Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


FSMU texnologiyasi  asosida quyidagi savolga



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/103
Sana19.12.2020
Hajmi0,86 Mb.
#53529
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

FSMU texnologiyasi  asosida quyidagi savolga 
javob bering
1. Yozma nutq rivоjlаnishigа qаndаy оmillаr tа’sir qilаdi?
F
Fikringizni bayon eting.
S
Fikringiz bayoniga biror 
sabab ko

rsating.
M
Кo

rsatilgan sababni tushuntiruvchi 
misol keltiring.
U
Fikringizni 
umumlashtiring.
II bo‘lim. 
 IMLOVIY ME’YORLAR
3-§. O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING ASOSIY QOIDALARI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan 
so‘ng o‘zbek tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to‘la 
ifodalay oladigan yozuvga – alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.
1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy 
etish  to‘g‘risida»  Qonun  qabul  qildi.  Bu  alifbo  31  harf  va  1 


21
tutuq  belgisidan  iborat  edi.  Yangi  alifbodagi  ba’zi  harflar  jahon 
aloqa-aralashuv  (kommunikatsiya)  tizimiga  kirishimizda  ma’lum 
qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligi hisobga olinib, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda «Lotin yozuviga 
asoslangan  o‘zbek  alifbosini  joriy  etish  to‘g‘risida»gi  Qonunga 
o‘zgartirishlar  kiritish  haqida  qaror  qabul  qildi.  Qarorga  binoan, 
lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 ta 
harflar birikmasi va tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi 
alifbo asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova tarzida «O‘zbek 
tilining  asosiy  imlo  qoidalari»  tasdiqlanib,  unda  harflar  bilan 
tovushlar mutanosibligi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib 
yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflar imlosi, 
ko‘chirish qoidalari o‘z ifodasini topgan.
Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi «O‘zbek orfog-
rafiyasining  asosiy  qoidalari»dan  tubdan  farq  qiladi.  Jumladan, 
tovush-harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan
morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina 
qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z 
qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha 
qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, 
-nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni 
ko‘rsatuvchi arab raqamlariga ham tatbiq etilgan va boshqalar. 
Ikkinchi  qismi  turdosh  ot  bo‘lgan  geografik  nomlar  (Qoratog‘), 
sifat  va  atoqli  otlardan  tuzilgan  geografik  nomlar  (Shimoliy 
Kavkaz)  yozilishi  kabi  ayrim  qoidalar  ancha  ixchamlashgan. 
Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari 
qo‘shilishidagi holat alohida izohlangan; men, sen olmoshlariga 
-ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi  n 
tovushi aytilmasligi va yozilmasligi aniq qilib tushuntirilgan va 
hokazolar. 


22
«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» quyidagi bo‘limlardan 
tashkil topgan:
– harflar imlosi (unlilar va undoshlar);
– asos va qo‘shimchalar imlosi;
– qo‘shib yozish;
chiziqcha bilan yozish;
– ajratib yozish;
– bosh harflar imlosi;
– ko‘chirish qoidalari.
«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» 26 harf, 3 ta 
harfiy birikma va tutuq belgisidan iborat. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish