Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet174/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Makroiqtisodiyot — moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo'jahgi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi — milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsim­lash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) — milliy iqtisodiyotda bir yil davo­mida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molcliilarga borib tushadigan piro- vard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxla­ridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) — yil davomida jonli mehnatning unumli harakati bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad - yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning pul­dagi ifodasi bo'lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad — milliy daromaddan i jtimoiy sug'urta ajratma­lari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlan- maydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo'liga kelib tusha­digan ijtimoiy to'lovlar summasini qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM — joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM — narxlaming o'zgarishini hisobga olib, o'zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo'shilgan qiymat — ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste'mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot — islilov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsad- larida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot — ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shax­siy va unumli iste'mol qilishga tayyor bo'lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot — YalMni islilab chiqarish, taqsimlash va un­dan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqiar
1. Milhy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
v 2. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko'rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.

    1. Milliy hisoblar tizimining moliiyati nimada? U o'z ichiga qanday ko'rsatkichlarni oladi.

    2. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyot­da qanday rol o'ynaydi?

    3. YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milhy daromad-clii?

    4. Milhy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.

    5. YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.

    6. Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko'rsating.

    7. Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 700 mlrd. so'mga, narx indeksi 1,5 ga teng boisa, real YAIM hajmi qancha boiadi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng boisa-chi?

    8. Sof iqtisodiy farovonlik ko'rsatkichining mohiyati hamda hisob- lash tartibini tushuntirib bering.

15-bob. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF
Mazkur darshkning 7-bobida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, talab va taklif qonunlari hamda ular o'rtasidagi muvozanatlik masalalari bayon e^ilib, unda talaba va o'quvchilarning tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va xizmatlarning alohida olingan turlari bo'yicha ko'rib chiqilgan edi. Milhy iqtisodiyot yaxlit holda, ya'ni makroiqtisodiyot darajasida o'rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbir­korlar, davlat va chet el iste'molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo'yicha talabi va taklifini o'rganish iqtisodiyotni samarah va mu- vozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng awalo yaxlit ohngan ko'rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko'rsatkichlari boigan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmuni tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta'sir etuvchi omillar, ular ta'sirida narxlar darajasining o'zgarishi hamda ishlab chiqarishning mu­vozanatli hajmi qanday o'rnatilishi bayon etiiadi.
15.1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o'sishini ta'minlashda eng awalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) — barcha iste'molchilar, ya'ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlaming muayyan dara­jasida sotib olinishi mumkin boigan turli tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mum­kin. Yalpi talab barcha iste'molchilarning turli xil tovarlarga va xizmat­larga bo'lgan talablari yig'indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo'ladi: shaxsiy iste'mol tovarlari va tadbirkorlar ish­lab chiqarish jarayonida unumli iste'mol qiladigan ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va ishchi kuchi.
Iste'mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma'naviy tovarlar va xizmat - larni o'z ichiga oladi. Shuningdek, turli ko'rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo'lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg'i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo'ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog'liq bo'ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-chizma).
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo'ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miq­dori, sifati, turi o'zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilan­gan pul miqdori o'zgarmagan holda ikki barobar kam investitsiya to- varlarini sotib olish mumkin bo'ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta'sirida o'zgarib turadi.

Turli o'quv qoilanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniq­lash usullari va unga ta'sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihat­dan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi* darsligida yalpi talab15.1-chizma

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish