Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi



Download 61,19 Mb.
bet23/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi


O'z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim- kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko'rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo'ladi.


Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham noiqpddiy ne'matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko'rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o'qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog'langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining YAIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi qu­yidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval


O'zbekiston YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)

Ko'rsatkichlar

2000-yil

2008-yil

mlrd. so'm

%

mlrd. so'm

%

Yalpi ichki mahsulot

3194,5

100,0

36839,4

100,0

Shu jumladan:













Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati

1614,2

50,5

16725,1

45,4

Ko'rsatilgan xizmatlar qiymati

1173,9

36,8

16688,2

45,3

Sof soliqlar

406,4

12,7

3426,1

9,3


O'zbekiston Republikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

Jadvaldan ko'rinadiki, mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohasi sezilarli ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YAIMdagi xizmat- larning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi trans­port va aloqaga, 9,5 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 19,2 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2008-yilda YalMdagi xizmatlarning ulushi 45,3 foizga yetib, uning 12,7 foizi transport va aloqaga, 9,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 21,5 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to'g'ri kelgan. «2008-yili aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati ko'rsatish, maishiy texnika va avtomo- billarni ta'mirlash sohalari anchayuqori sur'atlar bilan rivojlandi. So'nggi to'rt yil mobaynida yiliga o'rtacha 50 foiz o'sishni ta'minlayotgan ax- borot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko'rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta'kidlash lozim»1. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida 2006-2010-yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojJantirishni jadallashtirish Davlat das- turining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi aholiga xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko'rsatish sohasi tarmoqlarida band bo'lganlar sonini ko'paytirish va shu asosda aholi darbmadlaiini oshirishdan iborat boiib, unda quyidagi yo'nalishlardagi chora-tadbirlar ko'zda tutilgan:



  • xizmat ko'rsatish sohalarida tadbirkorlarning faolligini kuchayti- rish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • xizmat ko'rsatish sohasining YalMdagi ulushini 2010-yilga keiib 49%ga yetkazish;

  • xizmat ko'rsatish sohasida band bo'lganlar sonini 2010-yilga qa- dar ikki martaga oshirish;

  • qishloq aholisiga ko'rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini ko'paytirish;

  • yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish;

  • xizmatlar eksporti hajmini oshirish;

  • xizmatlar va servis sohasi uchun yuqori malakah kadrlar tayyor- lash va qayta tayyorlash.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o'z navbatida ikki bo'linmadan iborat bo'lib, birinchi bo'linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, ma- shina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkin- chi bo'linmada esa iste'mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi bo'linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- ning o'zida ikkinchi bo'linmada va xizmat ko'rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo'linmada yara- tilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o'z navbatida birinchi bo'linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o'rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo'lib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir to- mondan iste'mol qiymatini (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yarati- lishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o'sish jarayonidir.
Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o'tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste'mol qiymatiga, ya'ni ma'lum bir naflilikka va qiymatga ega bo'lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma'lum miqdorini o'zida mujassam- lashtiradi. Bu tovarning o'zaro bog'liq va hamisha bir-birini taqozo qi­ladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to'xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayortfga hamisha uning piro- vard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondi­rish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o'sishida ko'rinadi. Shu nuqtayi nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya'ni iste'mol qiymatini yaratish, ko'paytirish va qiymatlarning o'sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste'mol qiymatini, ya'ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo'ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda ki­shilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zamr bo'lgan sifat va miqdorda iste'mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo'yishi uning ijtimoiy yo'nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo'nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog'langandagiria amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o'tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma'lum miqdorda foyda olishni, sarflan- gan vositalariga, pul mablag'lariga nisbatan ko'proq qiymatga ega bo'lishni maqsad qilib qo'yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayoni bir tomondan, iste'mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo'Isa, ikkinchi tomondan, qiymatning o'sish jarayoni bo'lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so'mlik paxtatolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qo'llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so'mni, ish haqi 3 mln. so'mni tashkil etib, 3 mln. so'mlik foyda oladi- gan bo'Isa, yaratilgan mahsulotning qiymati 18 mln. so'mni, qo'shilgan qiymat 8 mln. so'mni tashkil etadi.
Agar biz 8 mln. so'mlik qo'shilgan qiymatdan 2 mln. so'mini amor- tizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya'ni ol- dindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so'mlik qiymat, ya'ni 3 mln. so'mlik ish haqi va 3 mln. so'mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki to- monini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.3-chizma).
2.3-chizma



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish