Siyosat va tashqi savdo



Download 69,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.11.2022
Hajmi69,53 Kb.
#865722
1   2   3
Bog'liq
politics-and-foreign-trade-uz

Ko'pchilikning zaifligi
Savdo cheklovlaridan olinadigan manfaatlar himoya ostidagi sanoatdagi ba'zilar qo'lida
jamlanadi, bu bilan bog'liq xarajatlar esa barcha iste'molchilar o'rtasida parchalanadi. Savdo
cheklovlari bilan bog'liq xarajatlar millionlab iste'molchilar o'rtasida taqsimlanishi sababli,
faqat iste'molchilarning ozchiligi himoya ostidagi mahsulot uchun qo'shimcha to'layotganini
his qiladi. Har holda, iste'molchilar yuzlab xil mahsulotlar xarid qiladilar va bitta mahsulot
narxining sal oshishi odatda hech birining farovonlik darajasiga uncha ta'sir ko'rsatmaydi.
Iste'molchi narxning sal o'sishini sezsa ham, u bu savdo cheklovi natijasi ekanligi to'g'risida
tasavvurga ega bo'lmaydi. Agar biror tasodif tufayli u qo'shimcha xarajatning sababidan xabar
topsa ham, unda siyosiy yo'l bilan kurashishga uncha istak bo'lmaydi. U savdo cheklovini olib
tashlashga erishgan taqdirda ham, bunga sarflangan harakat o'rnatilgan cheklov bilan bog'liq
xarajatdan qimmatga tushishi mumkin. Cheklovni bekor qilishdan keladigan jami manfaat juda
katta bo'lsa ham, uning katta qismi, siyosiy kurashga qatnashganligidan qat'i nazar, boshqa
iste'molchilarga nasib etadi. Ammo uning yakka holdagi siyosiy kurashi biror ijobiy natijaga
olib kelishi amri mahol.
Albatta, agar iste'molchilarning katta qismi birgalikda harakat qilsa, ular hal qiluvchi
siyosiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Biroq, iste'molchilarning soni juda katta va ulardan har


3
birining natijadan oladigan ulushi juda kichik bo'lganligi sababli, ularni siyosiy harakatga jalb
qilish juda mushkul. Tez-tez bo'lib turganidek, siyosatdan zarar ko'rgan odamlar soni qancha
ko'p bo'lsa, ular shunchalik kam siyosiy ta'sirga ega bo'ladilar.
Ozchilikning kuchi
Boshqa tomondan, savdo cheklovlaridan manfaatdor bo'lganlar soni kamchilikni tashkil
etganligi tufayli, ular lobbi faoliyatida samarali bo'ladilar. Har bir ishtirokchi manfaati katta
bo'ladi hamda ularning har biri o'ziga tegishli manfaat miqdorini va manbaini yaxshi biladi.
Bundan tashqari, manfaatdorlarning soni kichkinaligi sababli, ularni siyosiy faoliyat uchun
uyushtirish nisbatan oson kechadi. Haqiqatan ham, ular sanoat tarmog'i va kasaba uyushmalari
orqali allaqachon uyushgan bo'ladi. Shu sababli savdo cheklovlari masalasi ko'rib chiqilganda,
siyosatchilar asosan cheklov tarafdorlarining fikrini eshitadilar, unga qarshi tomonning fikri esa
kamdan-kam ularning diqqatini o'ziga tortadi. Natijada manfaatlar ozchilik qo'lida
jamlanishiga va ko'pchilik o'rtasida taqsimlangan ancha katta miqdordagi xarajatlar esa
e'tibordan chetda qolishiga moyillik paydo bo'ladi. Shuning uchun ham, ma'lum bir siyosatdan
qanchalik oz odam manfaatdor bo'lsa, shu siyosatni qabul qilishga ular shunchalik katta ta'sirga
ega bo'ladi.
Kichkina uyushgan guruhlar jamiyat hisobidan savdo cheklovlarini (va alohida
manfaatdor guruhlar foydasiga o'tkaziladigan ko'plab boshqa dasturlarni) joriy qilishdan
manfaat ola olsa, siyosiy jarayon ijtimoiy hamkorlikni rag'batlantirmaydi. Shu tufayli ham,
davlat erkin bozor faoliyatiga asoslangan ijtimoiy hamkorlikka doimo tahdid soladi.

Download 69,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish