Siddiqov S. Qabul qiluvchi



Download 75,64 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi75,64 Kb.
#386240
  1   2   3   4
Bog'liq
korxona


O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali



Amaliy matematika fakulteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi

Tarmoq iqtisodiyoti fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: 141-20-guruh talabasi Siddiqov S.

Qabul qiluvchi: Muxtorov B.

Jizzax-2021

KORXONANI TASHKIL QILISH VA UNING FAOLIYATINI TO`XTATISH.

Reja:


1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari

2. Ta`sis hujjatlari

3. Korxonalarning davlat tomonidan ro`yxatga olinishi

4. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish.



Korxonani tashkil qilish tamoyillari.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin.

Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

 korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi;

 korxona ta`sischilarini tanlash;

 taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish;

 korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;

 korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;

 davlat ro`yxatidan o`tish;

 muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

 soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish.

O`zbekiston Respublikasining “Korxonalar to`g’risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik idorasi, mehnat jamoasi yoki ta`sischilar guruhining qarori bo`yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.

Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik idorasining roziligi bo`lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo`linmalarni, ushbu bo`linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko`ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.

Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to`g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo`lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho``ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo`lim va boshqa tashkiliy bo`linmalarni tashkil qilishi mumkin.

Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat idoralarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi.

Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta`minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan

ko`rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa`y-harakatlar o`zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko`rsatkichlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ya`ni moliyaviy jihatdan barqaror bo`lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat`inazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:

 iste`molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;

 ishlab chiqarishga ish bilan band bo`lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta`minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

 ishlab chiqarishga mavjud qo`shimcha resurslarni jalb qilish;

 fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;

 yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o`rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a`zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;

 ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.




Download 75,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish