Shovot tuman prokuraturasining



Download 117,5 Kb.
bet6/6
Sana13.11.2022
Hajmi117,5 Kb.
#865031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шовот туман Свод

i)-bandi: o‘quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, xissiy), turli ko‘rinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jixatdan tuzatishni amalga oshirish;
o)-bandi: pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash;
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 32-son va 27-son maktablarning Psixolog lavozimidagi xodimlari o‘z lavozim vazifalarini tushunmasligi yoki mas’uliyatsizligi oqibatida o‘zining lavozim vazifalarini talab darajasida bajarmaganlar.


O‘quvchi va o‘qituvchilarning belgilangan tartib va muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borilganligi;
Maktab o‘qituvchilari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Biroq o‘rganilgan barcha maktablarda o‘quvchi va xodimlar sog‘ligi, maktabdagi gigiyena va sanitariya talablariga rioya qilinishi bo‘yicha bevosita mas’ul hisoblangan maktab hamshiralarining ishda yo‘qligi bor bo‘lsa ham hujjatlari mavjud emasligi oqibatida ularning ish faoliyatini o‘rganish imkoniyati bo‘lmadi.
Shu sababli Shovot tumanidagi barcha maktablarda mavjud hamshiralarda bo‘lishi lozim bo‘lgan ish hujjatlari, o‘quv yili davomida amalga oshiradigan ishlari hamda bugungi kunga qadar bajargan ishlari, lavozim vazifasini qay darajada bajarayotganligi kabi holatlarni atroflicha o‘rganib xulosa berish hamda maktabdagi barcha o‘quvchi va xodimlar sog‘ligi shuningdek sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq javob bera olishini ta’minlash maqsadida, tegishli mutaxassislar tomonidan faqat maktabdagi hamshira faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Maktab kutubxona fondi tegshli adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi.
Maktablarda tegishli adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa zarur adabiyotlar mavjud va yetarli, biroq:
36-maktab 8-sinflarda 6 ta komplekt, 6-sinflarda 12 ta ingliz tili darsligi yetishmaydi. Maktab kutubxonachisi tomonidan ish rejasi bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan hujjatlari rasmiylashtirilmagan.
5-maktab 8-sinflarda 40 ta fransuz tili darsligi yetishmaydi.
48-maktab 6-sinflarda 10 ta fransuz tili darsligi yetishmaydi.
27-maktabda 9-sinflarda 6 ta ingliz tili, 4-sinflarda 1 dona ingliz tili kitobi va mashq daftari yetishmaydi.
32-maktab 1-sinflarda 4 ta fransuz tili darsligi yetishmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi hodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” tasdiqlangan. Mazkur buyruqning 2-bob 1-§.da Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab internat) direktori lavozimining malaka tavsiflari keltirilgan bo‘lib, o)-bandida “O‘quvchilarni darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish” – uning lavozim vazifasi qilib belgilangan.
Shuningdek maktab kutubxonachisi tomonidan ham Shovot tuman xalq ta’limi bo‘limiga ma’lum qilningan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Shovot tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ham tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.


Maktablarning zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, internet tarmog‘i, elektron darsliklar hamda o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanishi darajasi, ularning zamonaviyligi va ishga yaroqliligi;
Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter sinfi mavjud va internet tarmog‘iga ulangan. Maktablarda laboratoriya xonalari mavjud lekin jixozlari yetarli emas. Shu yuzadan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda maktablarni qo‘shimcha ravishda yangi va zamonaviy o‘quv kompyuter sinfi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda va shu blan birgalikda internete tezligini oshirish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


O‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bo‘yicha dars berayotgan o‘qituvchilarning mavjud uskuna va texnikalardan qay darajada unumli foydalanayotganligi hamda biriktirilgan xodimlarning malaka talablari amaldagi nizom talablariga mosligi;
Maktablardagi o‘quv kompyuter sinflaridan foydalanish bo‘yicha biriktirilgan fan o‘qituvchilarining malaka talablari mos hamda dars mashg‘ulotlarini kompyuterdan foydalanib o‘tish axvoli yaxshi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan fizika, kimyo va biologiya xonalari uchun biriktirilgan mas’ullarning malaka talablari mos. Biroq ayrim laboratoriya jixozlari yetishmaslik muammolari mavjud bo‘lib, yetishmaydigan laboratoriya jixozlari bilan ta’minlash maqsadida maktablar tomonidan Shovot tuman xalq ta’limi bo‘limiga belgilangan tartibda so‘rovnoma bilan murojaat qilingan. Nafaqat tumandagi balki viloyatdagi barcha maktablarni yangi va zamonaviy laboratoriya jixozlari bilan ta’minlah choralari ko‘rilmoqda.


Maktabda yoshlar yetakchisining ish faoliyati, ish hujjatlari va reja bo‘yicha bajargan ishlari.
Maktablarda Yoshlar yetakchisi lavozimidagi xodimlarning ish rejasi mavjud va tasdiqlangan, biroq:
32-son maktab yoshlar yetakchisi ish rejasining bajarilishi yuzasidan hech qanday rasmiy hujjat rasmiylashtirilmagan.
48-son va 37-son maktablarning Yoshlar yetakchisi tomonidan ish rejada ko‘rsatilgan va qilinishi lozim bo‘lgan ishlari axvoli talab darajasida emas.


Maktablarda ta’lim sifati va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan rahbar xodimlar tomonidan fan o‘qituvchilari darslarini tahlil qilish belgilangan bo‘lib, bu borada:
5-, 27-, 32-, 36-, 37-, 38-, 48-son maktablarning rahbar xodimlari (direktor, O‘IBDO‘lari, MMIBDO‘lari, Psixolog va Yoshlar yetakchisi) tomonidan 2021-yil 6-sentabrdan bugungi kunga qadar deyarli 3 oy davomida maktabdagi fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlariga kirib tahlil qilish holati qoniqarsiz axvolda ekanligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi hodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” tasdiqlangan. Mazkur buyruqning 2-bob 1-§.ning 3-band d)-qismida, 2-§.ning 6-band j)-qismida, 3-§.ning 9-band i)-qismida “Ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni” maktab direktori, O‘IBDO‘, MMIBDO‘lari bilishi lozimligi keltirib o‘tilgan.


Maktablardagi mavjud muammolar.
36-son maktabda sport zal mavjud emas.
5-son maktabning bir binosi hamda faollar zali ta’mir-talab.
Maktablardagi muammolar yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli ishlar reja asosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.


Yuqorida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan tegishli maktab rahbarlariga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida ana shunday xatoliklar sodir etilmasligini oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishlari uchun bo‘lgan ko‘rsatma va tavsiyalar hamda vazifalar tushuntirildi.

Ilova: ___ varaqda.




Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi: S.Yo‘ldashov
Download 117,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish