Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 40,78 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi40,78 Kb.
#247754
  1   2   3
Bog'liq
kusr ishi 03


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Hozirgi o‘zbek tili”

fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Hozirgi o‘zbek orfoepiyasi haqida

Bajaruvchi: Sarimsoqov I.

3-kurs 03 -guruh talabasi



Ilmiy rahbar: dots. A. G‘afforov

Kurs ishi o‘zbek tilshunosligi kafedrasining -yil _______dagi - son yig‘ilishida himoyaga tavsiya etildi. (ro‘yxat raqami № )

Kurs ishiga reyting bali qo‘yildi.

Komissiya raisi __________________

Komissiya a’zolari: __________________

__________________

Samarqand – 2021



Mavzu: Hozirgi o`zbek orfoepiyasi haqida.

REJA:

  1. O`zbek adabiy talaffuzining tarixiy asoslari. Eski talaffuz normalarining o`zgarishi va yangilarining vujudga kelishi.

  2. Hozirgi o`zbek adabiy talaffuzi haqida tushuncha.

  3. Grafika va orfografiyaning adabiy talaffuzga ta`siri. Boshqa tillardan so`zlar o`zlashtirish va adabiy talaffuzda paydo bo`ladigan o`zgarishlar.



Kirish

,,Davlat tili masalasi milliy g’oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo’lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta`limning barcha bosqichlarida o`zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o`rgatishga alohida e`tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o`zbek tilida ravon o`qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo`lib yetishsinʻʻ.

(Shavkat Mırzıyoyev)

Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning tashabbuslari bilan so`ngi yıllarda mamlakatimiz hukumati tomonidan davlat tili sifatida o`zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan juda ko`plab anchayin ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 21.10.2019-yildagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Unda Davlat tilini rivojlantirish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida ham soʻz borgan. Ayni shu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

• davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

• davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

• oʻzbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

• davlat tilini rivojlantirish boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish;

• davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

• ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

• davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Bundan tashqari hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Atamalar komissiyasi tashkil etildi. (Hukumat qarori 40-son, 29.01.2020-y.).

Qaror bilan Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, Atamalar komissiyasi ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritadi, qonun hujjatlari loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlaydi. Qaror bilan Atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizom hamda Atamalar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.Komissiya faoliyati Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.

O`zbek tilining orfoepiyasi haqida gap ketganda o`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, shevalari, adabiy tili asoslangan shevalari, til taraqqiyoti, kelajagi, unga chet tillarning ta`siri kabilarni e`tiborga olishga to`g`ri keladi. O`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti tillar taraqqiyoti qonuniyati qanday kechishi kerak bo`lsa, shunday bo`lgan, ya’ni o’zbek xalqi qaysi xalqlar bilan aloqa qilgan bo’lsa, shu xalq tili o’zbek tiliga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Masalan, eroniy xalqlar bilan o’zbeklar yonma-yon, yo aralash yashadi, ayrim guruhlarini o’zlashtirib ham yubordi, shu tufayli o’zbek tiliga olam jahon so’zlar kirib keldi. Uyg’onish davri va o’rta asrladan arab tili sharq uchun lotin tili vazifasini o’tadi. Shu va din ta’sirida arab so’zlari ham o’zlashtirildi. XX asr boshlarida rus tili ta’siriga berilish kuchaydi. O’zbeklar shu asosda so’z o’zlashtirib, o’z tilini boyitar ekan, o’zlashtirilgan so’zlarni o’z tili qonun qoidalari asosida qayta shakllantirdilar. Jonli tilning boshqa tillar ta’siridagi taraqqiy etish qonuniyati shunday kechadi. Adabiy til, albatta, ma’lum jonli tilning ayni o’zi emas. U ma’lum tilning ma’lum dialekt, shevalari asosida, uning sayqallangan tomonlarini terib olib yaratiladigan sun’iy tildir.

O’zbek tilidagi mavjud qoidalariga ko’ra o’zlashgan so’zlar aslida qanday bo’lsa, shunday olinadi va shunday talaffuz etiladi. Lekin ayrim o’rinlarda o’zlashtiriladigan so’zlar o’zbek tilidagi talaffuz imkoniyatlariga moslashtiriladi. Orfoepik qoidani o’zbek tilida belgilash uchun mana shu holat hisiobga olinadi. O’zbek adabiy tili asosan qarluq dialektining shevalariga asoslangan. Uning morfologiyasi asosan Farg’ona - Marg’ilon shevalariga asoslangani uchun, so’z shakli o’sha shevadagi so’z shakllariga mos keladi. Fonetika va leksika deyarli Toshkent shevasiga suyanadi. Adabiy til uchun asos bo’lgan qarluq dialektining Farg’ona, Marg’ilon, Toshkent shevalarining o’zida ham tovushlar, ayniqsa, unlilar, miqdoriga ko’ra ayrim tafovutlarga ega. Milliy madaniyatning taraqqiyoti natijasida yangi adabiy talaffuz normalari tashkil topa boshladi. Bunda o’zbek xalqining ijtimoiy hayotida keying vaqtlarda yuz bergan o’zgarishlar muhim rol o’ynadi. Keng mehnatkashlar ommasi orasidan yetishib chiqqan yangi intelligensiya tabaqasi yangi sharoitning talablariga muvofiq ravishda adabiy talaffuzga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Natijada o’rta asr orfoepiya qoidalari eskirib, ba’zilari iste’moldan chiqib, ular o’rniga turlicha variantlarda yangi talaffuz normalari maydonga keldi.

Bizning zamonamizda fan va texnika, san’at va adabiyot, milliy madaniyat va milliy til juda tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda og’zaki va yozma nutq g’oyat yuksak darajaga erishdi. Milliy madaniyatning kelajakdagi ravnaqi milliy tilning, nutq madaniyatining taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Agar milliy til yetarli darajada yuksalmagan bo’lsa, shu milliy tilda o’z ifodasini topadigan miliy madaniyatning, fan va texnikaning, san’at va adabiyotning, shuningdek boshqa sohalarning taraqqiy etishi ham mushkul. Adabiy til oldiga qo’yiladigan yuksak talablar mana shundan kelib chiqadi. Kishilar o’zaro bir – birining fikr va tushunchalarini to’gri, aniq va oson anglashlari uchun hozirgi milliy adabiy tilda – yozma nutqda umumiylashtirilgan, hamma uchun majburiy bo’lgan yagona orfografiya tizimi, uning qonun - qoidalari, normalari qanchalik zarur va naqadar ahamiyatli bo’lsa, nutq madaniyatning rivojlanishi jarayonida u qanday muhim o’rin tutsa, nutq mazmunini og’zaki nutqda to’g’ri, aniq va ravon anglatish, ravshan, oson va bexato ifodalashda milliy adabiy tilda so`zlashuvchilar uchun yagona talaffuz tizimi va uning umumlashtirilgan qonun-qoidalari, umumiy va majburiy normalari ham xuddi shunday g`oyat katta ahamiyatga ega va zarurdir.

So`z va uning qismlarini adabiy talaffuz normalariga ko`ra bir xilda aytish ayniqsa hozirgi vaqtda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnikaning keying taraqqiyoti natijasida radio, televidenieda gapirish imkoniyatlarining oshganligi, konferensiya, sessiya va shular kabi yig`ilishlarda og`zaki nutqdan foydalanish doirasining kengayganligi nutq madaniyati oldiga qo`yiladigan talabni beqiyos yuksaltirdi. Bunday sharoitda so`z va iboralarni adabiy til normalari va qoidalariga mos ravishda to`g`ri talaffuz qilish tinglovchilarga notiqning so`zini to`g`ri anglash va fikrini osongina tushunish uchun katta yordam beradi. Shu sababli talaffuz qoidalari va qonunlarini bilish, unga amal qilish har bir savodxon kishi uchun mutlaqo zarurdir. Hozirgi adabiy talaffuz normalarining asoslari nimalardan iborat va ular qaysi yo`sinda vujudga kelgan, degan so`roqlarga aniq javob berish qiyin. Chunki bu masala hozirga qadar chuqur o`rganilmagan va tekshirilmagan. Lekin shu narsa ravshanki, so`z formalari va so`z birikmalarini gaplar va iboralarni borga sayin bir xilda talaffuz qilish rivojlanga sari tor mahalliy dialekt yoki ayrim shevalar talaffuzi adbiy til normalari tazyiqi ostida tobora chegaralanmoqda. Radio , televidenie, teatr, kino, kitob va gazeta, maktab, umuman madaniy- ma`orif organlari bu harakatning borgan sari rivojlanishiga, kuchayishiga yordam qilmoqda. Xususan, yozma nutq negizida o`zbek tilida nashr qilingan minglab, millionlab darsliklar ilmiy-siyosiy va badiiy-adabiy asarlar vositasida birlashgan adabiy talaffuz normalari keng tarqalmoqda. Murakkab va xilma-xil orfoepik qoidalarning borgan sayin soddalashuvi hamda talaffuz bilan orfografiyaning bir-biriga yaqinlashuvi hozirgi o`zbek adabiy tili orfoepik normalarning shakllanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi va bu jarayonni tezlatib yubordi.

Hozirgi o`zbek adabiy tilining orfoepik normalari, mavjud mahalliy dialektlarni yakka-yakka olganda, ularning birortasiga ham to`la ravishda mos kelmaydi. O`zbek dialektlarining xarakterli belgilarini adabiy tilga taqqoslash buni ochiq ko`rsatib beradi.

Janubiy Xorazm dialektida to`qqiz unli fonema bor, bunga qo`shimcha ravishda har bir unli uzun aytilish xususiyatiga ega, ayrim so`zlarda so`z boshida k, t kabi jarangsiz undosh jarangli g, d tarzida talaffuz qilinadi. Bu dialektda – jak, -ajak va -yotir singari morfemalar keng miqyosda qo`llanadi. Bu belgilar Janubiy Xorazm shevasida gapiruvchilar nutqining hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farqini ko`rsatadi. Qipchoq guruhi o`zbek dialekti yoki ,,jo`q” deb gapiruvchi shevalar ham unlilar tizimi to`qqizta, lekin bu unlilar bir-biri bilan ohangdosh, ya`ni e unlisidan boshqa unli tovushlar qattiqlik-yumshoqligiga ko`ra juft-juft ishlatiladi va so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu dialektda yo`l, yo`q, yuz, yuk, yoz, yosh, yaxshi, yomon singari so`zlar boshida adabiy tildagi y undoshi o`rnida j aytiladi: jo`l, jo`q, juz, juk, joz, josh, jaxshi, jomon kabi; tog`, bog`, sog`, og`ir, ag`dardi singari so`zlarda g` undoshi o`rnida v talaffuz qilinadi: tov, bov, sov, ovir, ovdardi kabi; sarig`, tarig` so`zlari oxiridagi g` undoshi aytilmaydi: sari, tari kabi. Shu xil belgilari bilan o`zbek-qipchoq dialektida so`zlovchilar talaffuzi hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farq qiladi. Adabiy til uchun tayanch dialekt deb hisoblangan o`rta-o`zbek dialekti va bu dialektga kiritilgan shevalar ham o`zlariga xos ba`zi bir xususiyatlari bilan hozirgi orfoepiya normalariga to`la ravishda mos kelmaydi. Toshkent shevasida so`z oxirida a unlisidan keyin keladigan k undoshi y shaklida: o`rday (o`rdak), teray (terak), kuray (kurak) kabi aytiladi. Shuningdek, Toshkent shevasida –miz formasi –vuz yoki –vuza; -yapti formasi –votti shaklida aytiladi: boravuz (a) (boramiz), ko`ravuz (a) (ko`ramiz), ovotti (olyapti), qovotti (qolyapti), kevotti (kelyapti) kabilar.

Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib, grekcha orfos – «to‘g‘ri», epos – «nutq» degan ma’nolarni anglatadi. Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi. Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi.

Yozilishi talaffuz

Kitob kitop

Oftob oftop



Download 40,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish