Sirtqi fakultet kurs ishi mavzu: Korxonada moliyaviy tahlilni yo’lga quyish va uning muhim jihatlari. Bajardi: mm-58 guruh talabasi Ernazarova D. Qabul qildi



Download 2,31 Mb.
bet1/5
Sana21.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#834664
  1   2   3   4   5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI FAKULTET

KURS ISHI

Mavzu: Korxonada moliyaviy tahlilni yo’lga quyish va uning muhim jihatlari.

Bajardi: MM-58 guruh talabasi
Ernazarova D.
Qabul qildi: _________________


TOSHKENT-2022
Korxonada moliyaviy tahlilni yo’lga quyish va uning muhim jihatlari.
Asosiy qism
Kirish
1. Moliyaviy tahlilni zamonaviy boshqaruvdagi roli va ahamiyati
2. Moliyaviy tahlilni turlari va shakllari
3. Korxonada moliyaviy tahlilni tashkil etish va o’tkazish bosqichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


KIRISH
Hurmatli Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir” deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
2020 — 2024-yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategigasini tasdiqlash to’g’risida Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy tahlil (keyingi o‘rinlarda — Davlat moliyaviy tahlili) mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Davlat moliyaviy tahlili ni o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat moliyasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan moliya” tizimini joriy etish;
makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;
moliya mablag’larlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliya sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;
fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
moliya hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
moliya ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;
moliya jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda.
Xalqaro moliya va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.
Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun:
- investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar, dividendlarni to‘lash, aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish haqidagi;
- kreditlar va foiz to‘lovlari haqidagi;
- mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo‘lgan summalarning o‘z vaqtida to‘lanishi haqidagi;
- uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi;
- faoliyat barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi;
- resurslarning taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa tortish, milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni shakllantirish to‘g‘risidagi;
- rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi.
Bunday axborotlar xo‘jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining aylanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, subyekt faoliyat ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlarga javoban qo‘llaydigan choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda.
Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.


  1. Download 2,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish