Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari



Download 61,19 Mb.
bet293/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

27.4. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari
Pulning jahon xo'jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daro­madlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to'lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so'm, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o'zining milhy valuta tizimiga ega bo'ladi. Bunda milliy va xalqaro valuta tizimini farqlash zarur. Milliy valuta tizimi — valuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qi­lish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:

  • milhy pul birligi;

  • valuta kursi tartibi;

  • valutaning muomalada boiish shart-sharoitlari;

  • valuta bozori va oltin bozori tizimi;

  • mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;

  • mamlakat oltin-valuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;

  • mamlakat valuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muas- sasalar mavqeyi. ■*

Xalqaro valuta tizimi — xalqaro valuta munosabatlarining davlat­lararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro to'lov vositalari (milliy valutalar, oltin, xalqaro valuta birlildari — SDR, yevro);

  • valuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro toiovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. Bundan ko'rinadiki, milliy va xalqaro valuta tizimi unsurlari de- yarli bir xil bo'lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga sdlinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.

Jahon valuta tizimi o'zining rivojlanishida uchta bosqichdan o'tdi va ularning har biriga xalqaro valuta munosabatlarini tashkil qilishning o'z tiplari mos keladi.Birinchi bosqich 1879-1934-yillarni o'z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi valuta tizimi ustunlikka ega bo'lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971-yilJarni o'z ichiga olib, bunda oltin-deviz- li (Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo'lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich, ya'ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valuta tizimi 1971- yilda tashkil topgan bo'lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko'pincha o'z valutalarining xalqaro qiymatini o'zgartirish uchun valuta bozorining faoliyat qili- shiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valuta kursining mavjud bo'lishini ko'zda tutadi. Banklar o'zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtir- gan. Oltinni erkin chiqarish va kiritish xalqaro to'lovlarni muvofiqlasht­irish vositasi bo'lib xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya'ni: a) o'z pul birligining maium oltin mazmunini o'rnatadi; b) o'zining oltin zaxirasi va pul­ning ichki taklifi o'rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; d) oltinning erkin eksport va importiga to'sqihlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligi­ning oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo'yicha o'rnatiladi.
Oltin standart barbod boigandan keyin, valuta sohasini tartibga solishning o'zaro maqbul yoiitii topishga harakat qilindi. Yangi jahon valuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944-yil Bretton- Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqi- rildi. Bu konferentsiyada o'zaro bogiiq valuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu ko'pincha Bretton- Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valuta standarti (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to'xtagandan keyin, valu­taning qayd qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o'rin bo'shatadi. Xalqa­ro valuta tizimidagi bu o'zgarish 1976-yil Kingston (Yamayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog'oz pul ti­zimiga o'tish bilan, qog'oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valuta kursi ham har qanday boshqa narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Har qanday valuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat valutasidagi bahosidir.
Valuta kurslariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar ichidan quyida- gilarni ajratib kursatish mumkin:

  • milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;

  • milliy iste'molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakat­dagi inflatsiya darajasi;

  • valutalarga talab va taklifga ta'sir ko'rsatuvchi to'lov balansi holati;

  • mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;

  • valutaga jahon bozoridagi ishonch va h.k.

Nazariy jihatdan valuta kurslarining tebranishini tushuntirish xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko'ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste'mol to­varlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O'zbekistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming so'm, AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo'lib, 1 dollarning narxini hosil qilamiz, bu 1200 so'mga teng. Agar boshqa sharoitlar o'zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so'mga nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog'liqhkni quyidagi for­mula orqali ifodalash mumkin:
P = rx Pt yoki r = P/Pl}
bu yerda: P — mamlakatimizdagi narxlar darajasi;
P — xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;
r — valuta kursi yoki xorijiy valutaning milliy valutadagi narxi

.O'zbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-valuta zaxiralarini ko'paytirishni hisobga olgan holda o'zgaruvchan valuta kursi rejimini qo'llab kelmoqda. 2007-yilda Markaziy bankning valuta siyosati milliy valuta almashuv kursi keskin tebranishlarining ol­dini olish, mamlakatda eksportni rag'batlantirish va valuta resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlashgayo'naltirildi. O'tgan yilda milliy valuta- ning AQSH doliariga nisbatan nominal devalvatsiyasi 4,0 foizni tashkil etdi, bu esa 2006-yilga nisbatan 1,1 foizh bandga pastdir.
Milliy valuta almashuv kursining maqsadli parametrlar doirasida bo'lishi va uning devalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi iste'mol tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo'shimcha omil sifatida xizmat qildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy omillarning ich­ki bozorga salbiy ta'sirining oldini ohsh maqsadida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamg'armasiga 2007- yil oxiriga kehb 1132 mln. dollardan ko'proq mablag'lar mujassamlash- tirildi. Ushbu mablagiar iqtisodiyotda pul massasining asossiz o'sishining oldini olish orqah ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda1.
Agar O'zbekistonda inuomaladagi pul massasining ko'payishi oqi­batida, tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo'lganda dollarning so'mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
27.5. Valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi
Xalqaro valuta munosabatlari o'ta beqaror, noaniq va tez o'zgaruvchi jarayon bo'lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy ham- korlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiya- si (XRA) kabilarni kiritish mumkin.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish