Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Ishlab chiqarish omillariniag turkumlanishi



Download 61,19 Mb.
bet21/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ishlab chiqarish omillariniag turkumlanishi


Ishlab chiqarish omillari

1'

i r

i

1 '

I Ishchi kuchi




Tadbirkorlik qobiliyati ,

Yer




Kapital

Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko'pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o'z egasiga qo'shimcha qiy­mat keltiruvchi qiymat, o'z-o'zidan ko'payuvchi, o'suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g'arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz kelti­ruvchi qiymat deb qaraydilar.


Qator g'arb iqtisodchilarining, jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o'zining rahbarligida yozil- gan darsligida «haqiqatdan ham — kapital o'zidan o'zi ko'payuvchi qiy- mat»' deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaz- nova, Ye.F.Borisov va boshqalaming rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin, Amerika va yevro- pa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» daisliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish so- halarida qo'llaniladigan moddiy vositalardan, ya'ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko'rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, ayrim iqtisodchi- lar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e'tiborni kuchaytirgan. G'arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapi- talni bir tomonlama, ya'ni uning qiymat tarafmi e'tiborga olgan bo'lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e'tibordan chetda qoldirib, uning moddiy obyektini, narsa va hodisalarning ashyoviy to- monini ko'rsatadilar. Shuning uchun ular kapitalni doimiy, o'zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushuncha- ning, ya'ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko'rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko'rinishi ekanligini e'tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o'z egalariga daromad kelti- radigan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning hamma sohalarida qo'llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan to- varlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo'ljallangan pul mablag'larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qihb aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo'lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mehnat (ishchi kuchi) tomonidan harakat- ga keltiriladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya'ni yer deganda tuproqning unumli qatlami, o'tloql&r, yaylovlar, suv, havo, o'rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e'tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya'ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy re­surslarning bir-biriga qo'shilishini ta'minlaydigan, tashkilotchi, yan- gilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javob- garlikdan qo'rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko'rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo'q.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish