Shahar qurilishi va loyihalash asoslari



Download 153,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2022
Hajmi153,65 Kb.
#429912
TuriReferat
Bog'liq
Qo\'ldashev Nurillo 6-20 work shop



FARG’ONA POLITEHNIKA INSTITUTI 
 
QURULISH FAKULTETI SHQ VA X 
 
6-20.GURUH TALABASI QO’LDASHEV NURILLONING 
 
“SHAHAR QURILISHI VA LOYIHALASH ASOSLARI” 
FANIDAN 
 
TAYORLAGAN 
 
REFERAT 
 
 
Bajardi: Qo’ldashev.N 
Qabul qildi: Nasriddinov.X 


Mavzu:Turar joy binolarida sanitariya-gigiena talablari, yoritilganlik, 
insolyasiya va shamollatishdagi yuzga keladigan muammolar va ularni 
yechimlari. 
 
2.1. Turar-joy binolari qurish va rekonstruksiyalash O‘zbekiston Respublikasi 
hududida amal qilayotgan qurilish normalari va qoidalari talablari asosida bajarilgan 
loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.Turar-joy binolarini loyihalashda 
odamlarning sog‘lig‘i va hayotini saqlash, atrof-muhitni saqlash, uzoq vaqtga 
chidamlilik, ta'mirlashga yaroqlik, energiya tejamliligini ta'minlovchi choralar va 
boshqa talablar amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiq ko‘zda tutilishi kerak. 
2.2. Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik 
loyihasi bo‘yicha ShNK2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 
2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozision-tarxiy yechimlari, shaharsozlik 
loyihasiga muvofiq, ushbu normalar talablariga, yong‘in va zilzila xavfsizligi ShNK 
2.01.02 va KMQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi. Ommaviy uy-joy qurilish 
uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizasiyalashtirilmagan) 
shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim. 9-12 qavatli binolar yirik 
shaharsozlarning markazida qurish uchun qo‘llash mumkin; 16 qavatli binolar maxsus 
(alohida) asoslar bo‘yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo‘yicha qo‘llaniladi. 
Qariyalar va nogironlarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali turar-joy 
binolar, hamda internat-uylar 3 qavatdan baland bo‘lmasligi kerak. 
2.4. Ko‘p xonadonli va ixtisoslashtirilgan turar-joy yo‘riqnomada foydalanuvchi va 
ta'mirlovchi tashkilotlarga, kvartira egalari, bino ichidagi va taqab solingan xizmat 
ko‘rsatish xonalari ijarachilariga xavfsiz foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha 
ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 


2.5. Turar-joy binosini qayta-tiklash loyihasida binodan foydalanish jarayonida kelib 
chiqqan konstruktiv sxemadagi o‘zgarishlar, shu jumladan yangi konstruksiyalariga 
tushadigan yuklarni o‘zgarishlari hisobga olinishi kerak. Qayta-tiklash loyihasi 
o‘rnatilgan tartibda manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan uy-joy egalari bilan 
kelishilishi kerak. Turar-joy binolari shu tariqa loyihalanishi, qurilishi va jihozlanishi 
kerakki, unda yashovchilar xonadon va uy ichida harakatlanayotganida, shuningdek 
uyga kirish va chiqishda, uning qismlaridan va muhandislik jihozlaridan, uy tevarak- 
atrofidan foydalanishida jarohat olish xavfi bo‘lmasligi kerak. Turar- joy bino xonalari 
unga yomg‘ir, qor-muz yoki yer-osti suvlari va foydalanish jarayonida favqulodda 
vujudga kelgan suvlarni kirishidan konstruktiv vositalar (tadbirlar) va texnik 
moslamalar bilan himoyalanishi kerak. 
2.7. Binoning kiraverishidagi xona polining satxi kirish oldidagi trotuar satxidan 
kamida 0,15m baland bo‘lishi kerak. amaldagi normalar bo‘yicha va ushbu 
normalarning 5.9b. bo‘yicha qilinadi. Binolarda o‘tish va mashinada o‘tish 
yo‘laklarini KMK 2.01.03 dagi 2.8. Turar-joy binolarini loyihalash O‘zbekiston 
Respublikasi hududini KMK 
2.01.01 
ga muvofiq qurilish-iqlimiy mintaqalashtirishga mos ravishda, mintaqa va 
mintaqa ostilar asosiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak: 

mintaqa – saxro iqlimi tasirida bo‘lgan, o‘ta noqulay yozgi sharoitli hududlar.I 
mintaqada ayniqsa yuqori davomli jazirama davrli IA va IB ostmintaqalar, havosi 
yuqori darajada changli IA, IB va IG ostmintaqalarga ajratilgan, IG ostmintaqa sovuq 
qishi bilan ajralib turadi. 
II 
mintaqa – tog‘oldi vohalar, tabiy-iqlimiy va landshaft sharoitlari nisbatan yaxshi 
bo‘lgan vodiylar va yassitog‘li tumanlar. 
III 
mintaqa – tog‘li hududlar – o‘tanoqulay qishgi sharoitlari bilan ajralib turadi. 


Mintaqalar va ostmintaqalar tabiy-iqlimiy sharoitlari xususiyatlarini hisobga olish 
bo‘yicha talab va tavsiyalar ushbu loyihalash normalari matnida keltirilgan. 
O‘zbekistonning ma'muriy tumanlari bo‘yicha qurilish iqlimiy zonalari va 
ostmintaqalari ro‘yxati 4-ma'lumot ilovada keltirilgan. 

qurilish-iqlimiy mintaqada turar-joy binolarining arxitektura- tarixiy yechimlari 
istiqomatgohni yozgi jazirama, shamol va changdan himoyalashni ta'minlashi kerak. 
Yashash xonalarini chang-to‘zon ta'siridan himoyalangan hovli bo‘shliqlariga 
ochilishini ta'minlaydigan, maksimal keng korpusli turar- joy uylarning ixcham 
qurshalgan (o‘ralgan) yoki yarim qurshalgan (o‘ralgan) kompoziasion- tarxiy 
yechimlarini qo‘llash tavsiya qilinadi; ko‘p qavatli uylarda uy strukturasi ichiga 
joylashgan oynavand peshayvonlar, kam qavatli uylarda esa yopiq hovlilar qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir. 
II 
qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy yechimlar iqlimning orombaxsh 
sharoitlaridan maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda istiqomatgohni ortiqcha 
jaziramadan himoyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak Jaziramadan himoyalash 
soyabonlash, istiqomatgohni tashqi-ko‘kalamzor muhitga ochish, orombaxsh salqin 
shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda shamollatish hisobiga ta'minlanadi. 
III 
qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy yechimni tanlashda yetakchi omil, 
bu istiqomatgohni qish davrida o‘tanoqulay iqlim tasiridan himoyalashdir. 
Istiqomatgoh va peshayvonlar asosan janubiy (janubi-sharq, janubi-g‘arb) ufqqa 
qaratilgan, ixcham kompozision-tarxiy yechimlar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
2.9. Xonadon fondining turar-joy binolari xonadonlarga bittadan oilani ko‘chib 
kirishi va yashovchilarni turar-joy bilan O‘zbekiston Respublikasi «Turar-joy 
kodeksi»ga muvofiq ta'minlash shartidan kelib chiqib loyihalashtirilishi kerak. 
Istiqomatgoh maydonining hisobiy ko‘rsatkichlari ta'minlanganlikning erishilgan 
darajasini, «Buyurtmachining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini, qurilishni resurs 
bilan ta'minlanganligini hisobga olgan holda loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi, 


lekin 1 odamga umumiy maydon 10 m2 dan, kreslo- aravachadagi nogironlar uchun 
esa 23 m2 dan past bo‘lmasligi kerak. Izoh: Istiqomatgoh maydonini ijtimoy normasi 
xonadonning yashash va yordamchi maydon maydoni peshayvonlarini(oynavand, 
oynaklangan(ochiq)) hisobga olmagan holda ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 
2.10. Yashash xonalari va oshxonalarni polidan shipgacha balandligini: I-II mintaqa 
sharoitida kamida 2,8m qabul qilish lozim (yaxshilangan va yuqori qulaylikli turar-
joyda esa, kamida 3m tavsiya qilinadi); III zona uchun 2,7m balandlikka yo‘l 
qo‘yiladi. Izohlar: 1. Uy qurilishi korxonalari buyumlaridan quriladigan uylarda 
hamma zonalar uchun balandlik 2,8m bo‘lishi mumkin (poldan shipgacha). 
2. 
Yordamchi xonalar balandligini 2,4m gacha pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
3. 
Qayta tiklanayotgan binolarda, hamda bolaxona qavatlarda yashash va 
yordamchi xonalar balandligi loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. 
2.11. Yashash xonalarini yerto‘la va sokol qavatlarida joylashtirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
2.12. Yashash xonalari, oshxonalar, oqovalashtirilmagan hojatxonalar, zinapoya 
bo‘lmalari (xonadon ichidagidan tashqari), yo‘lakli tipdagi binolarda umumiy 
yo‘laklar, vestibyullar, hamda bino ichidagi jamoat xonalari tabiiy yoritilgan bo‘lishi 
kerak. Tabiiy yoritishni KMK 2.01.05 ga muvofiq, xonalar uchun pol satxida tabiiy 
yoritilganlik koeffisietini (TYoK) normalangan qiymatini 5- majburiy ilovaga 
muvofiq qabul qilib loyhalashtirish lozim. Bu holda yorug‘lik proyomlari maydonini 
yashash xonalari va oshxona pollari may doniga nisbati, qoida tarzida, 1:5,5 dan ko‘p 
bo‘lmasligi, minimal nisbati I va III mintaqalarda 1:10 dan va II mintaqada 1:8 dan 
kam bo‘lmasligi kerak; mansard qavatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nisbat hamma 
mintaqalarda 1:10 qilib qabul qilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Yo‘lakli tipdagi binolar umumiy yo‘laklar derazasini yuzasi pol yuzasining 1/16 
qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Tashqi devordagi yorug‘lik proyomlari orqali bir 


chekkadan (toresdan) yoritilganda, yotoqxonalar umumiy yo‘laklarining uzunligi 24m 
dan, ikki chekkasidan bo‘lganda 48m dan oshmasligi kerak. Yo‘laklar uzunligi bundan 
ko‘p bo‘lsa yorug‘lik karmonlari orqali qo‘shimcha tabiy yoritish ko‘zda tutilishi 
kerak. Ikki yorug‘lik karmonlari orasidagi masofa 24m dan, yorug‘lik karmoni bilan 
yo‘lak oxiridagi (toresdagi) yorug‘lik proyomi orasidagi masofa 30 m dan oshmasligi 
kerak. Yorug‘lik karmonining kenligi (eni) uning chuqurligini yarmidan kam 
bo‘lmasligi kerak (yondosh yo‘lak kengligi hisobsiz). Yorug‘lik karmoni xizmatini 
o‘tashi mumkin bo‘lgan zinapoya bo‘lmasi orqali, uning ikki tomonida joylashgan 
yo‘laklarni 12m gacha yoritish mumkin. Izoh: Yotoqxonalarda ikki kishilik yashash 
yacheykaning taxmon- oshxonasini va kichik gabaritli bir xonali xonadonlardagi 
elektrplita va shamollatgich (tashqariga tortish) jihozli taxmon-oshxonalarni tabiiy 
yoritishsiz loyihalashga yo‘l qo‘yiladi. 
2.13. Tabiiy yoritilgan xonalar, framuga, darcha (fortochka) yoki boshqa qurilmalar 
orqali shamollatilishi ta'minlanishi kerak. Kvartiralar to‘g‘ri yoki burchaklama 
shamollatish bilan ta'minlanishi kerak, tik yo‘nalishda shamollatishga (aerasion 
shaxtlar orqali) ham yo‘l qo‘yiladi, bunda har bir shamollatish shaxtasiga bitta kvartira 
biriktiriladi (ulanadi). Havoni bir kvartiradan boshqasiga oqib o‘tishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi kerak. Bir tomonlama joylashgan bir va ikki xonali kvartiralarni 
oynaklanmagan xoll maydonchalar, zinapoya bo‘lmasi yoki tashqariga ochiq 
kvartiradan tashqari xonalar orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi. Yo‘lakli (qoridor) 
turdagi yotoqxona binolarida yashash xonalarini bevosita tabiiy yoritilgan va to‘g‘ri 
yoki burchaklama shamollatiladigan, uzunligi 24m gacha bo‘lgan umumiy yo‘laklar 
(qoridorlar) orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi. 
2.14. Turar-joy binolarini tarxlanishi (planirovkasi) joylanishi va ufqqa nisbatan o‘rni 
yashash xonalarini 22 mart–2 sentyabr davrida uzluksiz davom etadigan insolyasiyasi 
2,5 soatdan kam bo‘lmasligini ta'minlashi kerak; kun davomida insolyasiyaning 
umumiy vaqti 0,5 soatga oshganda yashash xonalarini insolyasiyasi bir marta 
uzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bir, ikki va uch xonali xonadonlarda kamida bir xonada; 


to‘rt, besh-olti xonalikda kamida ikki xonada insolyasiyani normalangan davomiyliligi 
ta'minlanishi kerak. Yotoqxonalarda qoida tarzida yashash xonalarining kamida 60%, 
internat-uylar esa kamida 75% insolyasiya qilinishi kerak. Izoh: Turar-joy binolarini 
joylashishini, ufqqa nisbatan o‘rni, binolar oralig‘i ShNK 2.07.01 talablariga muvofiq 
bo‘lishi kerak. 
2.15. Turar-joy binolari ufqqa nisbatan noqulay joylashganda yashash xonalarini 
ortiqcha quyosh radiasiyasi va jaziramadan saqlash ko‘zda tutilishi kerak. I va II 
mintaqalarda yashash xonalari derazalari ufqning g‘arbiy qismiga 200-290° oralig‘ida 
qaratilmasligi kerak. Ufqning ko‘rsatilgan qismiga: ikki xonali kvartirada – bitta 
xonani, uch xonalikda- ikkitagacha, yotoqxonalarda – soyabon qurilmasi bo‘lganda 
yoki maxsus oynaklangan bo‘lsa, ko‘pi bilan 25% yashash xonalari qaratilishiga yo‘l 
qo‘yiladi. 
I va II mintaqalarda yashash xonalari ufqning 200-290° sektoriga qaratilganda tashqi 
soyabon qurilmalari qo‘llaninishi kerak; turar-joy qo‘llanilishi kerak; turar-joy 
qulayligi «yaxshilangan» va «yuqori» klassida soyabon qurilmasi: I mintaqada-70-
290° oralig‘ida, II mintaqada – 180-290° oralig‘ida qo‘lanilishi kerak. 
II 
mintaqada soyabon 1-4 qavatli binolarda ko‘kalamzorlash vositasi bilan 
ta'minlanadi. I mintaqada ko‘kalamzorlash hisobiga erishiladigan soyabon 2 
qavatgacha bo‘lgan binolarda samaralidir. IA va IG ostmintaqalarda sidirg‘a (teshik-
telugsiz) soyabon tavaqalari qo‘llash tavsiya etiladi. 
2.16 Tashqari muhitga ochilmaydigan zinapoya bo‘lmalari har qavatda tashqi 
devordagi deraza orqali yoritilishi kerak; bunda deraza yuzasi 1,2 m2 dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Shamollatish har qavatdagi derazalarni ochish yo‘li bilan 
ta'minlanadi. Tepadan (zenitniy) yoritilgan L2 turdagi zinapoya bo‘lmasini 5.14b. 
talablarini hisobga olgan holda 3 qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llashga yo‘l 
qo‘yiladi.


2.17. Yong‘inga qarshi maqsad uchun mo‘ljallanmagan yozgi xonalar (peshayvonlar) 
oynavand qilib loyihalanishi kerak (balkon, ayvon va hovlichalardan tashqari). 
Qo‘shni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, ehtiyot chiquvlar (avariyniy vixod), tutun 
kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‘tish uchun ishlatiladigan yozgi 
xonalar (balkonlar, lodjiyalar) oynaklanmaydi.
2.18. Shovqinni yo‘l qo‘yilgan darajasi KMQ 2.01.08 talablariga muvofiq va 6 
majburiy ilovadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qabul qinishi lozim. 
2.19. Turar - joylarni kriminal (jinoiy) xatti harakatlar va ularning oqibatidan himoya 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutiladi (derazalar, 
kirish eshiklari, chordoq, yerto‘la va boshqa xonalar eshiklariga himoya 
konstruksiyalari qo‘llash, qo‘riqlash signalizasiyasi va nazorat tizimi (sistema) 
o‘rnatish, domofonlar, kodli qulflar, va b.) 

Download 153,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish