Шанарак лекция узб янги



Download 202,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.04.2022
Hajmi202,29 Kb.
#536249
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA PEDAGOGIKASI



O`zbekiston Respublikasi Xalq ta
`
limi vazirligi 
 
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
 
Boshlang`ich ta`lim fakul`teti 
Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi 
MA`RUZACHI: A.Najimova 
«OILA PEDAGOGIKASI» 
fani bo`yicha
(bakalavriat bosqichi 3-kurs talabalari uchun) 
 
 
 
 
 
MA`RUZA MATNLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NUKUS - 2010 


MAZMUNI 
 
1-tema 
Kirish. Oila haqida tushuncha 
 
1.1 
1.2 
1.3 
1.4 
Oila va inson 
Oilaning jamiyatdagi o`rni 
Oila va haet 
Oila turlari 
2-tema 
Hozirgi zamon oilalaridagi tarbiaviy o`zgarishlar 
2.1 
2.2 
Oilalar tarkibi 
Oilaga ta`sir etuvchi faktor 
3-tema 
Oilada Bolaning axloqiy tarbiasining 
mustaqillik davridagi ahvoli  
3.1 
3.2 
3.3 
Oila va oila tarbiasi masalasi 
Tarbia berish formalari 
Axloqiy tarbia kategoriyalari 
4-tema 
Oila tarbiasi muammolarin echishda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlardan foydalanish  
4.1 
4.2 
4.3 
Islom dinida oila tarbiasi haqida 
Oilada Bola tarbiasi 
Oila va mahalla 
5-tema 
Bola tarbiasida oila va jamoatchilik bilan birga ishlash 
5.1 
5.2 
Bugungi kun eshlari 
Bola tarbiasining pedagogik ahvoli 


 
Ma`ruza 

 1 Kirish. Oila haqida tushuncha 
Reja 
 1. Oila va inson 
 2. Oilaning jamiyatdagi o`rni 
 3. Oila va haet 
 4. Oila turlari 
 
Tayanch tushuncha: Oila va inson haqqida tushuncha, oilaning jamiattagi urni, oila va 
hayot, oilaning turlari 
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqietini jadallashtirish sharoitida inson omilini 
vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, 
ma`naviy taraqqieti haqida g`amxo`rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari 
uning mehnatga, ma`naviy, g`oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada 
shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog`lom oila bo`lishidan 
manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, 
shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda erdam berishni davlat ahamiyatiga molik 
ish deb biladi. 
Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo`l-
yo`riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta`minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, 
bular respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim 
rol` o`ynamoqda. Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, jamiyatning yuksalishi 
demakdir. Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bo`lmish esh avlod tarbiyasi va uning taraqqieti 
davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy 
tarbiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi 
yuzasidan mas`uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid laeqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy 
tarbiya birligini ta`minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. 
Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o`z haetlari, turmush tarzlari asosida bola 
shaxsida duneqarash asoslari, siesiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish 
maqsadida muntazam, izchil, g`oyaviy va ma`naviy ta`sir ko`rsatish jaraeni tushuniladi. Biroq, 
bunda jamiyatimiz taraqqieti munosabati bilan oila, uning barcha haetiy bosqichlari jiddiy 
o`zgarishlarga uchraetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Millatlarning tarixiy, milliy va 
regional xususiyatlarini hisobga olgan holda oilalar taraqqietini umumiy va xususiy taraqqietlar 
asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada esh 
avlodni har tomonlama kamol toptirish jaraeniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan 
biridir. 
Hozirgi zamon taraqqieti har bir shaxsdan voqelikni to`g`ri tushunishni, xulosa 
chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz haetining barcha 
jabhalarida mustahkam va faol bo`lishni talab etmoqda. Ma`lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, 
emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. 
Kelajagimizning qanday bo`lishi hozirgi kunda biz tarbiyalaetgan eshlarga bog`liq. 
Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi asos 
oiladir. Oila jamiyatning boshlang`ich ijtimoiy bo`g`ini sifatida murakkab tarkibga ega bo`lib, u 


o`z faoliyatida oila a`zolarining ehtieji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina 
emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi. Uning murakkab va ko`pqirrali faoliyatining 
haetiyligi ikki tomonlamadir. 
- birinchidan, jamiyatning kichik bir qismi ijtimoiy o`zgarishlarni o`ta sezgirlik bilan 
ilg`ab oladigan, o`zida aks ettiradigan belgidir. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy 
tarbiyaning asosiy qismlaridan biri deb hisoblash lozim.
- ikkinchidan, oilaning murakkab va ko`pqirrali faoliyati uning vazifalari va tuzilishiga, 
ijtimoiy turmush tarziga, oila a`zolarining ijtimoiy faoliyatlariga, ularning barcha qiziqishlari, 
ehtiejlari va munosabatlariga bog`liqligini nazardan qochirmaslik kerak. 
Oilaviy tarbiya metodologiyasi va metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador 
tomonlarini, ya`ni tarbiyaviy vazifalarni bir maromga solish, oilaning o`ziga xos xususiyatlarini 
va imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. 
Oilaning tuzilishi va vazifalarini tahlil etishda u jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy o`zagi 
ekanligi yana bir bor aen bo`lmoqda. Shu sababli oilaning aniq bir maqomi, asosi bo`lishi kerak 
va u kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, eshlarda axloqiy fazilatlarni, jismoniy
kamolotni, aqliy ziyraklikni shakllantirishi zarur. 
Oilaviy tarbiyaning o`ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-
qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina ta`minlab qolmay, 
balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini ham o`stiradi. Shu sababli oilaviy 
tarbiya doimo mavjudligi, ko`rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda asosiy vazifani 
xalq, odobga doir tadbirlarni bolaga to`g`ri o`rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, 
balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb-hunari, oila a`zolarining ma`naviy-ruhiy 
munosabatlari o`ynaydi. 
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug`ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida 
asosiy e`tibor oila bo`yicha amaldagi bo`linishga va bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol 
darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, bolalarning hamda aellarning bandligi va 
ularning bolalar tarbiyasiga bo`lgan ta`siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga 
bog`lab o`rganiladi. 
Jamiyatning moddiy va ma`naviy kamoloti eshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, 
to`plangan munosabatlarga doir tajribalarga, moddiy va ma`naviy qadriyatlarga har tomonlama 
va uzoq tayerlash lozimligini talab etmoqda. Oilaviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etuvchi 
ob`ektiv va sub`ektiv omillarni bilmoq lozim. Ob`ektiv omillarga oilaning moddiy farovonligi, 
daromadlarning turlari, o`ziga xosligi va saviyasi, uy-joy bilan ta`minlanish darajasi, 
maktabgacha muassasalardan foydalanish, shuningdek, oila a`zolarining soni, tarkibi va 
boshqalarni kiritish mumkin. Sub`ektiv omillarga esa oiladagi o`zaro munosabatlarning o`ziga 
xos xususiyatlari, ma`lumot, oila a`zolarining madaniy-ma`naviy saviyalari, ota-onalarning 
muomala madaniyatlari va boshqalar kiradi. 
Oilaviy tarbiyaning murakkabligi yana shundaki, har bir oila o`ziga xos bir olam, 
jamiyatning o`ziga xos kichik uyushmasi bo`lib, tarbiya ishida o`ziga xos xususiyatlarni namoen 
qiladi. Ona shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarini umumlashtirish va unga 


biron-bir tavsiyalar berish noqulay va qiyindir. Ota-onalar qanchalik ma`naviy boy, e`tiqodli va 
yuqori ma`lumotga ega bo`lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o`z farzandlarini 
tarbiyalaydilar. Ular faqat maslahat berish, ma`qullash, mukofotlash, jazolash, suhbat va hikoya, 
fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni 
mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar. Bolalar faoliyatida ishtirok etish ularga 
tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishning eng samarali usulidir. Agar bolalar ota-onalarining 
mashg`ulotlariga o`ta qiziqish bilan munosabatda bo`lishsa, ular o`rtasida do`stona munosabatlar 
qaror topadi. Bolalar ota-onalaridan, aka va opalaridan o`zaro munosabat mezonlarini o`rganib, 
nima yaxshi-yu nima emon, nima foydali-yu va nima zararli ekanligini bilib oladilar, ular haqida 
aniq tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bundan tashqari, oila tajribali va kasbi jixatidan turlicha 
eshdagi kishilarni birlashtirib turadi. Oila a`zolarining turmush va xaetiy tajribalari, madaniy 
saviyalari qanchalik boy bo`lsa, ular bolalar bilan shu darajada yaxshi muloqotda bo`la olishadi, 
bolalarning qiziqishlarini o`stira olishadi.
Ota-onalarning umumiy, madaniy, ma`lumot saviyalarining ko`tarilishi va ijtimoiy faollik 
qaror topishi maktab va oila aloqalari xususiyatining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Agar maktab oila 
tarbiyashunosligiga hurmat bilan munosabatda bo`lsa, uning boyliklaridan, ya`ni ota-onalar 
obro`si, shaxsiy namunasi, ijobiy xissietlar asosida tarbiyalashlaridan foydalana olsa, u xolda 
ota-onalar otalig`i katta kuchga, tarbiya samaradorligini ta`minlovchi mezonga aylanadi. 
Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan uzviy bog`langandir. Shaharlarning o`sishi, 
yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi 
eshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta`sir qiladi. 
Oilaviy tarbiyaning maqsadi va mazmuni barcha regionlar bo`yicha olganda bir-biridan 
ma`lum darajada farqlanadi. Bu farqlar millatlarning turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy-
tarbiyaviy va mahalliy sharoitlar bilan belgilanadi. Chunki mamlakatimizdagi xalq va 
elatlarning tarixiy-ijtimoiy taraqqiet bosqichi, oilaviy turmushning tarixan tarkib topganligi, bu 
borada dinning salmoqli xissasi o`ziga xoslikni vujudga keltirgandir.
Tarbiya masalasiga endashadigan bo`lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko`p bolali 
oilalarda bolalar tarbiyasi ancha engil ko`chadi. Chunki ko`p bolali oilalardagi bolalar ota-
onalarining xatti-harakatlarini, aka va opalarining ular o`rtasidagi g`amxo`rliklarini, ayniqsa, bir-
birlariga bo`lgan do`stona munosabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sidqidildan bajarishlarini
kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo`lishlarini tabiiy holda ko`radilar, 
kuzatadilar. O`zlarida ham ana shunday axloqiy sifatlarni shakllantirish istagi vujudga keladi. 
Shu sababli bir qancha bolalari bo`lgan oilada ota-onalarning g`amxo`rliklari o`ziga xos 
xususiyat kasb etadi. Bunday g`amxo`rlik teng taqsimlangan bo`ladi. 
Katta oilada bola eshligidan jamoaga moslashadi, o`zaro aloqalar asosida tajriba 
to`playdi. Agar oilada katta va kichik bolalar bo`lsa, ular o`rtasida turli ko`rinishlardagi mehr-
muhabbat va do`stlik qaror topadi. Oilaviy haet bolalarni insoniy munosabatlarda o`z shaxsini 
kamol toptirish imkoniyatini beradi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko`p bolali oilalarda shunday 
haetiy vazifalar mavjud bo`ladiki, masalan, katta akagacha va kichik ukagacha bo`lgan mehr-


muhabbat, ya`ni bir-biridan farqlanuvchi hissietni, aka-uka va opa-singillar o`rtasida bir-birlari 
bilan narsalarning teng ayirboshlash va boshqalar paydo bo`ladi. 
Oilaning tub maqsadi va harakatlarining mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq 
mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo`lajak mehnat faoliyatiga tayerlashdan iboratdir. 
Qolaversa, ularning g`oyaviy-siesiy, madaniy-oqartuv borasidagi qiziqishlariga e`tibor beriladi. 
Bu borada turli oilalarda berilaetgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik 
lozim. Agar oilada ota-onalar katta eshdagi kishilar bo`lsa, ular mehnat nonidan bahramand 
bo`laetgan bo`lsalar, insoniy e`tiqodlar mavjud bo`lsa, bunday oilada tarbiyalanaetgan eshlar 
haetda munosib inson bo`lib etishadilar. 

Download 202,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish