Шахснинг ривожланиши, тарбияси ва ижтимоийлашуви


Ijodkorlik tushunchasining mohiyati



Download 0,63 Mb.
bet6/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#466299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
F S Abdullayeva “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish” modulini

Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatda, ijod tushunchasi ma’lum bir istedodli odamlar tomonidan buyuk san’at asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anlatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlar yaratishdan iborat bo’lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o’ylab topishi, ozgina bo’lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayonga tasodif sifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim.
«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.
Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi, qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir.
Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kasbiy kompitensiyali kadrlar tayyorlashga bog’liq. Shunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.
Talabalarning ijodkorlik qobilyati, avvalo, uning har qanday ta’limiy faoliyat jarayonidagi o’ziga xos usullar bilan masala yechish, mashq bajarish, insho yozish, tajriba ishlarini amalga oshirishi jarayonida mustaqil fikrlashida namoyon bo’lishi lozim.
Talabalarning ijodi uning olgan bilimini hayotda ko’rgan dalil va hodisalarga bog’lay olishi, ularni to’g’ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to’laroq kirib borishdir.

O’qitishga individual yondashuv ta’lim jarayonining muhim talabidir. Ta’limga individual yondashuv faqat mashq ishlarida emas, balki o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o’qish, mustahkamlash va takrorlashlarda, uy vazifasini berish va darsdan tashqari qo’shimcha mashg’ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa talabalar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o’sishida yana bir o’ziga xos eshikni ochib beradi.


Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o’ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e’tibori, ularning qo’llab- quvvatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo’lgan ishonchini uyg’otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o’ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. talabalarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish;

  2. talabalarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo’yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;

  3. o’rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.

Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini anglab yetadilar. Buning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan istedodni anglay bilishi kerak. Bilim olish, aqlni peshlash, o’z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo’lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o’qib - o’rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
Talabalar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. Tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat insoniyatni olg’a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo’lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan.
Talabalarda texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlami egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlarni ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda mustaqil qo’llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxsiy xislatlarni shakllantiruvchi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishlarida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirishlarida ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo’lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi, havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo’lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. lkkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo’lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo’lgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlik faoliyati. Ma’lumki, faoliyat - yakuniy natijada insonning aniq mahsulot yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo’lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat - bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo’yicha bajariladigan jarayon va bu natijada faoliyat subyekti (subyektiv yangilik) uchun ham, boshqa kishilar uchun ham (obyektiv yangilik) yangilik bo’lmagan mahsulot yaratiladi. Bundan farqli ravishda ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko’pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika bo’yicha ijodkorlik masalalarni yechish va boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida subyektiv yoki obyektiv yangilikka ega bo’lgan mahsulot yaratiladi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish