Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Tarbiya ijtimoiy , instut sifatida



Download 49,9 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi49,9 Kb.
#211726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

Tarbiya ijtimoiy , instut sifatida

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy institutlarning bir bugun tizimi mavjud. Ijtimoiy institut jamiyat a’zolarining ijtimoiy resurslardan foydalanishi jarayonida vujudga kelgan, u yoki bu ehtiyojlarini (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy va boshqa) qondirish uchun birgalikdagi faoliyatlariningtarixan shakllangan turg’un shaklidir. Tarbiya ijtimbiy institut sifatida, jamiyat a’zolarining ijtimoiylashuvini amalga oshirishni nisbatan nazorat kdlish, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarini targib kdlish, ijtimoiy e)dgiyojlarni qondirish uchun sharoit yaratish, umuman olganda, jamiyatning faol a’zolarini etishtirish uchun yuzaga kelgan. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida muayyan jamiyatning rivojlanish bosqichida paydo bo’ladigan fenomen hisoblanadi. Har bir jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan bosqichlarda quyidagilarning sodir bulishi kuzatiladi: — tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va o’zaro munosabati o’zgarmay qoladi; — tarbiya jamiyatdagi katta avloddan yosh avlodga qarab yo’naladi va borgan sari ko’proqyosh gurullarini qamrab oladi;

— ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari ajraladi: ta’lim olish, keyinchalik esa ma’lumotli bo’lish;

— korrektsion tarbiya paydo buladi;

— totalitar, siyosiy va jinoyatga moyil jamiyatlarda g’ayri- ijtimoiy tarbiya amalga oshiriladi;

— tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi;

— tarbiyaning ahamiyati ortib, u jamiyat va davlatning alohida funktsiyasi bo’lib qoladi hamda ijtimoiy institutga aylanadi.

Tarbiya ijtimoiy institut sifatida uz tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy, ijtimoiy, korrektsion tarbiya majmuasi; ijtimoiy rollar yigindisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, din arboblari, mintaqaviy, xududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar etakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanktsiyalar yig’indisi; tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega bulib, uning eng umumiy vazifalari quyidagilardir: — jamiyat a’zolarida bir maqsad sari qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va ular tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bulgan bir qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;

— jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bulgan kadrlarni tayyorlash;

— ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatni avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash;

— o’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini moslashishini ta’minlash;

— jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, kasbiy, etnokonfessial guruxdar manfaatlarining uygunlashuvini ta’minlash.

Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlarga bog’liq asosiy faoliyati zamonaviy tarbiya tamoyillari asosida quriladi. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari tarbiyani amalga

oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning shakl metod va vositalari amalga oshiriladi.

Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati haqidagi g’oya chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning asarlarida uz ifodasini topgan bulib. XVIII asrdan boshlab u turli davlat pedagoglarining tadqiqot ob’ektiga aylangan. Bu g’oya XVIII aerda frantsuz mutafakkiri Jan Jak Russo va rus pedagogi J1. Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX aerda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida ham uz aksini topgan. Ijtimoiy pedagogika nuqgai nazaridan insonparvarlashuv tamoyili pedagogningo’ztarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish jarayonida, mas’uliyatli va mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo’lishini ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:

— tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo’lmish inson qay darajada g’ayri ijtimoiy qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishini anig’utydi;

— tarbiya inson o’zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, uz sub’ektivligining namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;

— tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi;

— tarbiya insonni turli yosh bosqichlarida turli xavflar bilan to’qnash kelishiga yo’l quymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va uz-uzini tartibga solishni rivojlantirish ga, uning tashqi olam bilan munosabatlari ni shakllanishiga, g’urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlar tashuvchisi insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Yanada kengroqma’noda, insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishiga hamda ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda insonlarning

birlashishiga yordam beradi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi qaqidagi g’oya antik davrlarda paydo bulgan va bizgacha Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali etib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi tamoyilni

XVII aerda Yan Amos Komenskiy ta’riflagan va u XVIII — XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX aerda tabiat va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uygunligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V. I. Vernadskiy tomonidan noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi Xam muhim rol o’ynadi. Noosfera — rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bulishi vaXal etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning o’zaro aloqasini ilmiy tushunishni, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning umumiy konunlariga mos kelishini, insonning yoshi va jinsini hisobga olgan Xolda tarbiyalashni, shuningdek, uni uz rivojlanishiga o’zini javobgar etib tarbiyalashni va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini shakllantirish uchun mas’ul ekanligini nazarda tutadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga ko’ra, inson:

— o’zini borliqning bir bo’lagi, deb his qilishini;

— ro’y berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global muammolarni tushunishini;

— o’zida noosfera uchun mas’uliyatni his qilishini;

— o’zini noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishi hamda tabiat, planeta va biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko’zda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili. Tarbiya madaniylashuvining zaruriyati g’oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIII asr), frantsuz mutafakkiri KLod Gelvetsiy (XVIII asr) va shvetsariyalik pedagog Iogann Pestalotstsi asarlarida o’z aksini topgan. XIX aerda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra, tarbiyaning madaniyatga muvofikG’tik tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlar asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning kddriyatlariga va me’yorlarga mos ravishda bunyod etilishini nazarda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o’z oldiga bolalar va o’smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli yo’nalishlari, ularning uziga xos xususiyatlarini o’rgatishni maqsad qilib quyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo’nalishlari nazarda tutiladi. Tarbiyaning madaniylashuv tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy tavsifdagi madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farklanishi sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bizning davlatimizda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda esa turli ijtimoiy-kasbiy guruxdar orasida farmar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o’rtasidagi muvozanatni sakrash tarbiya samaradorligining asosiy shartlaridan biridir. Tarbiyaning variativligi tamoyili. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan

belgilanadi. Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek, mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, shaxsiy, yosh, differentsial va individual yondashuvlar asosida ma’naviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’riflash imkoniyati va zarurati XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli vujudga keldi (A. G. Asmolov). Bu o’zgarishlarni insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning yosh va

ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda, individual maqsadlarini tan olishi, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratilishi kabilar bilan izoXlash mumkin. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarur:

— turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik qatlamlarning ijtimoiy-kasbiy talablarini, hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini

qondirish uchun turli xildagi tarbiya muassasalarini tashkil etish;

— ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va hududiy tizimlarini tashkil etish;

— mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish;

— inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari,

Xayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish.

Ijgimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillar ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari)

bilan o’zaro munosabatlarida ro’y beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan, jamoalarda amalga oshirilsa, boshqa tomondan, bolalar va o’smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv zarurat sifatida

kiritib boradi. Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi goya juda qadimda paydo bulgan. Uning nazariy asoslari XIX asrdan boshlab, pedagogik nuqtai nazardan, jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi, jamoaviylik tamoyilini ijtimoiy tarbiyaning etakchi tashkiliy asosi, deb hisoblashga zamin yaratadi.

Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga kura ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga Xayot tajribasi, umuman olganda esa, jamiyatga ko’nikishtajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator pedagoglarining asarlarida o’ziga xos rivojlanishga erishdi. So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun nihoyatda muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy

rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (akliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi.

Bular:

— dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;



— ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar;

— tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bulgan qadriyatlar.

Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir xil emasligi,

ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izoutnadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik tavsifidan kelib chiqadi.

Tarbiyaning davomiyligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat, deb biladi. Bu tamoyilga kura, Xar bir bola yoki o’smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo davomiy va tugallanmaydigan jiXatlar mavjud buladi. Chunki bolalar dunyo va uzi bilan o’zaro munosabatda bo’la turib, doimo o’zlarining innovatik xususiyatlarini saqlab qolishadi (Masalan, J1. Tolstoy o’z hayoti davomida unda beshta inson o’zgargan, deb hisoblaydi). Tarbiyaning davomiyligi tamoyiliga kura uni shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson "qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lsin. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olinishi va ularning ta’minlanishini ijtimoiy pedagogik faoliyatda

ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri, deb hisoblash mumkin.





Download 49,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish