Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet3/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mayjud bo'lishi va rivojla- nishi uchun zarur bo'lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u tak­ror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang'ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlajiadigan va ni- hoyat, iste'mol qilinadigan narsalar bo'lmaydi.
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshi- rish lozim: ekin tnaydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug' qadash va unib chiqib, to hosil yetishguncha parvarishlash; g'allani o'rish va don omborlariga joylash; donni tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tay- yorlash. O'z o'raida, har bir jarayon uchun kerakli bo'lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo'ladi. Masalan, ekin rnaydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug' qadash uchun seyalkalar; g'allani o'rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashi- nalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo'lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to'xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.
Taqsimot ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtiso- diyotning turli qism va subyektlari o'rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng awalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi ku- chi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o'rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo'lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko'rinishi bo'lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga keraldi resurslar - traktorlar, omochlar, seyal­kalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar - barchasi taqsimot jarayonidan o'tadi. Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo'yicha o'z o'rnilarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo'lgan non mahsulotini so- tishdan olingan daromad ham turli kasb egalari - traktorchi, haydov- clii, dehqon, ishchi va nonvoy o'rtasida, mulk egalari o'rtasida taqsim­lanadi. Ular mahsulotdagi o'z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, renta ko'rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to'g'ri bo'lsa, ishlab chiqarishning yuk- salishiga shuncha ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uni rag'batlantiradi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish