Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Download 5,55 Mb.
bet2/209
Sana30.05.2022
Hajmi5,55 Mb.
#620502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
statistika UMK 2021

1.

O’quv materiallar:




1.1.

Ma’ruza kursi.




1.2.

Amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma.


















2.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari:




2.1.

Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma.









3.

Glossariy.




4.

Ilovalar:




4.1.

Fan dasturi.




4.2.

Ishchi o’quv dastur.




4.3.

Sillabus.




4.4.

Tarqatma materiallar.




4.5.

Testlar.




4.6.

Ishchi o’quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.




4.7.

O’UM ning elektron varianti.





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


“SANOAT ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH”

KAFEDRASI
STATISTIKA” FANIDAN

MA’RUZALAR KURSI



Andijon 2021


Tuzuvchi: Olimova N. Statistika. O’quv – uslubiy majmua. – A.: AndMI, 2020, 316– bet.
Taqrizchilar:


K.Axmedov - AndMI “Oliy matematika” kafedrasi
dotsenti, i.f.n
D.Isroilova– AndMI, “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish”
kafedrasi dotsenti
Ushbu kursda statistika fanining nazariyasi, predmeta va metodi ko’rib chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uyg’unlashgan xolda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bohlanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini statistika uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan.


1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish

    1. Statistika predmeti.

    2. Statistika tafakkur, ehtimollar, kata sonlar qonuni, statistik qonuniyatlar

    3. Statistik to’plam mazmuni va xususiyatlari




    1. Statistika predmeti

Statistika deganda ma’lumotlar to’plash jarayoni ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika - ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog’i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos sifatida to’plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1 SHu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
Predmet so’zi bir necha lug’aviy ma’noga ega. Bu:
-bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq bo’lmagan mavjudot, moddiy buyum, narsa;
-o’rganiladigan hodisa, voqea, fakt;
-fikr yuritish ob’ekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki qandaydir xarakat yo’nalgan narsa;
-fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;
-mavzu, sabab.
Statistika predmeti deganda statistika o’rganadigan ob’ekt, uning jihatlari va rivojlanish qonuniyatlari, statistik fikrlash, tushuntirish mazmunini tashkil etuvchi voqealar, ularning mohiyatidan kelib chiqadigan sabab-oqibat bog’lanishlar, statistika fanining mazmunini yoritib beradigan bilimlar doirasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo’llanish sohalari ham aloqadordir.

Tasviriy statistika - bu ma’lumotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llaridir.


Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to’plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bu ishda EHM dan foydalanish muhim masala hisoblanadi. SHuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to’plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
SHunday qilib, statistika atamasi ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so’z ko’proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko’rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko’rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so’zi foydalaniladi. Masalan, gazeta saxifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko’ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda xo’jalik faoliyat haqidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug’ullanadigan bo’lim nomi ham statistika deb yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo’nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tadbiq qilish ham tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar statistika deb yuritiladi.




    1. Download 5,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish