Satistik kuzatish



Download 175,97 Kb.
bet1/6
Sana20.07.2022
Hajmi175,97 Kb.
#830133
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5229121647792886091


SATISTIK KUZATISH
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obtektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: 1) biror narsa (predmet, obtekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish; 2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; 3) voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obtektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgaltyeriya va opyerativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy, ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi. Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘liqlik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik. Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini taminlashga qaratilgan bo’lishi kk.
Milliy standartmuayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa – butun jahon yoki mamlakatlar birlashmasi miq-yosida hodisalarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilishda qo‘llanadigan umumiy talab, tartib va kontseptsiyalar majmuasidir. Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri – kerakli ma’lumotlarni kam xarajatlar bilan to‘plash imkoniyatini tug‘diradi. Kuzatish obtekti – ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan korxona va boshqa ho‘jalk yuri-tuvchi seb`ektlar to‘pla-midir. Senz – kuzatish obtektini aniqlovchi me’yor, belgilar to‘plamidir. Kuzatish subyekti – o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiluvchi va to‘plovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Kuzatish birligi – kuzatish obtektining mustaqil bo‘linmas tarkibiy qismi (birligi) bo‘lib, uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Kuzatish dasturi – kuzatish jarayonida ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan kuzatish va hisob birligining asosiy belgilaridir. Kuzatish dasturi 3 qismdan tashkil topadi: asosiy savollar (belgilar), nazorat savollari (belgilari) va manzilgoh qismi (uni ma’lumot beruvchi subyektni tavsiflovchi alomatlar yoki qisqacha tanishtiruvchi belgilar ham deb yuritiladi). Yo‘riqnoma (instruksiya) – kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil talqin etish va tushunishni ta’minlaydigan ko‘rsatmalar majmuasi. Statistik formulyar – kuzatish ma’lumotlarini qayd qilish hujjati. Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi: 1) yakka predmetli formulyar. 2) ko‘p predmetli formulyar. Kuzatish joyi – kuzatish birligi joylashgan makon. Statistik kuzatish vaqti – kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va o‘tkaziladi-gan muddat.Kuzatish turlari Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi. Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish. Uzluksiz kuzatish – voqea ro‘y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir Fursatli davriy kuzatish – voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish. Bir yo‘la kuzatish – hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilganda kuzatish. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi. Yoppasiga kuzatish – to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash Qisman kuzatish – mavjud katta o‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar to‘plash. Kuzatish xatolari – ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolardir.


Statistic ko’rsatkichla

Download 175,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish