Sifatni o’rganish metodikasi



Download 136,5 Kb.
bet1/7
Sana30.03.2022
Hajmi136,5 Kb.
#517177
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ADOLAT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI

4-BOSQICH 403-GURUH TALABASI


GADAYEVA ADOLATNING
“Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ona tili darslarida so’z turkumlarini o’tish usullari
Ilmiy rahbar: o’qituvchi
Donayeva Shaxnoza

TERMIZ– 2022


MUNDARIJA:
REJA:
KIRISH………………………………………………………………………..3
I BOB. So’z turkumlari ………………………………………………………6
1.1. Otni o’rganish metodikasi ………………………………………………8
1.2. Otni o’rganishda izchillik……………..…………………………….….10
II BOB. Sifatni o’rganish metodikasi ………………………..………………20
2.1 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishning
o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………………….24
2.2 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatish
metodikasi……………………………………………………………………..26
XULOSA...........................................................................................................27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..28

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbеkiston Rеspublikasining yuksak umumiy madaniyatga, kasb–hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona еchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi.


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Harakatlar strategiyasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish, davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini o‘taydi.
Markaz Harakatlar strategiyasi doirasidagi tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarning ekspertlar va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilib, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Markaz xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorligi ham yo‘lga qo‘yilgan. Uning yana bir asosiy vazifasi – Harakatlar strategiyasi va uning asosidagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish, ular yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, keng ko'lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo'lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kamarbasta bo'lishiga umid qilamiz.
Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi hamda halqimizni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonchimiz komil
Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakko`rini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istе’dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakko`rini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida bеlgilab bеrilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim–tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, shu kunlarda Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida so'zlagan nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar talaba yoshlar, davlat xizmatchilari, olimlar, ekspertlar, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in o'rganilmoqda.
Shu o'rinda, Prezident nutqi kelajakka yo'naltirilgani, mamlakatni rivojlantirish strategiyasining amaliy dasturi bo'lganiga e'tiborni qaratish lozim. Davlat rahbari o'z ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha jabhalariga atroflicha to'xtalib o'tib, yangi g'oyalar, innovatsiyalar va yangiliklarni taklif qildi.
Sh.Mirziyoyev o'z nutqida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur kontseptual hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon qilib olindi
Hozirgi zamon so’z turkumlari qoidalarini bilgan va vazifalar bajarishda qabul qilgan qonunlardan xabardor bo`lgan kishilargina to`la tushinishlari mumkin.
Kurs ishining ob`ekti. Inson uchun zarur bilimlar miqyosi tobora kеngayib borayotgan hozirgi sha- roitda muayyan faktlar yig`indisini o`zlashtirish bilan chеklanib bo`lmaydi. Shu- ning uchun o`quvchilarga o`z bilimlarini mustaqil ravishda to`ldirib va boyitib bo- rishni, o`zining diqqat-e’tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o`rgatish kerak. Bu vazifa o`quvchilarning tasviriy san`at va ta’lim-tar- biya jarayoni bilan o`zviy bog`liq xolda kеngaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Kurs ishining maqsadi. Yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda so’z turkumlari , xususan, ona tili fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o`z navbatida, oliy o`quv yurtlarida maktablarda o`qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo`lishini taqozo etadi, pedagog, olim va rassomlar zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi.
Kurs ishining predmeti. Mavzuga aloqador bo`lgan ma`lumotlarni chuqur o`rganish va tahlil etish va mavzuga tegishli bo`lgan faktlar va ularning isboti.
Kurs ishining vazifalari. So’z turkumlari predmeti maktablarda o`qitiladigan ona tili fanlarning asosi hisoblanadi va ular o`rtasida bevosita bog`liqlikni ta'minlaydi. So’z turkumlari borasida yetarli bilim va malakani egallamay turib, fanlarini yuqori darajada o`zlashtira olmaydi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish , 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I BOB

SO’Z TURKUMLARI

OT

SIFAT

SON

OLMOSH

FE’L

1. SHaxs, narsa va joy nomini bildiradi

1. SHaxs va narsaning belgisini bildiradi

1. SHaxs, narsaning sanog’i va tartibini bildiradi

1. Kishilik olmoshlari shaxsni bildiradi va ot o’rnida qo’llaniladi

1. SHaxs, narsaning harakatini bildiradi

2. Kim?, nima?, qaer? so’roqlariga javob bo’ladi

2. Qanday? yoki qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladi



2. Necha? yoki nechanchi? so’rog’iga javob
bo’ladi

2. Kishilik olmoshlari kim? so’rog’iga javob bo’ladi

2. Nima qil-di?, Nima qiladi?, Nima qilyapti? Nima qilmoqchi kabi so’roqlarga javob bo’ladi

3. Birlik va ko’plikda qo’llanadi

3.O’zgarmaydi

3. Asosan o’zgarmaydi

3. Ular birlik va ko’plikda bo’ladi

3. Bo’lishli va bo’lishsiz shaklda qo’llanadi

4. Egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi

4. Gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi

4. Gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi

4. Kishilik olmoshlari kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi

4. SHaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanadi



5.Kelishiklar bilan turlanadi

5. Sifatlar yasaladi

5. Sonlar yasalmaydi

5. Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo’laklar vazifasida keladi

5. Uch zamonni bildiradi

6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi







6. Olmoshlar yasalmaydi

6. Gapda kesim vazifasida keladi

7. Otlar yasaladi










7. Fe’llar yasaladi

O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari yig’indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o’quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima?gul, bu so’z narsani bildiryapti, ko’plikda qo’llanadi – gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so’zi nima qildi? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo’lishsiz shaklda qo’llanadi – gullamadi, bu – fe’l.


Boshlang’ich sinflar dasturi o’quvchilarni so’z turkumlari mustaqil va yordamchi so’z turkumlariga bo’linishi bilan maxsus tanishtirishni ko’zda tutmaydi, ammo o’qituvchi bolalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o’quvchilar mustaqil so’z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’lning gap bo’lagi vazifasida kelishini, bog’lovchi gap bo’lagi bo’lmasligini biladilar.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko’rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog’lash muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o’stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.

1.1 OTNI O’RGANISH METODIKASI


“Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o’rganish vazifalari, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o’rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang’ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar:
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so’rog’iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so’rog’iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g’ri qo’llash ko’nikmasini shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o’rinli foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda hal etiladi. SHu bilan birga, “Ot” mavzusini o’rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo’lgan bir vazifani hal qilishga ko’proq ahamiyat beriladi. Masalan, I-II sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so’roqlari) o’rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanishini o’zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishini o’rganishga e’tibor qaratiladi. O’quvchilarning nutqi va tafakkurini o’stirish vazifasi esa mavzuni o’rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o’rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o’quvchilar lug’atini boyitishga, bog’lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga qaratiladi.
So’z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog’), o’simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig’in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo’ron, yomg’ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o’rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega,



Download 136,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish