Shkalalar Kelvin



Download 159,46 Kb.
bet1/7
Sana11.03.2022
Hajmi159,46 Kb.
#491027
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Harorat va harorat shkalalari


Harorat shkalalarining o'zaro nisbatlari

shkalalar

Kelvin

Tselsiy

Farengeyt

Kelvin (K)

= K

= С + 273,15

= (F + 459,67) / 1,8

Tselsiy (° C)

= K − 273,15

= C

= (F − 32) / 1,8

Farengeyt (°F)

= K · 1,8 − 459,67

= C · 1,8 + 32

= F



Harorat shkalalarini solishtirish

Tavsif

Kelvin

Tselsiy

Farengeyt

Rankin

Delil

Nyuton

Reomyur

Ryomer

Absolut nol

0

−273.15

−459.67

0

559.725

−90.14

−218.52

−135.90

Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda)

255.37

−17.78

0

459.67

176.67

−5.87

−14.22

−1.83

Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda)

273.15

0

32

491.67

150

0

0

7.5

Inson tanasining o'rtacha harorati ¹

310.0

36.6

98.2

557.9

94.5

12.21

29.6

26.925

Suvning qaynash harorati (qulay sharoit)

373.15

100

212

671.67

0

33

80

60

ErishTitan

1941

1668

3034

3494

−2352

550

1334

883

Quyosh sirti

5800

5526

9980

10440

−8140

1823

4421

2909

Inson tanasining o'rtacha harorati — 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi ba'zi qiymatlar yaxlitlanilgan!


Harorat shkalalari orasidagi nisbatlar
Avvaliga harorat o‘zi nima? - degan savolga javob izlab ko‘rsak. Harorat bu - jismning energetik holatini ifodalovchi miqdoriy kattalikdir. Tabiatda hamma-hamma narsa atom va molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, jismlarni tashkil qiluvchi atomlar muntazam harakatda bo‘ladi. Jismni tashkil qilgan atom va molekulalarning harakati qanchalik jadal bo‘lsa, jismning harorati shunga muvofiq baland bo‘ladi. Shunga ko‘ra, jismning harorati deganda, uni tashkil qiluvchi atom va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi nazarda tutilishini tushunib olish zarur. Xalqaro Birliklar Tizimiga ko‘ra, harorat birligi sifatida Kelvin qabul qilingan. Kelvin haqida gap ketganda, uni termodinamik harorat birligi, yoki, mutlaq harorat birligi ham deyiladi. Kelvin, fundamental fizik birlik bo‘lib, u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida aniqlanadi.
Nima issiq va nima sovuq?
Jismning issiq yoki, sovuqligi - juda nisbiy tushuncha. Shu sababli ham, issiq, iliq, sovuq, muzdek kabi tushunchalar ilm-fanda unchalik ham ma'qullanmaydi. Odatda biz u yoki bu jism haqida «issiq», «qaynoq», «sovuq» deganimizda, o‘zimizning sezgi organlarimiz orqali olgan axborotga tayanamiz. Bunda harorat haqidagi tasavvur bizning tanamizga nisbatan, aniqrog‘i terimizdagi sezgi hislariga nisbatan shakllanmoqda. Lekin o‘sha jism qanchalik issiq, yoki, qanchalik sovuq? - deyilsa, shaxsiy sezgi organlarimiz orqali bu savolga javob berish qiyin bo‘lib qoladi. Uzog‘i bilan, «juda sovuq», yoki, «juda issiq»kabi yana nisbiy tushunchalarni bera olamiz xolos. Shu sababli, bizga u yoki bu haroratni aniq ifodalash imkonini beradigan mukammalroq usul va vositalar kerak bo‘ladi.
So‘ngi asrlarda haroratni o‘lchash va ifodalash uchun bir necha xil harorat shkalalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan edi. Lekin, harorat birliklari va shkalalaridagi bunday xilma-xillik turli mamlakatlarda bir-biridan tamomila farq qiluvchi har xil birliklarning ommalashishiga va o‘zaro taqqoslashda chalkashliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. o‘sha paytlarda ayrim harorat shkalalari uchun asos qilib olingan tayanch nuqtalari ham (masalan odam tanasi harorati singari) nisbiy bo‘lib, aniqlik darajasi nihoyatda past bo‘lgan. Shu sababli ham, ayniqsa sanoat va ilmiy faoliyatda, shuningdek muhandislik ishlarida band bo‘lgan odamlarda butun dunyo uchun qulay bo‘lgan umumiy harorat shkalasini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lgan edi. Natijada, nima aslida qanday darajada issiq yoki sovuq ekanini aniq belgilash imkonini beruvchi harorat shkalalari paydo bo‘ldi.
Nima qanchalik issiq ekaniga-ku, chek-chegaraning o‘zi yo‘q. Yuqori haroratlar biz tasavvur ham qilmaydigan darajalargacha o‘zib borishi, o‘ta yuqori, favqulodda yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh sirtidagi harorat 5800 K ni tashkil qiladi; Quyosh qa'rida esa, issiqlik 13,6 million kelvinga yetadi.
Lekin, haroratning quyi chegarasi fanda aniq belgilangan. Mutlaq nol harorat deb yuritiladigan ushbu haroratda jismni tashkil qiluvchi barcha atom va molekulalar butunlay harakatdan to‘xtaydi. Mutlaq nol - tabiatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng past harorat bo‘lib, lekin unga amalda erishishning ilojisi yo‘q. U faqat nazariy jihatdan mavjud hamda, bu haroratda jismlarni tashkil qiluvchi atom va molekulalar butunlay harakatdan to‘xtashi sababli, ularning kinetik energiyasi ham nolga teng bo‘ladi. Nazariyaga ko‘ra, mutlaq nol haroratda jismlarning atom va molekulalari nol nuqta kvant mexanik energiyasini saqlab qoladi xolos. Mutlaq nol harorat termodinamik harorat shkalasining quyi nuqtasi bo‘lib, ya'ni, u 0 K bilan belgilanadi. Selsiy shkalasi bo‘yicha mutlaq nol harorat bu -273,15 ºC ga teng. Farengeyt bo‘yicha mutlaq nol harorat -459,67 ºF da qayd etiladi. Yulduzlararo bo‘shliqdan iborat Koinot sarhadlarida harorat juda-juda sovuq bo‘ladi. Koinotdagi o‘rtacha harorat 3 kelvindan ham past bo‘lib, baribir o‘sha zulmat qa'rida ham harorat mutlaq noldan atiga ikki daraja bo‘lsa-da, balandroqdir.
Harorat shkalalari haqida so‘z ochilgan ekan, shu paytgacha amalda bo‘lgan xalqaro harorat shkalalari haqida eslab o‘tish ham joizdir. Xalqaro harorat shkalalari joriy etilishidan maqsad, sanoat va texnika sohalari uchun amaliy qulay harorat shkalalarini ishlab chiqish va xalqaro umumiy standart bilan joriy etishdan iboratdir. Zero, mutlaq harorat shkalasi, ya'ni, termodinamik harorat birliklari bilan ish olib borish ayniqsa texnik va texnologik vositalar bilan ishlovchi muhandislar uchun noqulaydir.

Download 159,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish