Shaharsozuk tarixi


Toshkent. Moliya xizmatlari banklararo markazi, 2000-y



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

Toshkent. Moliya xizmatlari banklararo markazi, 2000-y.
176


hamda oyna sirtlaridan aks etuvchi shulalar mijozlarga benihoya yoqimli 
zavq bag'ishlaydi.
Devorlar arxitekturasi qoraytirilgan shisha, kulrang italiya graniti 
va alyuminiy varaqlari bilan birgalikda muvaffaqiyatli hal etilgan. 
Uyushiqli uslubdagi bu yechim omilkor va zamonaviy bo'lib, shu 
xildagi inshootlar uchun jahon andozalariga mos keladi. Bino qurilishi 
a’lo sifatliligi bilan ajralib turadi.
Mehmonxonalar
Amir Tem ur va Alisher Navoiy ko'chalari kesishgan shimoliy 
chorrahada mustaqillik yillarida qayta qurilgan «Dedeman« mehmon­
xonasi joylashgan (sobiq «Do'stlik»).
Mavjud «Dedeman« mehmonxonasi alohida-alohida turgan ikki 9 
qavatli bloklardan iborat: Alisher Navoiy ko'chasi bo'ylab turgan «А» 
bloki va unga ko'ndalang turgan, old devori Amir Temur ko'chasiga 
qaragan «V» bloki. H ar ikkala blok qayta tiklandi va yangi «S», «D» 
va «Е» bloklari qurildi.
«А» va «V» bloklari o'rtasida joylashgan o'n qavatli, old tomoni 
avtoshohrohlar chorrahasiga qaragan «S» blokida quyidagilar joylashgan: 
birinchi qavatda vestibyul guruhi, ikkinchi qavatda restoran, shuningdek 
tik chiziqli zina va liftlar bor. Ular «А» va «V» bloklarining to'qqiz 
qavatini qavatlardagi xollar bilan ulab turadi. «А» va «V» bloklari 
ortida joylashgan. «D» blokda erosti garaji va jamoatchilik ovqatlanish 
majmui mavjud.
360 o'rinli 188 turar-joy xonalari mehmonxonaning 2-9 qavatlarida 
o'rin olgan. 9-qavatda turar-joy xonalari, shu jumladan Prezident 
apartamentlari, barcha zaruriy xonalarga ega xoll, 10 qavatda esa 
ochiq yozgi qahvaxona — tomosha maydonchasi joylashgan.
Umuman bu ofis, m a’muriy, servis xonalari, muzokaralar zallari
restoranning har taraflama xizmat ko'rsatadigan kichik ziyofat zali va 
sog'lomlashtirish sport majmui bo'lgan jahon andozalaridagi uch 
yulduzli otellar sirasiga kiradi.
«Le-Meridian» mehmonxonasi (sobiq «Toshkent») shahar markazida 
Buyuk Turon ko'chasida Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri 
qarshisida joylashgan. Mehmonxona asosiy kirish qismi Buyuk Turon 
ko'chasi tom onda bo'lib, xo'jalik hovlisiga Sh.Rashidov ko'chasi 
lomondan kirish mo'ljallangan. Binoning shimol tomonida avtomobillar 
lurish joyi tashkil etilgan.
12 — T-31-3
177


M ehmonxona binosi 1958-yilda qurilgan (arxitektorlar M. Bulatov, 
L. Karash).
Bino fasadlari qayta qurildi va devor bo‘yoqlari bilan bo'yaldi. 
D evorda mavjud granit qismi qayta tiklandi. Y og'och derazalar 
alyuminiy derazalarga almashtirildi va hokazo. Ichki pardozda ham 
a’lo sifatli pardoz ashyolari: sopol taxtachalar, marmar, gulqog'oz, 
parket va hokazolardan foydalanildi, natijada intererlar yorug‘ va badiiy 
jihatdan go‘zal qilib bezatildi.
Bino qayta tiklangandan keyin to ‘rt yulduzli mehm onxonaga 
aylantirildi, u yerda 185 ta qirollik xonalari, 67 ta ikki o'rinli xona va 
16 ta lyuks xona bo'lib, jami yashash uchun barcha qulayliklar mavjud 
265 xona bor. Bu barcha xonalar ikkinchidan beshinchi qavatgacha 
joylashgan. O ltinchi qavatda texnik xonalar va yettinchi qavatda 
oynavand ravoqli restoran joylashgan. Mehmonhonaning qayta qurilishi 
xalqaro andozalarga javob beradi, turli-tuman xizmatlar ko'rsatiladi, 
unda biznes markaz, bar, restoran, majlislar zali va savdo majmualari 
o'rin olgan.
Amir Temur ko'chasida Xalqaro Savdo ko'rgazma majmui (XSKM) 
qarshisida «Redisson» mehmonxonasi joylashgan, unda 111 xona o'rin 
olgan: 86 ta xona ikki kishilik karavoti bilan, 18 ta ikki o'rinli xona va
7 ta lyuks xonalar. Matbuot zali, biznes markaz joylashgan bo'lib, 
ular mos ravishda ofis jihozlari va xonalari bilan ta ’minlangan, xonalar 
birinchi qavatda bo'lib, lobbi, do'konlar, m a’muriy xonalar ham 
shunga kiradi. Binoning olti qavatida mehmonxonaning tegishli xonalari 
bo'lgan barcha mehmonbop nomerlari qulay joylashgan.
Samarqand shahridagi «Afrosiyob» mehmonxonasi (arxitektor M. 
Vohidov, 1995-y.) eski shahar bilan yangi shahar to'qnashgan joyda 
bo'lib, bir tomondan G o'ri A m irva Ruhobod maqbaralari arxitekturaviy 
yodgorliklari bilan, ikkinchi tom ondan Samarqand ma'muriy xo'jalik 
markazi va opera hamda balet teatri bilan bevosita yaqinlikka ega.
Eming murakkab relefi va mehmonxonaning bu qadar mas’uliyatli 
joyda joylashuvi qavatlilikka, hajm-rejaviy yechimga, bino kompozi- 
siyasiga ta ’sir o'tkazmay qolmagan, u markaziy negiz — ichki hovliga, 
ochiq suzish havzasiga ega bo'lib, tevaragida turar-joy va xizmat 
ko'rsatuvchi bino qad ko'targan. Xonalari bir va ikki o'rinli hamda 
lyuks toifasidagi nomerlardan iborat. Mehmonxona jami 500 meh- 
monni o'z bag'riga oladi.
M ehmonxona tarkibiga ikki restoran, ikki banket zali, tungi bar, 
choyxona, sog'lomlashtirish klubi kiradi. Xandaq qazish chog'ida
178


(ladimshunoslik topilmasi topilgan joyda qadimshunoslik bar-muzeyi 
(ju rilgan. M ehmonxona yashash uchun barcha qulayliklarni muhayyo 
cluvchi zamonaviy muhandislik tizimlari bilan jihozlangan.
Bir zamonlar bu yerda qal’a bo‘lganligi binoning derazalarsiz qal’a 
ko‘rinishida qurilishiga turtki bergan, unda pishiq g'ishtdan uncha 
katta bo'lm agan shinaklar yasalgan. M ehm onxonadan sal narida 
devorlari zamonaviy usulda qismlarga bo'lingan, oyna va betondan 
qurilgan zamonaviy bino qad ko'tarib turibdi.
«Buxoro» mehmonxonasi ( 0 ‘zLITTI instituti, 19%-y.) Buxoro 
shahrining markaziy qismida «Inturist* mehmonxonasi va bilimlar 
uyi yonida, Buxoro shahar m a’muriy marka/ining shundoq yaqinidagi 
maydonda joylashgan. Joylashgan joy va erning haddan tashqari tangligi 
bino qavatligiga va hajm-reja echimiga ta’sir qilgan.
Tuzilish jihatdan butun bino 11 qavalli, tcpasi oynavand tom bilan 
yopilgan ichki atrium atroflda mujassam. Atriumdagi sakkizinchi qavat 
barobarida tashlangan osma ko'prikday bar osilib turibdi. Atrium 
atroflda ayvonchalari bilan xonalar sal'tortgan. Xonalar jamlamasi bir 
va ikki o ‘rinli xonalar hamda 
lyukN 
xonalardan iborat. Mehmonxona 
hammasi bo‘lib 430 mchmonni bag’riga sig'dira oladi.
M ehmonxona tarkibiga ikki restoran, ikki ziyofat zali, tungi bar, 
choyxona, sog'lomlashtirish klubi kiradi. Atriumdagi keng-kovul xoll 
ochiq suzish havzasi joylashgan indnnonxona ichkari hovlisi bilan 
bog‘langan. Mehmonxona yashash uchun qulay sharoitlar tug‘diruvchi 
barcha zamonaviy muhandislik li/imlari bilan jihozlangan.

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish