoidalari, qo’mita va seksiyalari uchun
qoidalar hamda besh yilga mo’ljallangan asosiy masalalar bo’yicha yo’nalish
rejalari mavjuddir. EDK tarkibida 26-ta to’liq huquqli a’zolari hamda 37-ta alohida
muhbir a’zolari va 10-ta fahriy a’zolarga ega. Qardosh tashkilotlarning 11-tasi
bilan o’z bitimlarga egadir.
EDK maxsus bitimlari asosida sifat bo’yicha Argentina, Braziliya, Izrail,
Kolumbiya, JAR, Yangi Zelandiya, AKSh Chili, Janubiy Koreya va
Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo’stlik
aloqalari o’rnatilgan. EDKning Oliy lavozimi, uning prezidenti bo’lib, u har ikki
yil muddati saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - Kengash Ijroiya qo’mitasi va
Sekretariatdir.
EDKning ish yuritish rasmiy tillari-ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot
o’zining ilmiy-texnikaviy jurnali Kvalitiga ega bo’lib, u yiliga 4 marta shop etiladi.
Hozirgi vaqtda EDKning 12-ta texnikaviy qo’mitalari mavjud bo’lib, ular
ishonchlilik statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo’yicha
standartlashtirish sifatni boshqarish kadrlar tayyorlash funksional-baholashni tahlil
qilish sifat sohasida siyosat olib borish sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining
nazoroti, EHMning metrologiq matematik ta’minlashda sifat tugaraklari, mahsulot
sifatini metrologik ta’minoti bilan shugullanadi. Undan tashqari 7-ta turli
seksiyalari mavjudir: avtomobil, energetika, qurilish oziq-ovqat farmasevtikasi
borasida sifat masalalari bo’yicha maslahatlar ko’rsatiladi.
Sifat muammosi va uni nazorati juda keng ma’noda bo’lib, u xo’jalik
faoliyatining hamma sohalarini o’z ichiga oladi. Yuqori sifat deganda mehnatni va
moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini ko’paytirish pirovard natijada esa
173
jamiyat ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushunamiz. Shu boisdan
ham boshqarish butun mehanizmi, moddiy rag’batlantirishning butun sistemasi
injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlari ishchilarning mahorati mahsulot
sifatini oshirishga qaratish zarur.
Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay
yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatmokda. Mahsulot sifatini
muammosini hal etish yana shuning uchun murakkabki, u kompleks, ya’ni bir
vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy ham sostial muammodir.
Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha
bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorliq texnologik ish olib borish
jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet-elda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va
metodlari to’g’risida gapirishdan oldin mahsulot sifati va mehnat sifati
tushunchalarini ko’rib chiqaylik. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati
jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarini
yaratishning uzluksiz jarayonidan iboratdir. Ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun
mo’ljallangan xalq xojaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida
qaraladigan barcha moddiy boyliklar va mahsuloti deb ataladi.
Mahsulot tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib, ham buyum ham mahsulotni
o’z ichiga oladi. Sifat masalasi xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab
olgan. Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport
imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq
yanada to’laroq qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma xil iqtisodiy va
sostial vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal
o’stirishdan, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligining keskin
oshirishdan boshqa yo’l yo’q. Samaradorlik va sifatni oshirish faqat texnikaviy va
sostial vazifa bo’lib qolmasdan, balki ideologik vazifa hamdir. Shuning uchun har
bir xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq
farovonligini oshirish uchun, shunchalik ko’p imkoniyatlar yuzaga keladi.
2.3.2. Yevropa tashkilotlarida tovarlarni sifatini tahlil qilish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tovarni bozordagi talabi va taklifiga
binoan unga baho beriladi. Bozor talabiga javob bermasa, bu tovarlarni xalq
xo’jaligida ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun hamma tovarlar standart talabiga
javob berishi kerak. Shundan keyin ular ma’lum iste’mol qiymatiga ega bo’ladilar.
Tovar iste’mol qiymatiga ega bulmasa, nostandart, yaroqsiz mahsulot bo’ladi.
GOST 15 467-79 ( mahsulotni sifat ko’rsatkichini boshqarish) asosiy terminlar va
ularni mohiyati shu standart ko’rsatkichida. Har qanday mahsulot ma’lum iste’mol
qiymatiga ega bo’ladi. Standart talablariga ko’ra navi, turi va boshqa biologik
xususiyatiga qarab faqat iste’moliga mo’ljallangan qismiga standart talablar
qo’yilib asosiy turlarga guruhlanib, bu asosiy talablarni chegaralanishi bu
tovarlarni o’stiriladigan region, iqlim sharoitiga bog’liqligi ko’zda tutilgan bo’ladi.
Bu ko’rsatkichlarni differsnsasiya uchun Standart ko’rsatkichlariga loiq bo’lgan
174
har qanday mahsulot uni ishlab chiqarishga ularni sifatiga iste’mol
ko’rsatkichlarini mahsulot qiymatiga qarab quyidagi guruhlarga bulinadi:
ishlab chiqarish tovarlar standart talabga to’lik javob beradi. Bu
mahsulotlarni iste’mol ko’rsatmalari yuqori baholanadi;
ishlab chiqarilgan tovarlar ba’zi bir ko’rsatkichlar bilan standart talablarga
javob bermaydi. Ularni ishlab chiqaruvchilar kamchiliklarini to’g’rilash
imkoniyatiga ega bo’lsa, sifat ko’rsatkichlar tekshirilib, bu tovarlarni
iste’mol qilsa bo’ladigan bo’lsa, sotishga ruhsat beriladi;
mutlaqo standart talablariga javob bermaydi va bu tovarlar iste’molga
yaramaydi.
Texnikaviy qo’mitalari va tarmoq sekstiyalari EDK to’liq huquqli vakillaridan
tashkil topadi. Ular o’z navbatida EDKning a’zo mamlakatlarining milliy
tajribalarga suyanadi va xalqaro miqiyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan
tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi.
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni
akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur
sinovlari o’tkazishga huquq berishdan iborat. Akkreditlangan sinovlar tushunchasi
mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan bog’langandir. ILAK birinchi marta
1977 yili Kopengagenda chiqarilgan. ILAKning yaratilishidan ko’zda tutilgan
maqsad-sinov labarotoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o’zaro tan olish
bilan amaldagi xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinish natijalarini
va boshqa mahsulot sifat haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980yilda chaqirilgan ILAKning konferensiyasi milliy tizimlarining o’zaro tan
olish bo’yicha amaldagi ikkita va ko’p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza
tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo’ldi:
1.
Laborotoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat
bayonnomalarini o’zaro tan olish bitimi;
2.
Sinov laborotoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o’zaro tan olish
bitimi.
Shu masalalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning natijalariga ko’ra
shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi. Laborotoriyalarning akkreditlash
masalalari hozirgi kunda aktual bo’lib, ular bilan bog’liq bo’lgan materiallar
sistemasi ravishda chop etilishi zaruriyati tug’ildi.
Tovarlarga bir necha raqamdan iborat bo’lgan hamma tovarlarga 10 raqamli
kodlar berilgan. Tovarlarning turkumlash tartibiga asosan kodlash bir necha
bosqichdan iborat:
1-bosqich. 2-ta raqamdan, qolganlari bittadan raqamdan ifodalanadi.
Kodlashning dastlabki 5-ta bosqichi turkumlash qismi, qolgan qismi assartimenti
deyiladi. Tovarning barcha sifat shartlari qismini o’z ichiga qamrab olgan kodlar-
elemeltlar mamlakatlar yordamida qanday xususiyatni ega ekanligi, iste’molga
etkazib berish tezligi, sotuvda qay paytda imkoniyat yaratilgan erdan beradi. Bu
ma’lumotlar sanoatga shartnomalar ilmiy ravishda tuzishga sharoit yaratib beradi.
Buning yordamida tovarlarni sotish tezligini o’rganish uchun ularning
175
yiriklariga quyidagi raqamlar koddagi raqamlar quyidagi keltirilgan hollarda
sertifikat bekor qilinishi mumkin:
agar mahsulot (buyum, mol)ning tarkibiga yoki uni ishlab chiqarish
texnologiyasiga o’zgartirishlar kiritilsa, bu esa o’z navbatida,
sertifikatlashtirish bo’yicha qilinayotgan tekshiruvda uning tavsiflariga
o’zgarishlar olib kelsa hamda shu mahsulot namunalarining sinovlari
qo’shimcha bayonnomadagi standart talablariga mosligi tasdiqlanmasa
ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi va korxona tayyorlovchi
mahsulotning sifati pasaysa yoki material bilan ta’minlovchi tomonidan
komplektlash detallari, yig’im qismiga tegishli standartlar talablarini
buzilishiga olib kelsa;
Sertifikatlashtirish natijalari, tizim idorasi tomonidan sertifikatlashtirish
ishlari to’g’risidagi ma’lumotlarni har doim shop etilishi lozim.
Bu ma’lumotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
sertifikatlashtirilgan mahsulot ro’yxati;
akkreditlangan sinov tashkilotlarining ro’yxati attestatlangan korxonalardagi
sertifikatlashtirilgan mahsulot ro’yxati;
sertifikatlashtirish hujjatlarining ro’yxati.
Bu ro’yhatlarni sertifikatlashtirish milliy idorasi bo’yicha qilinadigan ishlarda
qatnashuvchi vazirliklarga yuboriladi. Sertifikatlashtirishda qatnashuvchi hamda
idoralar, tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlarni ko’z oldimizga keltirish
uchun tarafidan sertifikatlashtirish tizimini umumlashgan tashkiliy tuzilish
keltirilgan. Har bir sertifikatlashtirish tizimi o’zining sertifikatlashtirish idorasiga
ega bo’lib, u hamma tashkiliy va rahbariy vazifalarini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |