Mashg’ulotning maqsadi: II-analitik guruh kationlarining xossalarini, guruh reaktivining ta’siri va biologik ahamiyatini o’rganishdan iborat.
Kerakli reaktivlar: NH4(CO3)2,CaCl2, Ba(NO3)2, BaCl2, Ca(NO3)2, Sr(NO3)2, Mg(CH3COO)2, MgCl2, HCl, H2SO4, NaOH, KOH, K2CrO4, K2Cr2O7 va boshqalar
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar:
1. Har xil o’lchamli probirkalar
2. Pipetkalar har xil o’lchamda
3. Oddiy stakanlar, kolbalar
4. Shtativlar, qisqich va halqalari bilan
5. Chinni kosachalar, chinni xavoncha ezgichi bilan
Ishning bajarilishi: II-guruh kationlariga Ca2+,Sr2+ va Ba2+ ionlari kiradi. Ular D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida II-guruhning asosiy guruhchasida joylashgan metallardir.
Ikkinchi guruh kationlarining karbonatlari suvda erimaydi,ammo HCl, HNO3 vaCH3COOH kislotalari eritmalarida yaxshi eriydi. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 tuzidan ishqoriy muhitda guruh reagenti sifatida foydalaniladi. Ushbu guruh kationlarining sulfat,fosfat hamda oksalatlar ko`rinishidagi tuzlari ham suvda kam eriydi.BaS, SrS va CaS sulfidlar esa suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib ikkinchi guruh kationlarini sulfidlari suvda erimaydigan III-IV guruh kationlaridan ajratish mumkin. Kalsiy ionlari tuproq tarkibidagi kichik zarrachalar sirtida joylashadi. Tuproqning yutish sig`imi uning tarkibidagi kalsiy ionlariga bog`liq.
Tuproqstukturasi,suv-havorejimihamkalsiymiqdorigabog`liq. Kislotali tup roqda Ca2+ ionlari Na+ ionlariga, sho`rhok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashingan bo`ladi. Kislotaligi yuqori bo`lgan tuproqlar ohaklanadi, sho`rhok tuproqlarga esa CaSO4∙2H2 O gips qo`shiladi.
Tarkibida kalsiy va fosfor bo`lgan birikmalar qishloq xo`jaligida fosforli o`g`itlar nomi bilan ishlatiladi.
Ca3(PO4)2+2CaSO4-fosfat talqoni
Ca(H2PO4)2+2CaSO4-oddiy superfosfat
Ca(H2PO4)2-qo`sh superfosfat
CaHPO4∙2H2O-presipitat
Shuningdek kalsiyning azotli birikmalaridan kalsiy sianamid CaCN2, kalsiyli selitra Ca(NO3)2 kabilar ham yuqorida eslatilgan maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
Kalsiy ionlari Ca(HCO3)2 tuzi holida qattiq suv tarkibida bo`ladi.
Tuproq va ekinning Ca2+ ioniga bo`lgan talabi maromida sug`orish va iste`mol qilish natijasida ma`lum darajada qondiriladi.
Ba2+ ionlari zaharli,lekin BaSO4 tuzi ermaydi va shuning uchun ham zararsiz. BaSO4 medisinada rentgenoskopiyada ishlatiladi.
BaCl2vaBaCO3tuzlariqishloqxo`jaligidazaharliximikatlarsifatidaishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |