Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot kafedrasi


Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi toʼgʼrisida



Download 300,34 Kb.
bet3/10
Sana25.05.2023
Hajmi300,34 Kb.
#943865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot

2. Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi toʼgʼrisida
Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhining (bundan keyin “guruh” deb yuritiladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, masʼuliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Guruh shahar hokimligining tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, bevosita shahar hokimiga boʼysunadi hamda viloyat Tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2. Guruh oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlari, shahar hokimining qaror va farmoyishlari, Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi boshqaruv apparati nizomi asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qaror, farmoyish va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini oʼrganish;
- shahar hokimligi tarkibiy boʼlinmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantirgan holda uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
- belgilangan muddatlarda shahar hokimligi tarkibiy boʼlinmalari, hududiy boshqaruv organlari rahbar va xodimlaridan nazoratdagi hujjatlar, qaror, farmoyish, yigʼilish bayonlari, chora-tadbirlar, nazorat rejalari va boshqa topshiriqlarning ijrosi toʼgʼrisida maʼlumot olish;
- shahar hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy boʼlinmalaridaOʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi qaror, farmoyishlari va boshqa hujjatlarhamda ularning ijrosi yuzasidan qabul qilingan shahar hokimining hujjatlari bajarilishini taʼminlash chorasini koʼrish;
- boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʼbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʼllash toʼgʼrisidagi takliflarni hokimning koʼrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;
- tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʼyish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, koʼrib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama oʼrganishni va ular boʼyicha ishonchli materiallar tayyorlanishini taʼminlash;
- kelgusida hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga koʼtarish, hududlarda kadrlarga boʼlgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich moʼljallangan lavozimlarga tayyorlab borish uchun mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish;
- hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish;
- boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlari yigʼmajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish;
- zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;
- shahar hokimining oʼrinbosarlari bilan birgalikda oʼzlari rahbarlik qiladigan komplekslari (kotibiyatlar) xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʼyicha takliflar tayyorlash, tashkiliy-kadrlar masalalari boʼyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- hududiy boshqaruv organlari boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni taʼminlash;
- rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) jarayonlarini oʼrganib borish va bu borada takliflar kiritish, taʼlim muassasalari va oʼquv yurtlari bilan kadrlarga boʼlgan ehtiyojni qondirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish;
- hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh isteʼdodli, mustaqillik gʼoyalariga sodiq boʼlgan vatanparvar, fidoyi kadrlarni tanlash va ular toʼgʼrisida rahbariyatga axborot va takliflar berib borish;
- davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy boʼlinmalari, hududiy boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlarining takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda oʼrganib chiqib, shahar hokimiga kiritish;
- shahar hokimining oʼrinbosarlari, hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga nomzodlarni tanlash, oʼrganish va shahar hokimiga takliflar kiritish;
- ushbu Аkademiyani bitiruvchilari hamda oliy oʼquv yurtlarini bitirganlarni keyingi ish faoliyati toʼgʼrisida monitoring ishlarini olib borish;
- tashkiliy-kadrlar masalalari boʼyicha hokim rahbarligida oʼtkaziladigan yigʼilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini koʼrish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarini, Oʼzbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha tegishli saylov komissiyalariga yordam koʼrsatish; xalq deputatlari shahar Kengashi, uning komissiyalari va boshqa ishchi organlarining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash, deputatlarga ularning oʼz vakolatlarini amalga oshirishda koʼmaklashish; fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va oʼtkazishda hududiy davlat organlariga koʼmaklashish;mahalliy davlat hokimiyati organlariga saylovlar toʼgʼrisidagi qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida takliflar tayyorlash, barcha turdagi saylov komissiyalarining mustaqil va oshkora ishlashlari uchun sharoitlar yaratib berishga koʼmaklashish;
Xalq deputatlari viloyat Kengashi, viloyat hokimligi apparati bilan oʼzaro hamkorlik qilish; zaruratga qarab shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy boʼlinmalari, hududiy boshqaruv organlarining masʼul mutaxassislarini shahar hokimligida koʼrib chiqiladigan masalalarni tayyorlash ishlariga jalb qilish; guruh vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan shahar hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy boʼlinmalari, hududiy boshqaruv organlari rahbar va xodimlari apparati xodimlarini taklif etish va ularning takliflarini koʼrib chiqish.
Guruh toʼgʼrisidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish