Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Download 0,79 Mb.
bet17/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

Investisiya siyosati
Chet el investisiyalarining asosiy maqsadi ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirib olish, nisbatan arzon xom-ashyo va ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi.
Xorijiy investisiya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ayrim mamlakatlarning xalqaro bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish va sotuv kanallarini tanlash bilan bog’liq marketing tadqiqotlarini o’tkazish lozim. Bunda firma mahsulotni chet elga eksport qilishi yoki u erda ishlab chiqarish korxonasining turiga qarab turli xil strategiyalar mavjud bo’lishi mumkin. Eksportchining vazifasi chet elda yangi bozorlarni egallash hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish va olinadigan foyda miqdorini oshirish bilan bog’liq.
Xalqaro investisiyalashning afzalligi shundan iboratki, unga bojxona bojlari solinmaydi; turli mamlakatlarda arzon xom-ashyo va ishchi kuchi qo’llanishi esa ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga sabab bo’ladi, tovarning raqobatbardoshligi ortadi va uni yangi bozorlarga kiritish ishlari faollashadi.
Evropa Hamjamiyati mamlakatlari xalqaro bozorda o’ziga xos investisiya siyosatini amalga oshiradilar. Masalan, TACIS dasturi o’z ichiga quyidagi loyihalarni kiritadi:

  • energetik markazni yaratish,

  • mintaqalararo sertifikatsiya markaziga ko’maklashish,

  • fermer xo’jaligini boshqarish modelini ishlab chiqish va hokazolar.

Xorijiy investisiyalar jahonning ko’plab mamlaktlarida keng rivojlangan. O’zbekiston bir qancha mamlakatlar bilan investisiyalarni rag’batlantirish va himoyalash bo’yicha bir qator kelishuvlar imzolagan.
Asosiy investisiya eksportchilari AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya,
Germaniya va Fransiya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi. Chet el investisiyalari mavjud korxonalarni sotib olish yoki yangi korxonalar tuzish, qimmatli qog’ozlar sotib olish, erkin iqtisodiy hududlarni yaratish va mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi kelishuvlarga yo’naltirilishi mumkin.
Kapital chet elda bevosita va portfel investisiyalari shaklida ishtirok etadi.
Bevosita investisiyalar foyda olish va korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini olish maqsadida chet eldagi korxonaning nizom kapitaliga mablag’ kiritishni nazarda tutadi. Ular raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun ayrim mamlakatlarning ustunliklaridan foydalanishga imkon beradi, bu esa yangi bozorlarni egallash va eksportni oshirishga bog’liq bo’ladi. bundan tashqari, bevosita mahsulot ishlab chiqarilgan joylarda sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanib, transport xarajatlari va bojxona bojlari qisqartiriladi. Bevosita investisiyalash aralash jamiyatlar shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Ular ishtrokchilarning huquqiy rasmiylashtirilgan qo’shma mulki asosida tuziladi. Tuzilgan aralash jamiyat faoliyat natijalari uchun javobgar bo’ladi. Aralash jamiyatlarning foyda va zararlari kiritilgan kapitalga proporsional ravishda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanadi. Chet eldagi investorlari uchun aralash jamiyatlarni tuzish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mahalliy mahsulot eksporti hajmini oshirishda bir qator imtiyozlar taqdim etilishini nazarda tutadi. Chet el tomonining ishtiroki bevosita investisiyalashdan tashqari asbobuskunalar, xom-ashyo va materiallarni berish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda sotuvdan keyin ko’rsatiluvchi xizmat sifatini yaxshilash uchun hamkorning omborlaridan foydalanish investorga sezilarli ustunlik berishi mumkin.
Bularning barchasi pirovardida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va aralash jamiyatlarni tashkil etish bo’yicha marketing tadqiqotlari samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, aralash jamiyatlarni tuzish mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy vazifalar majmuasini hal qilish, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko’paytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni mamlakat va ayrim mintaqalar mintaqasida rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bu avvalo, chet el investisiyalari, ilg’or texnika va texnologiyalarni jalb qilish va yangi ish o’rinlarini yaratish bilan bog’liq.
Portfel investisiyalari daromad olish maqsadida xorijiy kompaniyalarning qimmatli qog’ozlarini sotib olishni nazarda tutadi. Ular investorning korxonani boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini ko’zda tutmaydi. Investisiyalar chet elda tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatda sotish, uchinchi mamlakatlarga eksport qilish va O’zbekistonga etkazib berish uchun ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. O’zbekiston kapital eksportining asosiy shakli ssuda shaklida, asosan kreditlar ko’rinishida, shuningdek, xorijiy banklarning joriy hisob raqamlariga o’tkazish yo’li bilan olib chiqish hisoblanadi. Portfel investisiyalari oqimi chet ellik investorlar mavjud tavakkalchiliklarni e’tiborga olmasliklarini anglatadi. Bu avvalo respublikamizdagi siyosiy vaziyat bilan bog’liq siyosiy tavakkalchiliklarga tegishli: xorijiy investorning etarlicha himoyalanmaganligi, zarur huquqiy asoslarning yo’qligi, chet el kapitalini jalb qilish uchun respublikamizda yirik korporativ kompaniyalarning aksiyalari chiqarilmoqda va joylashtirilmoqda.
Biroq respublikamiz iqtisodiyotiga kiritiluvchi investisiyalar manbai mamlakat ichida joylashgan yoki oxirgi yillar davomida chet elga emigrasiya qilgan mahalliy kapital bo’lishi lozim. Iqtisodiyotning jonlanishi bilan O’zbekistonda investisiyalar uchun qulay sharoitlar yaratiladi va bu kapitalning reeksporti uchun xizmat qiladi. Respublikamiz iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy kapitalning ishtirok etishi ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu avvalo g’arb firmalarining energiya manbalarini qazib chiqarish va eksport qilishga jalb etilishi, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini jiddiy ekologik nazorat qilinmasligidir. Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun davlat tomonidan jiddiy nazorat o’rnatish zarur.
Mahalliy investorlar kapitalni xavfsizlantirish maqsadida o’z mablag’larini xorijiy qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulkni sotib olib, xorijiy banklarga kiritadilar. Ko’plab jismoniy va huquqiy shaxslar chet elda o’z firmalarini ochadilar. Bunday qarorning maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun chet elda kompaniya tuzishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va muayyan tovarlar bo’yicha tashqi iqtisodiy faoliyat yo’nalishini aniqlanadi; bu tovarlarni chet elda to’liq ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperasiyalashni yo’lga qo’yish masalasi ko’rib chiqiladi; ishlab chiqarish mo’ljallanayotgan mahsulotga bo’lajak talab aniqlanadi.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish