Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


O'zbekistonda zarar keltirib ishlayotgan va istiqbolsiz shirkat xo'jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo'jaliklari



Download 61,19 Mb.
bet167/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

O'zbekistonda zarar keltirib ishlayotgan va istiqbolsiz shirkat xo'jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo'jaliklari




Yillar

Jami

1999

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006




Tugatilgan shir­kat xo'jaliklari soni

8

8

52

91

177

326 .

445

666

1773

Ular negizida tashkil etilgan fermer xo'jalik­lari soni

440

479

3031

3822

11383

15161

25023

74124

133463


Salimov B.T., Abdug'aniev A., Yusupov M.S. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari / O'quv qo'llanma. — T.: TDIU, 2007, 36-b.

Shuningdek, mamlakatimizda fermer xo'jaliklarini moddiy-texnik ta'minlash va moliyalash bo'yicha ishonchh tizim va mexanizmlar shakl- lantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Mazkur xo'jahklarini qo'llab-quwatlash uchun har yili katta miqdorda moddiy resurs va mablag'lar ajratilmoqda. Agar 2008-yilning o'zida qishloq xo'jalik mah- sulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so'm mablag' avans tariqasida berilgan bo'Isa, 2009-yilda bu ko'rsatkichni 1 trillion 200 milliard so'mga yetkazish ko'zda tutilmoqda. 2008-yilda qishloq xo'jalik texnikasini lizing asosida sotib ohsh Fondi hisobidan 43 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratilgan bo'Isa, 2009-yilda 58 mil­liard so'mdan ortiq mablag' yo'naltirish rejalashfirilmoqda.


«Shu bilan birga, - deb ta'kidlaydilar Prezidentimiz, - o'tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz fermerhkni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim muammolarni, xususan, fermer xo'jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, ulaming samaradorligini oshirish bilan bog'liq masalalarni hal qilishni qat'iy talab etmoqda. Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo'jaliklarining ish tajribasi shundan dalolat beradiki, fermer xo'jaliklarini shakllantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot ishlab chiqarish renta- beiligining o'sishiga ko'p jihatdan to'sqinlik qilmoqda. Imkoniyati, kuch- quwati kam bo'lgan fermer xo'jaliklari o'zini zarur texnika, aylanma mablag' bilan ta'minlash, kredit qobiliyatiga ega bo'lish, eng asosiysi, o'z xarajatlarini qoplash va foyda ko'rib ishlash, daromadni oshirish- ning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatmoqda»1.
Fermer xo'jaliklariga ajratilayotgan kichik hajmdagi yerlarda sama- rali xq'jalik yuritib bo'lmasligi to'g'risidagi fikrlarni bu borada olib bo- rilgan ba'zi ilmiy tadqiqot natijalari ham yaqqol tasdiqlaydi. Jumladan, B.Xolmatovning ta'kidlashicha, «fermer xo'jaliklari o'rtasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra, so'ralganlarning aksariyat qismi te- jamkorlikka to'sqinlik qiluvchi sabablardan biri sifatida ajratilgan yer maydonlari hajmining samarali xo'jalik yuritish uchun yetarli darajada emasligini ko'rsatganlar. Farg'ona viloyatidagi bitta fermer xo'jaligiga to'g'ri keluvchi o'rtacha yer maydoni 16,2 gektarni tashkil etmoqda. Natijada kichik hajmdagi yer maydonlariga ega bo'lgan fermer xo'jaliklari fa­oliyati ishlab chiqarish samaradorligi va tejamkorlik tamoyillariga zid kelmoqda. Jumladan:

  • yirik hajmdagi yer maydonlariga mo'ijallangan texnika vositalari- dan foydalanishdagi muammolar;

  • doimiy ishchilardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi;

  • ba'zi bir resurs va xizmat turlaridan qonuniy va to'liq asosda foy- dalanishdan manfaatdor bo'imaslik;

  • toiaqonli faohyat yuritishga qiziqishning sustligi, tezroq foyda olishga intilishga moyillikning paydo bo'hshi va boshqalar.

So'rovda ishtirok etgan aksariyat fermer xo'jaligi rahbarlarining fikricha, tijorat banklaridan kredit yoki asosiy vositalarni lizingga olish uchun xo'jaliklar kamida 40-50 gektar yer maydoniga ega bo'lish lozim»2.Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda yer maydonlarini to'liq inventarizatsiyadan o'tkazish va fermer xo'jaliklari fapliyatini tanqidiy baholash asosida ularning er maydonlarini optimallashtirish bo'yicha keng ko'lamli, shu bilan birga, puxta o'ylangan ishlar amalga oshirildi. Bunda fermer xo'jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turl i hududlaridagi aholi zichhgi alohida e'tiborga olindi. Ana shu ishlar natijasida fermer xo'jaliklari uchun ajratilgan yer maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g'allachilikda o'rtacha 37-gektardan 93,7 gektargacha ko'paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu ko'rsatkich sabzavotchilikda — 10 gektardan 24,7 gektar­gacha yoki 2,5 barobar, chorvachilikda esa 154 gektardan 164,5 gektar­gacha ko'paydi1.
2008-yilda asosiy e'tibor barcha toifa xo'jaliklarida chorva mol bosh soni va uning malisuldorligini oshirishga qaratildi. Natijada jami qoramollar soni 8024,8 ming boshga yetib, shundan sigirlar soni 3327,0 ming boshni, qo'y va echkilar 13559,4 ming boshni, parrandalar 29498,4 ming boshni tashkil etdi. Tirik vaznda 1287,9 ming tonna (106,5%) go'sht, 5426,3 ming tonna (106,4%) sut, 2429,0 mln. dona (109,7%) tuxum, 23779,0 tonna (106,2%) jun va 896,8 ming dona (114,9%) qorako'l teri ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ- 308-son qaroriga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklariga qoramol sotib olish maqsadida 22,4 ming nafar fuqaroga 40,0 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Mavjud chorva mollari nashni yaxshilash maqsadida chet ellardan 39,3 mlrd. so'mga jami 6501 bosh naslli mollar keltirildi, bunda bir bosh naslli molning o'rtacha narxi 3,7 mln. so'mga (2007-yilda 3,6 mln, so'm) to'g'ri keldi.
2008-yilda amalga oshirilgan tashkihy agrotexnik tadbirlar natijasida barcha toifdagi xo'jalik subyektlari tomonidan jami 9 mln. 791,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari, shundan 5217,4 ming tonna sabza- vot, 1398,7 ming tonna kartoshka, 981,2 ming tonna poliz, 1402,8 ming tonna meva va 791,0 ming tonna uzum ishlab chiqarildi. Biroq, bizda hali ushbu mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib berish muammo- lari to'liq hal etilgani yo'q. Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlari, ayniqsa, pilla, jun, teri, paxta va boshqalarni yetishtirish va ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish o'rtasida no- mutanosiblik saqlanib qolmoqda. Jumladan, paxta-xomashyosining 34%, mevalarning 17%, sabzavotlarning 12%vpoliz ekinlarining 7%, uzum- nhig 25%, terinhig 28%, junning 17%, go'shtning 27%, sutning 7% sanoatda qayta ishlanmoqda xolos. Shunga ko'ra, dasturda meva va sab- zovotlarni qayta ishlash korxonalari uchun imtiyozlarni uzaytirish masala­lari ham o'rin olgan.
Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha bosqich­larida xo'jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta aha- miyat berildi. Bunga dastlab, umumdavlat ehtiyojlari uchun yetkazib be- rilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlaming ko'pchilik turlariga davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qihsh (1995-yildan faqat paxta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qol- di) hamda qishloq xo'jalik korxonalarini qo'llab-quwatlash (soliqlar- dan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini cho'zish va boshqalar) orqtli erishildi.
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g'oyat muhim yo'naiish — qishloq xo'jaligida band bo'lgan ortiqcha ishchi kuchini bo'shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoq- lariga (sanoat, xizmat ko'rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bun­da qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o'zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo'lgan, qishloq xo'jalik xomashyosini qayta ishlaydi- gan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik kor­xonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish - agrar sohadagi islohotlarning hozirgi kundagi ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib, u 2009-yilga moijallangan iqtisodiy das- turning asosiy vazifasi sifatida belgilab berilgan. Ya'ni, qishloqda tur- mush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o'zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog'liq keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqa­rish infratuzilmasini rivojlantirishni jadaUashtirish, mulkdorning, tad- birkorhk va kichik biznesning maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ko'rib chiqish, fermer xo'jaliklari rivojini har tomonlama qoilab-quv- vatlash, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi nafaqat 2009-yil, balki o'rta muddatli istiqbol uchun belgilab olingan.
«Qishloqlarimiz qiyofasini, qishloqda hayot sifatini, ishlab chiqa­rish munosabatlarining mazmun-mohiyatini o'zgartirishga, agrosanoat majmuida ohb borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga, j)xir-oqi- batda qishloq-aholisihing ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini, uning ongi va fuqarolik mas'uliyatini oshirishga qaratilgan, biz uchun o'ta dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan ushbu davlat dasturini bajarishga kirishar ekan- miz, 2009-yildagi bosh vazifamiz uni amalga oshirish bo'yicha istiqbol- dagi barcha ishlarni iriustahkam tashkiliy asosga qo'yishdan iboratdir*1, deya ta'kidlaydilar Prezidentimiz I.Karimov

.«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturidagi prinsi- pial ahamiyatga ega boigan asosiy yo'nalishlar quyidagilardan iborat:

  1. mazkur dastur ijrosi bilan bogiiq qonunchilik va normativ- huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash, yangi qo­nunlar qabul qilish, tegishli qonun hujjatlariga, Yer kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;

  2. qishloq aholi punktlarini me'moriy jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko'rib chiqish;

  3. qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal rivojlanti­rish, meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha za­monaviy texnika hamda texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham kor­xonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  4. 2008-2012-yillarda sug'oriladigan yerlaming meliorativ holati­ni yaxshilash davlat dasturida ko'zda tutilgan chora-tadbirlar tizimini izchil amalga oshirish.

«Qishloq taraqqiyoti va farovonhgi yili» Davlat dasturi doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

  • qishloq aholisining uy-joy sharoitini yaxshilash, eng awalo yakka tartibda uy-joy qurish dasturini ishlab chiqish asosida qishloq joylarida 7100 ming kv.m uy-joy qurilishini amalga oshirish;

  • uy-joy qurilishi jarayonlarini mohyaviy jihatdan qo'llab-quwat- lash uchun imtiyozli kreditlar ajratish;

  • qishloq hududlarini suv bilan barqaror ta'minlash bo'yicha 1836 km yangi suv tizimini qurish, 304 ta obyektni rekonstruksiya qihsh, bu boradagi 2010-2015-yillarga moijallangan dasturni islilab chiqish;

  • uzunligi qariyb 700 kilometrlik tabiiy gaz tarmoqlarini isliga tushi- rish, chekka tumanlarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlashni tubdan yax­shilash;

  • qishloq joylarda 67 ta yangi avtomobil marshrutini yo'lga qo'yish va 1913,9 km mahalliy yo'llami ta'mirlash;

  • qishloqda xizmatlar sohasida 140 ming yangi ish joylari tashkil etish, 452 ta savdo magazinlari,v1856 ta maislyy xizmat korxonalari, 500 dan ortiq minibanklar tashkil etish, qishloq aholi yashayotgan joylarda telefon va aloqa tizimini tubdan yaxshilash, sport va turizmni rivojlantirish;

  • qishloq joylarida 77 ta yangi qurihsh materiallari firma magazin- larini tashkil qilish va boshqalar.

Yuqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha yo'nahshlari respublikaning xusu­siyatlari va bozor iqtisodiyotiga o'tish talablaridan kelib chiqadi.
Xulosalar

    1. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil etadi.

    2. Agrar munosabatlarni ng asosini renta munosabatlari tashkil qila­di. Yer egasi va uni ijaraga ohb foydalanuvchi (tadbirkor) o'rtasida maz­kur yerdan olinadigan foydani taqsimlash borasidagi munosabatlar renta munosabatlari deyiladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihat­dan amalga oshirish (realizatsiya qilishjning shaklidir.

    3. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: abso­lyut yer rentasi, differentsial (tabaqalashgan) rental va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

    4. Agrosanoat integratsiyasi — qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoq­lar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

    5. Agrosanoat majmuasi (ASM) — bu qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib be­rish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to'rtta sohani o'z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo'jahgiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko'rsatish bilan band bo'lgan tarmoqlar; ikkinchi soha — qishloq xo'jaligining o'zi; uchinchi soha — qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); to'rtinchi soha — qishloq aholisi hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan infratuzilma (yoi-transport xo'jaligi, alo- qa, moddiy-texnika xizmati, maishiy xizmat ko'rsatish, mahsulotni saqlash tizimi, omborvatara xo'jaligi). - 4

    6. Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo'jalik sohalaridagi shakli agro­biznes ko'rinishida namoyon bo'ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo'jaligi bilan bog'liq boigan faoliyat bilan shug'ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo'jahgiga texnika, ta'mirlash xizmatlari ko'rsatish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bogiiq boigan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste'mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta'minlash orqah foyda ko'rishdan iborat.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish