Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB)



Download 61,19 Mb.
bet296/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valuta-moliya sohasida ko'mak- lashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990-yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog'liq turli ko'rinishdagi dastur va loyi- halarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo'jahgiga mos- lashuvini jadallashtirishga ko'maklashishga yo'naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o'tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bor­moqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga mohyaviy yordam ko'rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko'mak berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo'nalishi sifatida ko'proq iqtisodiy maqsadlar- ning ilgari surilishi kabi jihatlarga e'tibor kuchaytirish zarur bo'ladi.
Xulosalar
1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo — bu turli davlat milliy xo'jaliklari o'rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mav- jud bo'lsada, faqat XIX asrga kelib, ya'ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

  1. Kapital eksport qilish ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo'yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqaril­gan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablagiar oqimini taqozo qiladi va shu orqah tasarrufida boigan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mam­lakatdan boigan qarzlarini ko'paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.

  2. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salo- hiyati (eksport imkoniyatlari) — bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o'z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkaz- magan holda jahon bozorida sotishi mumkin boigan qismi.

  3. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milhy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo'yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta'sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to'liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

  4. Iqtisodiy bitimlar — qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar, ko'rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huqu­qining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o'tishi bo'yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo'ladi va shu sababli to'lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to'lov balansining debet va kredit qismlarida o'z ifoda­sini topadi.

  5. Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi to'lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisob­lanadi. Milliy valuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag'batlantiradi.

  6. Pulning jahon xo'jahgida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromad­lar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar — xalqaro valuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning xalqaro to'lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.

  7. Har qanday valuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat valutasidagi ifodalanishini ko'rsatadi.

  8. Nazariy jihatdan valuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qihsh layoqatining paritet (turh mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko'ra, kUrslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste'mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qihnadi.

Asosiy tayanch tushunchaiar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish