Шахснинг ривожланиши, тарбияси ва ижтимоийлашуви


Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining mohiyati va vazifalari



Download 0,63 Mb.
bet5/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#466299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
F S Abdullayeva “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish” modulini

1.1 Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining mohiyati va vazifalari.
O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish ta’lim samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga ta’lim berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim mohiyati va mazmunini shakllantirish takomillashtirish, ta’lim tizimini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o ’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo ’sh kelmaydigan insonlar bo ’lib kamol topishi, baxtli bo ’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz»;2 deb ta’kidlashlari yoshlar kelajagi uchun g’amxo’rlik alomatidir. O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy-intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu borada, ayniqsa, ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari kengroqdir. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning samarasi birinchi navbatda o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan kasbiy kompitentli kadrlar tayyorlashga bog’liq. Shunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. Ijodkorlik faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish, ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan tortib, to namoyon bo’lishigacha jarayonni o’z ichiga oladi. Shaxsning ijodiy faoliyat ehtiyoji uning harakatlarida yangi, ilgari maqsad qilib qo’yilmagan bunyodkorlik intilishini bildiradi. Ta’lim- tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarish, bolalik davridan boshlab o’z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh qobiliyatini rivojlantirish kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o’tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan kasbiy kompitentli kadrlarni voyaga etkazish garovi sanaladi.
Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko’tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bo’lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko’nikmalarni shakllantirish orqali talabalarning kasbiy kompitensiyalarini shakillantirishga erishiladi.
Mazkur maqsadga erishish uchun Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanidan yetarlicha bilim ko’nikma va malakalarga hamda quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko’zda tutilgan:

  • talabalarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo’lish;

  • texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;

  • kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha tushunchalarga ega bo’lish;

  • texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish;

  • texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;

  • mustaqil ravishda texnik ob’yektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;

  • texnik ijodkorlik bo’yicha sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;

  • respublikada talabalar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to’g’risida tushunchalarga ega bo’lish;

  • ta’lim oluvchini ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;

  • Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар стратегияси тугрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони «Халк сузи», 2017 йил, 8 феврал





  • texnik ijodkorlik to’garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;

  • to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;

  • sinfdan va maktabdan tashqari o’quv mashg’ulotlarida texnik ijodkorlikni shakllantirishning metodik asoslarini bilish; - ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.

Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologiya va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo’lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifalarni ham amalga
oshiradi.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida",
“Axborotlashtirish to’g’risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida", “Aloqa to’g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish