Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Qishloq xo'jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes



Download 61,19 Mb.
bet163/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Qishloq xo'jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes de­yiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo'jaligi sohasiga kir- maydigan, biroq u bilan bog'liq boigan faoliyat bilan shug'ullanuvchi bi^nes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo'jaligiga texnikaviy, ta'mirlash xizmati ko'rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bogiiq boigan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo'g'inlarini qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste'mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo'jahk mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluk- siz ta'minlash orqah foyda ko'rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo'g'ini fermer va dehqon xo'jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo'jaliklar o'z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o'zi va oila a'zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo'jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo'shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori samara- dorligini ta'minlaydi. Fermer xo'jaliklari mustaqil tuzilma bo'hsh sa- babli o'z faoliyatini bozor kon'yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas'uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo'jaligining yashovchanligini ta'minlaydi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma maium tur­dagi qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsu­lot darajasigacha qayta ishlashni qo'shib olib .boradigan korxonadir. Agrofirmalar ham qishloq xo'jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste'molga tayyor bo'lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo'jahk asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlash- malari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bogiiq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir necha xo'jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog'dorchilik va uzumchilik bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, iste'molehilarga yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo'jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishti- rish, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo'jalik va korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli va paychilik mablagiari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo'jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo'jaliklari va shir- katlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish