Siyosatshunoslik


O'sha manba. — В. 269—270


bet205/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

2 O'sha manba. — В. 269—270.
278


Islom tashkiloti konferensiyasi 
— 1969-yilning 25-sentabri- 
da musulmon mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlarining 
Rabot (Marokash) shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyasida 
tuzilgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot a’zolari 54 ta mamlakatdan 
iborat bo‘lib, hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, 
1994-yildan boshlab 0 ‘zbekiston ham bu tashkilotga a’zodir. 
ITKning maqsadi musulmonlar birdamligini mustahkamlashga 
ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ij'timoiy, madaniy va ilmiy 
sohalarda hamkorlik qilishdir. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, 
kolonializmning barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik 
va xavfsizlikni ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo 
mamlakatlar orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro keli- 
shuv, hamkorlikni rag‘batlantirish ITK faoliyatida muhim o‘rin 
tutadi.
Xulosa qilib aytganda, BMT, YI, YXHT, SHHT, YevrAzES 
kabi siyosiy tashkilotlar hamda Xalqaro valyuta fondi, Jahon 
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi yirik, 
nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiyot tuzilmalari dunyo hamja- 
miyatining bugungi hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Bu 
xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik kelgusida ham 
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib 
qolaveradi.
3. O‘zbekistonning tashqi siyosiy konsepsiyasi
Har bir davlatning tashqi siyosati uning ichki siyosati, ijti­
moiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro munosabatlarda amal 
qilayotgan tamoyillarga bo‘lgan munosabati, maqsadi va vazi­
falari bilan belgilanadi. Tashqi siyosat davlatlar bilan diploma- 
tik munosabatlar o ‘rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida 
vakolatxonalar ochish yoki unga a’zo bo‘lish, turli darajalarda 
o'zaro aloqalar o‘rnatish shakllarida amalga oshiriladi. Tashqi 
siyosatda o'zaro axborot almashish, ikki tomonlama va ko‘pto- 
monlama shartnomalar va kelishuvlar imzolash, o‘zaro muno­
sabatlar rivojiga xayrixohlik ko‘rsatishning boshqa vositalaridan 
foydalanish ham mumkin.
Tashqi siyosat har bir zamonaviy davlatning bosh atributi, 
fundamental jihati, ajralmas qismi va vazifasi hisoblanadi.
279


Chunki tashqi siyosat orqali davlat geografik-makoniy jihat 
kasb qilish bilan birga o‘zini noyob tarixiy, sotsiomadaniy, 
sivilizatsion va nihoyat, geosiyosiy yaxlitlik sifatida ham 
namoyon etadi.
Hozirgi dunyo taraqqiyoti shunday kechmoqdaki, bugun 
har qanday davlat xalqaro siyosatda o‘z ustuvorligini faqat osh- 
kora ma’rifly tashqi siyosat orqali saqlab turishi va shunga 
yarasha legitimlikka erishishi mumkin. Xalqaro siyosat 
maydonida siyosiy jarayon tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish- 
ning birdan-bir yo‘li — ma’rifiylik, ya’ni kuch ishlatishni mutlaq 
inkor etgan tashqi siyosiy faoliyat bo‘lishi mumkin. Tashqi 
siyosatni mafkuradan xoli etish xavfsizlikni ta’minlashning 
muhim kafolati bo‘lib, uni muayyan mafkuraviy aqidalarga 
emas, balki xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va 
mezonlari asosida qurmoq lozim.
XX asrning oxirgi choragida jahonda ro‘y bergan siyosiy 
o'zgarishlar davlatlar tashqi siyosati, uning mazmun va xarak- 
terida ham o‘zgarishlar yasadi. M a’rifiy xalqaro siyosatni 
ta’minlashni ko'zlagan yangi jahon tartibotini shakllantirish 
uchun keng ko‘lamli harakat boshlandi. Davlatlar tashqi 
siyosatida ikki ijtimoiy-siyosiy tizim yoki «kapitalizm bilan 
sotsializm» lageri, «o‘zaro kuch ishlatish», iqtisodiy, siyosiy, 
harbiy hokimlikka erishish, tazyiq ko'rsatish, mamlakat ichidagi 
n iz o la rn i q o 'llab -q u v v atlash em as, balki d av latn in g
suverenitetini tan olish, xalqaro huquq normalariga tayangan 
holda, xalqlaming erkinligini hurmat qilish asosida tashqi siyosat 
olib borish amaliyotiga 
0
‘tilmoqda1. Chunki so'nggi yillarda 
jahonda yuz bergan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi 
va yo‘nalishini tubdan yangiladi, jahon siyosatiga asta-sekin 
bir guruh yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida 
davlatlararo siyosat va diplomatiya maydoni butunlay boshqacha 
mazmun-mohiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy xaritasida paydo 
•bo‘lgan bu yangi davlatlar sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, 
o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan dav- 
latlardir. Ular, asosan, Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoq hudu-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish