Sharof rashidov nomidagi



Download 32,72 Kb.
bet1/3
Sana29.06.2022
Hajmi32,72 Kb.
#718299
  1   2   3
Bog'liq
shoxrux xisobot


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI
5120300Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo’yicha) yo’nalishi


408 guruh talabasi Kayumov Shoxrux
Pedagogik amaliyot bo’yicha


YILLIK HISOBOTI

Amaliyot obyekti: Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji


Ta’lim muassasasi direktori: ___________ U.U.Kurbanov
M.O’.

Ustoz o’qituvchi: _____________ M.Axmedova


Sinf rahbari___________________ S.Maxmudova
Metodist: ____________________ J.Amirqulova

Hisobot Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji pedagogik kengashining «___»___ dagi
«___» yig’ilishida muhokama etildi va amaliyotchi talaba faoliyati «____» bal bilan baholandi.


SAMARQAND- 2021
PASSIV (KUZATISh, ISh O’RGANISh) AMALIYoTI (2 hafta).
2021 yil 6 sentabr kuni Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 105 xonasida pedagogik amaliyotning boshlinish konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda universitet, fakultet rahbariyati bilan birga bizga biriktirilgan metodistlar, rahbarlar ishtirok etdi. Mazkur konferensiya yig’ilishida o’quv ishlari bo’yicha prorektor bizga pedagogik amaliyot haqida umumiy tushunchalar berib o’tdi. Uning ta’kidlashicha, 2021-2022 o’quv yilidan boshlab pedagogik amaliyotning universitet uchun yangi taxrirdagi dasturi ishlab chiqilganligi, pedagogik amaliyotning barcha talablari ana shu dastur mezonlaridan kelib chiqib belgilanishini ma’lum qildi.
Shundan so’ng fakultet rahbariyati bizlarni pedagogik amaliyot o’tkazish obyektlari bilan tanishtirdi. Unga ko’ra «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi bitiruvchi talabasi Kayumov Shoxrux Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida o’tashi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng bizlarga kafedra tomonidan biiriktirilgan rahbarlar, universitet tomonidan biriktirilgan metodistlar e’lon qilindi. Unga ko’ra men kafedra assistenti Jasur Amirqulov raxbarligida Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida pedagogik amaliyotni bajaradigan bo’ldi. Konferensiya yakunlangach, har bir kafedra o’zining amaliyotchi talabalari bilan alohida auditoriyalarda pedagogik amaliyot to’g’risida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Ushbu yig’ilish chog’ida bizlarga pedagogik amaliyot davturi bo’yicha to’liq ma’lumot berib o’tildi. Pedagogik amaliyot davomida nima ishlarni amalga oshirishimiz zarurligi, qanday hujjatlarni to’ldirish kerakligi, pedagogik amaliyot kundaliklarini to’ldirish qoidalari haqida to’xtalib o’tildi. Pedagogik amaliyot davomida quyidagi hujjatlarni to’lidrishimiz va yakunda hisobot bilan topshirishimizni bilib oldik:

  • Kundalik

  • Fan bo’yicha o’quv dasturi, taqvimiy va tarbiyaviy ishlar rejasi

  • Fan o’qituvchisi va boshqa tajribali o’qituvchilarning kuzatilgan darslari tahlillari.

  • Amaliyotchi talabalarning kuzatilgan darslari tahlili.

  • Sinov darslari va darsdan tashqari mashg’ulotlar konspektlari.

  • Sinov darslari va darsdan tashqari mashg’ulotlari tahlili bayonnomasi.

  • O’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar va ma’naviyat soatlari bayonnomalari.

  • Sinfga va o’quvchiga tavsifnoma.

  • Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan amaliyotchi talabaga berilgan tavsifnoma.

2021 yil 9 sentabrning o’zida biz Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejiga yetib bordik va uning qayerda joylashganligi va qaysi yo’nalishdagi avtobuslar bilan yetib borish mumkinligini o’zimizga belgilab oldik. Kollejda pedagogik amaliyotning boshlanishiga bag’ishlangan konferensiya 9 sentabrga belgilandi. 9 sentabr kuni soat 9-00 da kolej raxbariyati, kollejning uslubchi o’qituvchisi hamda talabalarning pedagogik amaliyot rahbarlari ishtirokida konferensiya bo’lib o’tdi. Unda kollej direktori Bahodir Berdiqulov Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji haqida umumiy ma’lumotlarni berib o’tdi. Kollej rahbariyati, mashg’ulotlarning vaqti, kollejning talab-qoidalari bilan tanishtirdi. Kollejning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariOchilov Ortiq aka bizlarga kollejga kelib ketish, kiyinish va o’zini tutish madaniyati, Kollejning ichki tartib qoidalari bilan atroflicha tanishtirdi. Belgilangan talablarga Kollej o’quvchilari va o’qituvchilari qattiq rioya etishini ta’kidlagan holda pedagogik amaliyotchi talabalar ham buni bajarishga majbur ekanligini ma’lum qildi. Shundan so’ng Kollej tomonidan bizlarga biriktirilgan fan o’qituvchilari tanishtirildi. Kollejning ma’rifiy va ma’naviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Qobilov Abdulla aka bizlarga biriktirilgan guruh va murabbiylar bilan tanishdirdi. Unga ko’ra menga fan o’qituvchisi sifatida Axmedova Maxliyo opa, raxbarlik qiladigan sinfim sifatida 7 “V” – sinfi va bu ishda menga shu sinfning murabbiyi Maxmudova Surayyo yordam beradigan bo’ldi.
Konferesiya yakunlangach bizlarga Kollejning tarkibiy tuzilmasi, tarkibiy tuzilmasi, hayoti va muhiti, jamoasi, tarix fanlari o’qituvchilari, biriktirilgin sinf va sinf rahbari bilan tanishish o’tkazildi. Kollej viloyat o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga bevosita bo’ysinishi, Kollejning o’quv, ma’naviy, tashkiliy va boshqa ishlarga rahbarlik qilish Kollej direktori tomonidan amalga oshirilishini bilib oldik. Bu ishlarda direktorga tegishli o’rinbosarlar: o’quv ishlari bo’yicha, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosar o’rdam berishlari, ularga shu lavozim uchun tarif smetasi bo’yicha ish haqi to’lanishini, qo’shimcha ravishda dars mashg’ulotlari o’tishga ruhsat berilganligini bilib oldik. Kollejda shuningdek, kasaba uyushmasi boshlig’i, O'zbekiston YoIH ning Kollejdagi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi, Kollej metodisti kabi lavozimlar ham faoliyat yuritishi haqida ma’lumot oldik.
Umuman pedagogik amaliyotning dasturidan kelib chiqqan holda dastlabki ikki haftalik passiv amaliyot jarayoni davomida quyidagilarni amalga oshirdim. Tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Mazkur hujjatlar sirasiga Kollejning Nizomini, faolyait mexanizmini tashkil etish bo’yicha hujjatlarni, Davlat Ta’lim Standartlarining o’rta-maxsus ta’limi uchun tegishli me’yorlari, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» va boshqalarni kiritish mumkin.
Undan tashqari Kollejning rahbariyat xodimlari, xususan o’quv ishlari bo’yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining yillik ish rejalari bilan tanishib chiqdik va ularni tuzishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotlar oldik.
Menga berkitilgan fan o’qituvchisining ish rejasi, taqvim mavzular rejasi bilan tanishdim va ulardan o’zim uchun nusha oldim. Qolaversa biriktirilgan sinf raxbarining yillik ish rejasini, har hafta seshanba kuni o’tkazilishi belgilangan «sinf soati» rejasi bilan tanishdim va ulardan ham o’zim uchun nus’ha oldim.
Mazkur hafta davomida Kollejda dars mashg’ulotlari va darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etish jarayonini o’rgandlik. Kollejda yangi tartibga ko’ra, darslarning o’quv soati 45 daqiqaga ko’tarilgan. Kollejning o’quv rejasiga ko’ra haftaning ayrim kunlari dars mashg’ulotlari 4 soatda, ayrim kunlari 3 soatda o’tilishi belgilangan bo’lib, har chorak boshida tuzilgan «Dars jadvali» asosida amalga oshiriladi. Dars mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtida Kollejning o’zidagi auditoriyalarda uy vazifalarni tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan. Iqtidorli talabalar bilan shug’ug’llanishga alohida e’tibor qaratilgan. Ularga tegishli fan sohalari bo’yicha o’qmituvchilarning dars o’tishlari tashkil qilingan. Fan sohalaridan kelib chiqib, o’qituvchilari tegishli kafedraga bo’ysunadilar. Bizga biiriktirilgan tarix fani o’qituvchilari bo’lib, shu hafta davomida tarix fani o'qituvchilari faoliyati bilan ham tanishdik. Kollejning tarix fani o’qituvichlari tarix fanlaridan tashqari, «Tarbiya», «Huquq» kabi fanlardan ham dars berishlarini bilib oldik.
Menga biriktirilgan Maxmudova Surayyo 7 “V” sinfiga rahbar bo’lib, Surayyo opa geografiya fanidan dasr beradi. Undan va qolaversa, biriktirilgan fan o’qituvchilaridan sinf jurnalini yuritish qoidalari, baholash mezonlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Kollejning sinf jurnali universitetning guruh jurnalidan qisman farq qilishini bilib oldim. Unga ko’ra Kollejda o’quvchilarning baholari shu jurnalning o’ziga qo’yiladi, yo’qlama ham shunga belgilanadi. Xar bir fan uchun sahifalar ajratilgan bo’lib, shu sahifaga o’tilgan mavzu ishchi taqvim reja asosida yozib qo’yiladi.
Passiv amaliyot davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan ham tanishdim. Kollejda qat’iy belgilangan kiyinish qoidasiga amal qilinadi. Qizlar uchun alohida bir xil forma, o’g’il bolalar uchun alohida bir xil forma kiyishlari talab qilinadi.
Men Kollejning tarix fani o’qituvchisi Axmedova Maxliyo biriktirilgan bo’lib, mazkur o’qituvchi tarix, tarbiya va huquq fanidan dars beradi. Mazkur amaliyot davomida men rahbar o’qituvchimning va boshqa tarix o’qituvchilarining quyidagi darslarida ishtirok etdim va taxlil qildim. Bu ishtirokimni pedagogik amaliyot kundaligiga aks ettirdim:






№ Ishtirok etgan darslar va mavzular


Ilk o’rta asrlarda Xorazm, Xioniylar va Kidariylar davlati (M.Axmedova)


Buyuk geografik kashfiyotlar (N.Sadriyev)


Muvaffaqiyat – qunt va qat’iyat natijasi (N.Tuxtayeva)


Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi (N.Sadriyev)


Xitoy (M.Axmedova)


Qo’qon xonligining bosib olinishi (M.Axmedova)


Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot (N.Sadriyev)


Huquqiy ong va huquqiy madaniyat (M.Axmedova)


Fan texnika taraqqiyoti va inson ma’naviyati (N.Tuxtayeva)


Xiva xonligi bo’yicha manbalar (N.Sadriyev)

11

Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlar (N.Tuxtayeva)

12

XIX asr oxiri XX asr boshida Afg’oniston (M.Axmedova)

13

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bunyodkorlik (M.Axmedova)

14

Ta’lim tizimi (M.Axmedova)



Mazkur amaliyot davomida darsdan tashqari ayrim mashg’ulotlarda ham ishtirok etdik. Jumladan, darsdan keyin tashkil etilgan to’garak yig’ilishida ishtirok etdim. O’quvchilarning tayyorlab kelgan mavzularini muhokama qildik va unga tegishli adabiyotlar bilan yordam beradigan bo’ldim. 7-sinf o’quvchilari uchun kutubxonadan foydalanish qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordik.
Mazkur amaliyot davomida bir martadan sinf soatlarida ishtirok etdik. Chunki Kollejda juma kuni soat 8.10 – 8.55 gacha sinf soati o’tkazilar ekan. Birinchi hafta konferensiyaga to’g’ri kelgan edi. sinf soatida sinf raxbari qanday faoliyat olib borishi haqida tushunchaga ega bo’ldik. Sinf rahbari sifatida har hafta nimalar bilan shug’ullanish zarurligi haqida ko’rsatmalar oldik. O’zlashtrishi sust, davomati yomon bo’lgan o’quvchilar bilan alohida ishlash tashkil qilingan bo’lib, bizlar darsdan keyin ana shu qo’shimcha mashg’ulotda ishtirok etdik.



Download 32,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish