Shaharsozuk tarixi


Madaniy-tomosha muassasalari



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

Madaniy-tomosha muassasalari
arxitekturasi
«Turkiston»saroyi. 
M ustaqillik yillarida birinchilar qatorida 
Mustaqillik maydonidan shimolda Anhor arig'i yoqasida «Turkiston» 
saroyi qurilishi tugallangan (Yu. Xaldecv, F. Tursunov, 1993-y.) Uning 
loyihasi 1966-yilda taklif etilgan va 1989— 1991-yillarda qurilgan, biroq 
rus drama teatri sifatida tugallanmay qolgan edi (Yu. Xaldeev). Bino 
yer bag'irlagan, devorlari ulkan uslublashtirilgan muqarnas yo‘l bilan 
birlashtirilgan bahaybat hajm va qop-qorong‘i intererlar arxitekturasiga 
ega edi — bular barchasi qayta qurildi.
Bosh fasadi ro'parasida afsonaviy Humo qushi tasvirlangan (rassom 
В Jalolov) haykal o'm atilgan, dabdabali pog'onador zina saroyning 
oppoq binosiga olib kiradi.
Foyening oynavand devoridan shahar manzaralari va Mustaqillik 
maydoni ko'rinib turadi. Saroyga kiraverishda tomoshabin ko'zi oldida 
vestibyul va foye uzra o'rtasiga Xumo baxt qushi suvrati tushirilgan 
oppoq turk palosi namoyon boiadi. Yuqorida esa Turkistonningmoviy 
va sariq ranglarda bajarilgan tarixiy shaharlari manzaralariga duch 
kelasiz.
Foyening chap qanotida dam olish joyi qilingan bo'lib, tegishli 
dizaynerlik bezaklari (keramika, islimiy va hokazo) ЬДап oro berilgan. 
Foyening o'ng qanotida Bahodir Jalolovning «Umar Xayyom orzulari» 
degan ajoyib devoriy naqshu nigorlari bilan tanishish mumkin.
Shinam zalga suyri shaklda qurilgan, ganch o'ymakorligi bilan zeb 
berilgan, kundal uslubida moviy va zarhal ranglar bilan jilolangan 
gumbaz chiroy bag'ishlab turibdi. O'zbekiston xalq ustalari ishtirokida 
qunt bilan ijro etilgan saroy ichkarisi Toshkent va Respublikaning
/
159


Toshkent. «Turkiston» saroyi, 1993-y.
Arxitektorlar F. Tursunov, Yu. Xaldeev.
viloyat markaziaridagi keyingi inshootlar qurilishiga o'z ta’sirini o'tkaz- 
may qolmadi.
3200 o ‘ringa mo'ljallangan «Turkiston» xalq tomoshalari teatr- 
sahnasi («Toshkentboshreja», 1993-y.) Anhorning manzarador yoqasida 
qad ko'targan bo'lib, «Turkiston» teatr-madaniy majmuasi davomi va 
uning bir qismi hisoblanadi.
U ham an ’anaviy xalq tomoshalari, ham zamonaviy o'yin-kulgi 
tadbirlari o'tkazishga mo'ljallangan.
Inshootning rejaviy va funksional tuzilishida ochiq havoda xalq 
tomoshalari o'tkaziladigan an’anaviy kenglik shakllari hisobga olingan. 
Amfiteatming tarang chiziqlari sahnani qadimgi tcatrlarga o'xshab 
qamrab olib, joy relefiga uzviy kirishib ketgan. Rejisscr-postanovkachi 
fikriga ko'ra, tomosha yoki nutq kenglikda qanday ijro etilishiga bog'liq 
holda tomoshalami sahnalashtirishning bir necha variantlarini qilish 
mumkin.
Bunday imkoniyatlar ikki maydondan iborat sahnaning echimiga 
havola etilgan: sahna (arena)) va o'zining yon va orqa maydon 
qismlarida bir necha darajada segment shakliga ega asosiy frontal sahna. 
An’anaga ko'ra, markaziy sahna (arena) dorbozlar, kurashchi polvonlar 
tomoshalari o'tkazishga mo'ljallangan.
Xalq qiziqchi va masxarabozlari arenada ham, sahnada ham
tomosha ko'rsatishlari mumkin.
160


Konsertlar va boshqa zamonaviy tomoshalar ssenografiyasi cheklan- 
magan, amfiteatr uzunligi bo‘ylab joylashgan ayvondan foydalanish 
ham shunga kiradi, shu erda 200 o ‘rinli qahvaxona ham bor. Ko‘psonli 
va yirik gabaritli nur texnikasi va ovoz jihozlarini joylashtirish uchun 
uchida toji bor qiya tirkaklardan iborat maxsus arxitektura inshooti 
yaratilgan.
Toshning panjarasidan tomoshaning turh-tum an buyumlarini va 
bezak ashyolarini osish uchun ilgak sifatida ham foydalaniladi.
Teatr tuzilishi va rejaviy echimida tabiiy unsurlar. relef, suv, dov- 
daraxtlar va ochiq havodan eng ko‘p darajada foydalaniladi.

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish