Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Investitsion sarflar — tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital tovarlarini (investitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflari - dir



Download 61,19 Mb.
bet172/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Investitsion sarflar — tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital tovarlarini (investitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflari - dir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashma, yskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; d) zaxiralarning o'zgarishi. Birinchi guruh elementlar- ning «Investitsion sarflar* tarkibiga kiritilish sababi aniq: qurihshlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o'z-o'zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi Investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarining ko'payishi, ya'ni islilab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha ayt­ganda YAIM o'z ichiga yil davomidagi zaxiralar va ehtiyotlar barcha o'sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning by o'sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko'psatkichi sifatida qo'shiladi.
Zaxiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko'proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo'shimcha oldingi yillardan qolgan zaxiralarning bir qismini iste'mol qilgan bo'ladi.
Milliy hisoblar tizimida YalMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki Investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki Inves­titsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradi- gan investitsion sarflami bildiradi. Yalpi investitsiyalar o'z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan barcha inves­titsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mo- hiyatiga ko'ra iste'mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasi va in- vestitsiyalarning o'sgan qismidan iborat bo'ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchaci joriy yil davomida qo'shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari — bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o'z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovariariga sarflari xuddi mam­lakat ichidagi iste'molchihk sarflari kabi milhy ishlab chiqarish daraja­siga bogiiq. Shu sababli YAIMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Boshqa tomondan, iste'mol va investitsion sarflar hamda davlat mablagiarining bir qismi import qilingan, ya'ni chet elda islilab chiqaril­gan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'hshi mumkin. Agar eksport importdan ortiq boisa ijobiy, import eksportdan ortiq boisa salbiy boiadi.
Qarab chiqilgan sarflaming to'rt toifasiga notijorat muassasalar (ka­saba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tash- kilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o'zgarishlarni qo'shib chiqish yo'li bilan YAIM hajmi aniqlanadi.
Uchinchi usul — bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo'yicha yon­dashuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olin­gan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta toiovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barsha daromadlarni qo'shib chiqish orqali aniqlanadi.
YAIMni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo'yicha hisoblashda daro­madlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo'shiladi.
YAIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo'yicha yondashuvning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagi jadval orqali o'zaro ta^qoslash mumkin (14.2-jadval).
YAIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlarning alohida turlarini batafsil qarab chiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAIM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xara­jatlari sifatida kirib*, 'mahsulot sotilishi natijasida pul shaklidagi daromad sifatida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi.
Egri sohqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisob­lanadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi. Bunday soliqlar aksiz toiovlari, sotishdan olinadigan sohqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini o'z ichiga olib. davlat budjetida daromad sifatida na­moyon bo'ladi.
Daromadlarning eng muhim turi bo'lgan ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi. U ish haqiga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'lovlari va nafaqa ta'minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa turli mukofot hamda imtiyozlarlarni o'z ichiga oladi. Ish haqi va unga qo'shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun daromad- ning bir qismi sifatida namoyon bo'ladi va shu sababli aholi daromad- larining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi.



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish