Шахснинг ривожланиши, тарбияси ва ижтимоийлашуви


Talabalarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishdagi yondoshuvlar va ularning taxlili



Download 0,63 Mb.
bet7/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#466299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
F S Abdullayeva “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish” modulini

1.2 Talabalarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishdagi yondoshuvlar va ularning taxlili.
O’zbekistonda olib borilayotgan ta’lim islohoti bevosita uning demokratik, bozor munosabatlariga o’tish jarayoni bilan birga amalga oshmoqda. Mazkur jarayonlar mohiyatan pedagogik ta’lim tizimi kadrlar tayyorlash imkoniyatlarining tubdan yaxshilanishiga, jamiyatni og’ishmay rivojlantirish negizida umumjahon ta’lim muhitiga mos tarzda uzluksiz ta’lim tizimini yaratishga olib keladi. Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yilganligini ta’kidlash o’rinlidir. Bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish orqali milliy qadriyatlarga, atrof-muhitga nisbatan munosabatlarni ham kiritish mumkin. Ta’limdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangilikning xususiyatlari, pedagoglarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarning innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi. V.A.Slastenin, M.M.Levina,
M.Ya.Vilenskiy, o’zbek olimlaridan J.G’.Yo’ldoshev, R.J.Ishmuxamedov, U.Tolipov, N.Sayidaxmedov, N.N.Azizxodjaeva va boshqalar tomonidan bu muammolarning yechimi ustida izlanishlar olib borilgan va hozirda ham tadqiq qilinib kelinmoqda.
B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo’g’rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning barkamolligi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan o’ta olish masalalari bilan shug’ullanganlar. V.A.Slastenin yuksak barkamollikka, ijodiy faoliyatining davomiyligiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifati, sub’ektiv omillari esa insonning iste’dodi va qobiliyati, ishlab chiqarishdagi vazifalarni samarali hal qila olish mas’uliyati, mutaxassislikka yondashuvini kiritadi.
Yuksak kasbiy barkamollikka erishishning omillari sifatida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • iste’dod nishonalari;

  • uquvlilik;

  • qobiliyat;

  • iste’dod;

  • oilaviy muhit;

  • ta’lim muassasasi;

  • shaxsiy xatti-harakati.

O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:

  • intellektual-ijodiy tashabbus;

  • bilimlar kengligi va chuqurligi, intellektual qobiliyati;

  • ziddiyatlarga nisbatan hushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv,

  • yaratuvchilikka vujudan kurashchanlik qobiliyati;

  • axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayriodatiylik va yangilikka bo’lgan his-tuyg’u, aqliy barkamollik, bilimga bo’lgan chanqoqlik. V.A.Slastenin shaxsiy ijodkorlikni ro’yobga chiqarishning asosiy vazifalari deb quyida-gilarni belgilaydi:

  • ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;

  • pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;

  • samarali va ahamiyatli me’yorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;

  • o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi orqali shaxsiy rivojlanishni ta’minlash.

Demak, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatlarini rag’batlantiruvchi usul - faol ta’lim berish usuli hisoblanadi. Suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar eng ko’p tarqalgan va alohida xususiyatga ega bo’lgan ta’lim usullaridir.


Shu tariqa o’quvchilarning shaxsiy ijodkorligini shakllantirish kasbiy kompetensiyasining rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi. Respublikamizning barcha ta’lim jabhalarida bo’lganidek, ta’lim muassasalarida o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini sohasida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan faol ta’lim berish usullarini amalda tatbiq qilish ustida ijobiy ishlar qilingan. B.B.Boymetov o’quv mashg’ulotlarida asosan milliy naqshlarni chizishni taklif etgan bo’lsa, R.K.Rajabov ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ustoz-shogird tizimida talabalar bilan individual ishlashga ko’proq urg’u beradi. S.F.Abdirasilov «pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o’zlashtirgan n azariy bilimlar bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar orasida mustahkam bog’lanishlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi», deb ta’kidlaydi. K.M.Gulyamovning ilmiy tadqiqot ishi keyingi vaqtda innovatsion texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq qilinishi, ta’lim mazmunini boyitish, uni takomillashtirish va o’quvchilar bilimini o’zlashtirishda jadallashtirish, hamkorlik hamda yakka tartibda ta’lim olish va ta’limni kompleks loyihalashtirish muammolarini yechishga qaratilgan. Bu jarayonda shaxs o’zining fikri, diqqat-e’tibori va ayni paytdagi hissiy kechinmalarini ish faoliyatining samarali bo’lishi tomonga yo’naltiradi. Sub’ekt-ob’ekt munosabati asosida qaytar aloqa o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro hamkorlik, «ustoz-shogird» munosabatlari qaror topadi. Ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish esa yangi kuch, o’z iqtidoriga ishonishning omili bo’lib xizmat qiladi. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo’lishini frantsuz olimi A.Puankare ko’rsatib o’tgan edi. Xususan, u «Fanning o’zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo’lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo’lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo’lib qolaveradi» - deb yozadi.
ljodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari to’g’risida boshqa olimlar ham bir necha bor o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Bom quyidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik qoida oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko’rmayapman.
Ayrim kriteriyalar bo’yicha ko’rsatilgan obraz to’liq hisoblanib, unga xarakterli bo’lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum bo’lgan hodisaning real obrazi o’zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo’lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog’liqdir...». M.Bom o’z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshiradi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo’lgan tajribalarning o’zaro bog’liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz hoida Leverhelaming boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o’zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va sohatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo’lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo’q; bu ma’lum bo’lgan Nyuton mexanikasining qo’llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikkinchi tip ixtiroga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan "Quyosh yaqinida yorug’likning chetlanishi” kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning praportsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M. Bomning ta’biricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez», deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o’tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o’tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog’liqligi, ixtirochilik g’oyalarining kelib chiqishida tutgan o’rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo’lib, uni hozirgacha to’la hal qilinmagan deyish mumkin. Psixologik lug’atda intuitsiya - "paydo bo’lish yo’llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo’luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko’ra subyekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo’ladi" deb ta’riflanadi.

Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo’luvchi asosini o’zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to’liq deb bo’lmaydi. Bizning fikrimizga ko’ra intuitsiya - bu subyekt tomonidan o’ziga fikran qo’yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo’lib, u to’plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.


Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to
rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog’ liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiy- reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning (fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-rasm).

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish