Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi



Download 361,2 Kb.
bet1/8
Sana18.01.2022
Hajmi361,2 Kb.
#388416
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
длиш


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Farg‘ona Politexnika Instituti

Qurilish fakulteti

“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi

“SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURASI”

fanidan

KURS LOYIHASI



Bajardi: 3-19 BIQ guruh talabasi

Abdusamatova D.

Qabul Qildi: G’ulomiddinov S.

Taqrizchi: Alloxonov Z.

Kafedra mudiri: Umarov Sh.

Farg‘ona 2021 yil




KIRISH


O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Ma’lumki, qurilish sohasi mamlakatning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shu sababli, mamlakatimizda istiqlol davrida qurilish va me’morchilikka katta ahamiyat berilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning shahar va qishloqlari yanada ko‘rkamlashib, katta obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani tufayli yanada go‘zal tusga ega bo‘lmoqda.

Аrхitеkturа qаdimdаn mа’lum bo‘lib, funksiоnаl vаzifаlаrgа хizmаt qilishdаn tаshqаri, jаmiyatdа mаvjud g‘оyalаrni tаshkil ettirishgа, dаvlаt vа jаmоаt ehtiyojlаrini qоndirishgа intilgаn. Bu o‘rindа bоbоkаlоnimiz Sоhibqirоn Аmir Tеmurning “Bizning qudrаtimizdаn shubhаng bo‘lsа, biz yarаtgаn binоlаrgа bоq”, – dеgаn mаshhur so‘zlаrini eslаtish kifоya yoki Sаmаrqаnddаgi Rеgistоn mаydоnigа tаshrif buyurgаn hаr bir kimsа, kim bo‘lishidаn qаt’iy nаzаr, оsmоno‘pаr minоrа vа kоshinkоr pеshtоqlаrgа tikilgаnidа, hаyolidаn mаzkur оbidаlаrni qurgаn mе’mоr vа ustаlаrning istе’dоdi vа mаhоrаti, ulаrni qurishgа buyurgаn hukmdоrlаrning qudrаti to‘g‘risidаgi fikrlаr o‘tishi shubhаsizdir.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаnidаn so‘ng bоshqа sоhаlаrdа bo‘lgаni kаbi mе’mоrlikdа hаm kаttа o‘zgаrishlаr ro‘y bеrdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848 son Farmoni O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu farmonni аmаlgа оshirish vа bаjаrish jаrаyonidа ko‘p sоhаviy imkоniyatlаr pаydо bo‘ldi vа shu zаmindа tаriхni , mаdаniy bоyliklаrni, iqlimni, zilzilа vа umumаn, hududimizgа хоs bo‘lgаn hоlаtlаrni e’tibоrgа оlgаn hоldа 300 dan ziyod milliy – dаvlаt “Qurilish mе’yorlаri vа qоidаlаri” (QMQ) hаmdа Shаhаr nоrmаlаri vа qоidаlаri (SHNQ) ishlаb chiqildi. Tа’kidlаsh jоizki, mustаqillikning birinchi yilidаn vа аyniqsа, охirgi ikki–uch yil mоbаynidа shаhаrsоzlik sоhаsigа e’tibоr kuchаyib kеlmоqdа.

Yaqin o‘tmishda ham binolar va inshootlarni loyihalash va qurish masalasi bilan bir kishi, odatda me’mor (arxitektor) shug‘ullanar edi. Fan va texnika rivojlanib, binolar o‘lchamlari yiriklashib, undagi konstruktiv yechimlar va jihozlar murakkablashib borgan sari, binolarni loyihalash va qurish bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman me’moriy va muhandislik masalalarini bir kishi hal etish mumkin bo‘lmay qoldi. Hozir binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda mutaxassislarning yirik jamoalari – arxitektorlar va turli ixtisosli muhandislar ishtirok etmoqdalar.

Loyihalashtirish jarayonida arxitektor bo‘lg‘usi binoning planini, uning hajmiy fazoviy kompozitsiyasini tuzadi, inshootning me’moriy, badiiy, kerak bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy qiyofasini yaratadi. Zamonaviy quruvchi esa arxitektor tuzgan bino yoki inshoot hajmiy-rejaviy yechimini qurilish materiallari va konstruktsiyalar yordamida ro‘yobga chiqaradi, konstruktsiyalarni mustahkamlikka, ustivorlikka va boshqa ekspluatatsion talablarga hisoblaydi.

Loyihalash va qurilishda ishtirok etuvchi barcha mutaxassislar bir birlarining ish faoliyati to‘g‘risida zarur hajmda ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, arxitektor bilan quruvchi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, hamfikrlik juda katta ahamiyatga ega. Arxitektura, qurilish amaliyoti va qurilish texnikasining rivojlanishi bir-biriga bog‘liq xolda amalga oshadi. Yangi samarali qurilish materiallari va konstruktsiyalar, qurilish texnikalarining yaratilishi yangi tipdagi binolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Zamonaviy konstruktsiyalar va ularning taraqqiyot yo‘nalishi materialning mustahkamlik xususiyatlaridan va konstruktsiya shakllaridan mumkin qadar har tomonlama va oqilona foydalanishga asoslangan. Bunga erishish uchun quruvchi, ayniqsa, quruvchi pedagog yetarli bilimga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

Binolarning funktsional jihatlari, insonning xordiq chiqarishi va mehnat qilishi uchun yaratilgan sun’iy muhitning sifati ularning konstruktiv yechimiga bog‘liq. Bu muammoni hal qilishda xam arxitektor va quruvchilarning yaqin xamkorligi talab etiladi. Shuning uchun quruvchi-pedagog me’morchilik asoslarini bilishi, uning yo‘nalishlarini tushunishi zarur. Shundagina qulay, ko‘rkam va tejamli bino va inshootlar yaratishdek ijodiy masalalarni muvaffaqiyat bilan hal etish mumkin.

Binolar va inshootlari qurilishi bo‘yicha quruvchi, loyihachi yoki kasbiy ta’lim

bo‘yicha pedagog bo‘ladigan talabalarda binolar va inshootlarni

me’moriykonstruktiv loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, o‘qish jarayoni davomida nazariy bilim olish bilan bir qatorda turar-joy yoki jamoat

binosining me’moriy konstruktiv loyihalar (kurs loyihalari) bajarish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning kelajagi qurilish va qurilish texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu soha hamma vaqt hukumatning diqqat e’tiborida turadi.

Keyingi yillarda respublikamizda g‘isht va yengil betonlardan mayda devor bloklari ishab chiqarish bir muncha ko‘paydi. Aholi tomonidan yakkaxol uy-joy qurilishda paxsa, xom g‘isht, sinch va guvala qatorida bu materiallar keng qo‘llanilmoqda. Shaxsiy uy-joylar qurilishida qavatlar sonining ko‘payishi, uylarda yaratiladigan qulayliklar darajasining ortishi kuzatilmoqda.

Jamoat binolari qurilishi sohasida ham keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Avvallari quriladigan yirik jamoat binolari o‘rniga uncha katta bo‘lmagan savdotijorat, xususiy umumiy ovqatlanish muassasalari qurilishi ko‘paymoqda. Shaharlarda va boshqa aholi punktlarda ko‘chalari va markazlari me’moriy kompozitsiyasining shakllanishida ularning roli ortib borishi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlari mavjud. Yangi tipdagi turar-joy va jamoat binoalari yaratilmoqda. Bunda xalqimiz turmushidagi o‘zgarishlar o‘z aksini topmoqda. Qurilishning rivojlanishi bilan atrof muhitni muhofaza qilishni uzviy bog‘liq holda hal etish muhim va dolzarb masaladir. Bunga e’tiborni kuchaytirish lozim.

O‘zbekiston hududi tog‘lar va tekisliklar, cho‘llardan iborat, yam-yashil vohalarga boy. Zilzila sodir bo‘lish ehtimoli katta va gruntlari o‘ta cho‘kuvchanlik va boshqa alohida xususiyatlarga ega hududlar mavjud. Respublika hududi uchun iqlimiy, zilzila va boshqa turdagi hududlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Ma’lumki, qurilish sohasi mamlakatning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shu sababli, mamlakatimizda istiqlol davrida qurilish va me’morchilikka katta ahamiyat berilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning shahar va qishloqlari yanada ko‘rkamlashib, katta obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani tufayli yanada go‘zal tusga ega bo‘lmoqda.

Аrхitеkturа qаdimdаn mа’lum bo‘lib, funksiоnаl vаzifаlаrgа хizmаt qilishdаn tаshqаri, jаmiyatdа mаvjud g‘оyalаrni tаshkil ettirishgа, dаvlаt vа jаmоаt ehtiyojlаrini qоndirishgа intilgаn. Bu o‘rindа bоbоkаlоnimiz Sоhibqirоn Аmir Tеmurning “Bizning qudrаtimizdаn shubhаng bo‘lsа, biz yarаtgаn binоlаrgа bоq”, – dеgаn mаshhur so‘zlаrini eslаtish kifоya yoki Sаmаrqаnddаgi Rеgistоn mаydоnigа tаshrif buyurgаn hаr bir kimsа, kim bo‘lishidаn qаt’iy nаzаr, оsmоno‘pаr minоrа vа kоshinkоr pеshtоqlаrgа tikilgаnidа, hаyolidаn mаzkur оbidаlаrni qurgаn mе’mоr vа ustаlаrning istе’dоdi vа mаhоrаti, ulаrni qurishgа buyurgаn hukmdоrlаrning qudrаti to‘g‘risidаgi fikrlаr o‘tishi shubhаsizdir.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаnidаn so‘ng bоshqа sоhаlаrdа bo‘lgаni kаbi mе’mоrlikdа hаm kаttа o‘zgаrishlаr ro‘y bеrdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848 son Farmoni O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu farmonni аmаlgа оshirish vа bаjаrish jаrаyonidа ko‘p sоhаviy imkоniyatlаr pаydо bo‘ldi vа shu zаmindа tаriхni , mаdаniy bоyliklаrni, iqlimni, zilzilа vа umumаn, hududimizgа хоs bo‘lgаn hоlаtlаrni e’tibоrgа оlgаn hоldа 300 dan ziyod milliy – dаvlаt “Qurilish mе’yorlаri vа qоidаlаri” (QMQ) hаmdа Shаhаr nоrmаlаri vа qоidаlаri (SHNQ) ishlаb chiqildi. Tа’kidlаsh jоizki, mustаqillikning birinchi yilidаn vа аyniqsа, охirgi ikki–uch yil mоbаynidа shаhаrsоzlik sоhаsigа e’tibоr kuchаyib kеlmоqdа.

Yaqin o‘tmishda ham binolar va inshootlarni loyihalash va qurish masalasi bilan bir kishi, odatda me’mor (arxitektor) shug‘ullanar edi. Fan va texnika rivojlanib, binolar o‘lchamlari yiriklashib, undagi konstruktiv yechimlar va jihozlar murakkablashib borgan sari, binolarni loyihalash va qurish bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman me’moriy va muhandislik masalalarini bir kishi hal etish mumkin bo‘lmay qoldi. Hozir binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda mutaxassislarning yirik jamoalari – arxitektorlar va turli ixtisosli muhandislar ishtirok etmoqdalar.

Loyihalashtirish jarayonida arxitektor bo‘lg‘usi binoning planini, uning hajmiyfazoviy kompozitsiyasini tuzadi, inshootning me’moriy, badiiy, kerak bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy qiyofasini yaratadi. Zamonaviy quruvchi esa arxitektor tuzgan bino yoki inshoot hajmiy-rejaviy yechimini qurilish materiallari va konstruktsiyalar yordamida ro‘yobga chiqaradi, konstruktsiyalarni mustahkamlikka, ustivorlikka va boshqa ekspluatatsion talablarga hisoblaydi.

Loyihalash va qurilishda ishtirok etuvchi barcha mutaxassislar bir birlarining ish faoliyati to‘g‘risida zarur hajmda ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, arxitektor bilan quruvchi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, hamfikrlik juda katta ahamiyatga ega. Arxitektura, qurilish amaliyoti va qurilish texnikasining rivojlanishi bir-biriga bog‘liq xolda amalga oshadi. Yangi samarali qurilish materiallari va konstruktsiyalar, qurilish texnikalarining yaratilishi yangi tipdagi binolar paydo

bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Zamonaviy konstruktsiyalar va ularning taraqqiyot yo‘nalishi materialning mustahkamlik xususiyatlaridan va konstruktsiya shakllaridan mumkin qadar har tomonlama va oqilona foydalanishga asoslangan. Bunga erishish uchun quruvchi, ayniqsa, quruvchi pedagog yetarli bilimga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

Binolarning funktsional jihatlari, insonning xordiq chiqarishi va mehnat qilishi uchun yaratilgan sun’iy muhitning sifati ularning konstruktiv yechimiga bog‘liq. Bu muammoni hal qilishda xam arxitektor va quruvchilarning yaqin xamkorligi talab etiladi. Shuning uchun quruvchi-pedagog me’morchilik asoslarini bilishi, uning yo‘nalishlarini tushunishi zarur. Shundagina qulay, ko‘rkam va tejamli bino va inshootlar yaratishdek ijodiy masalalarni muvaffaqiyat bilan hal etish mumkin.

Binolar va inshootlari qurilishi bo‘yicha quruvchi, loyihachi yoki kasbiy ta’lim

bo‘yicha pedagog bo‘ladigan talabalarda binolar va inshootlarni

me’moriykonstruktiv loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, o‘qish jarayoni davomida nazariy bilim olish bilan bir qatorda turar-joy yoki jamoat

binosining me’moriy konstruktiv loyihalar (kurs loyihalari) bajarish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning kelajagi qurilish va qurilish texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu soha hamma vaqt hukumatning diqqat e’tiborida turadi.

Keyingi yillarda respublikamizda g‘isht va yengil betonlardan mayda devor bloklari ishab chiqarish bir muncha ko‘paydi. Aholi tomonidan yakkaxol uy-joy qurilishda paxsa, xom g‘isht, sinch va guvala qatorida bu materiallar keng qo‘llanilmoqda. Shaxsiy uy-joylar qurilishida qavatlar sonining ko‘payishi, uylarda yaratiladigan qulayliklar darajasining ortishi kuzatilmoqda.

Jamoat binolari qurilishi sohasida ham keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Avvallari quriladigan yirik jamoat binolari o‘rniga uncha katta bo‘lmagan savdotijorat, xususiy umumiy ovqatlanish muassasalari qurilishi ko‘paymoqda. Shaharlarda va boshqa aholi punktlarda ko‘chalari va markazlari me’moriy kompozitsiyasining shakllanishida ularning roli ortib borishi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlari mavjud. Yangi tipdagi turar-joy va jamoat binoalari yaratilmoqda. Bunda xalqimiz turmushidagi o‘zgarishlar o‘z aksini topmoqda. Qurilishning rivojlanishi bilan atrof muhitni muhofaza qilishni uzviy bog‘liq holda hal etish muhim va dolzarb masaladir. Bunga e’tiborni kuchaytirish lozim.

O‘zbekiston hududi tog‘lar va tekisliklar, cho‘llardan iborat, yam-yashil vohalarga boy. Zilzila sodir bo‘lish ehtimoli katta va gruntlari o‘ta cho‘kuvchanlik va boshqa alohida xususiyatlarga ega hududlar mavjud. Respublika hududi uchun iqlimiy, zilzila va boshqa turdagi hududlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan.





Download 361,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish